Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Толстое С.П.

 Кадимги Хоразм маданиятини излаб. -  Т., «Фан»,  1964. 293-бет.




218

VATAN  TARIXI

bo ‘rttiribroq  tasdiqlaydi:  «Gurganj  jannatdagi  shahar  va  kuyovning 

uyida  kelinni  tasvirlovchi  farishtalar  e ’tiborini  qozongan  go‘zal 

shahardir»1.

Xorazm,  ayniqsa,  Takash  va  Aloviddin  Muhammad  davrida 

yuksak  cho‘qqilarga  ko‘tarildi.  Bunday  katta  saltanat  juda  ko‘p 

sonli  va  qudratli  qo‘shin  kuchi  bilan  yaratildi.  Xorazmshoh  qo‘shini 

umumiy  soni  to ‘g ‘risida  turlicha  m a’lumotlar  bor.  Jumladan,  Sibt 

ibn  Al-Javziy  1217-yilda  xorazmshoh  400  va  hatto  600  ming 

qo‘shinga  ega  bo‘lgan,  deb  yozsa,  An-Nasaviy  faqat  sarbozlaming 

o ‘zi  400  ming  kishidan  iborat  edi,  shu  jumladan,  uning  safida  70 

ming  qoraxitoylar  ham  bor  bo‘lgan,  deydi.  B a’zi  mualliflar  esa 

Xorazmshoh  Muhammad  lashkarlari  sonini  300  ming  atrofida 

deb  hisoblashadi.  Ammo  Irbil  hokimligining  elchisi  bo‘lgan 

Muzaffariddin 

Gekborining 

(1190-1233)  bergan  m a’lumotiga 

qaraganda  Aloviddin  Muhammad  1211 -yilda  qoraxitoylarga  qar­

shi  urushganda  faqat  otliq  askarlardan  400  ming  kishini  jangga 

tashlagan.  M o‘g ‘ullar  hujumi  arafasida  Xorazmshoh  ixtiyorida  400 

ming  otliq  qo‘shin  bo‘lgan,  O 'trorda  20  ming,  Benaket  viloyatida 

10  ming,  Samarqandda  110  ming  askar  bor  edi.  Bundan  tashqari 

Sejiston,  Balh  Jand,  Xuttalon,  Qunduz  va  Yorkentda  ham  kattagina 

miqdorda  lashkar saqlanar edi2.

Xorazm  saltanatining  katta  kuch  va  qudratiga  ishongan  va 

o ‘zining  yengilmas  lashkarboshilik  qobiliyatiga  haddan  ziyod  baho 

bergan  Muhammad  endi  Bag‘dod  ustiga  yurish,  xalifaning  o ‘zini 

ham  Xorazmshohga  tobe  qilish  va  o ‘z  nomini  xalifalik  markazida 

xutbaga  qo‘shib  o ‘qittirishga  azmu  qaror  qildi.  U  Bag‘dodni 

egallashiga  shak-shubha  qilmasdi.  Bag‘dodni  egallagach,  Aloviddin 

Gurjistonni,  so‘ngra  Vizantiya,  Shorn  yurti  va  Mismi  qo‘lga  kiritish 

ishtiyoqida  edi.

Orzuga  ayb  yo ‘q  degan  naql  bor  xalqda.  Xorazmshoh  ham 

katta  orzu-umidlar  og‘ushida  B ag‘dodga  qarshi  yurish  uchun  zo‘r 

tayyorgarlik ko‘rdi.

1217-yilning  kech  kuzida  Xorazm  saltanatining  ulkan  lashkarlari 

B ag‘dod  sari  y o ig a   chiqdi.  Bu  qo‘shin  b a’zi  mualliflar  m a’lumotiga 

qaraganda  600  ming,  An-Nasaviyning  xabariga  ko‘ra  faqat  otliq 

askarlar  sonigina  400  ming  kishidan  iborat  bo‘lgan.  Ammo  toleyi 

kulib  boqmasa,  y o i   yo‘q  ekan.  Q o ig a   kiritilgan  muvaffaqiyatdan

Буниятов 3.  М.  Государство Хорезмшахов-Ануштегинидов, стр. 102.

2 0 ‘sha manba, стр.86.



VI bob.  M ovarounnahr va X urosonda mustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

219


noshukur  Xorazmshohga  iqbol  kulib  boqmadi.  Uning  lashkarlari 

Xulvon  yaqinidagi  Asobod  dovoniga  yaqinlashgan  ham  ediki, 

kutilmaganda  yoqqan  qor  uch  kecha-yu  uch  kunduz  tinmadi. 

Hammayoqni  izg‘irin  sovuq  qopladi.  Xorazm  askarlari  sovuqdan 

tutdek  to ‘kildilar.  Oppoq  qorlar  usti  o ‘liklar  bilan  qoplandi. 

Tuyalar,  otlar  qirilib  ketdi.  Jangchilaming  tirik  qolganlarining 

quloq-burunlarini  sovuq  oldi.  Nachora,  Xudoning  irodasi.  Ammo 

Aloviddin  Muhammad  har  qanday  dahshatga  qaramasdan  Bag‘dod 

sari  yurishni  davom  ettirish  niyatida  edi.  Biroq  1218-yil  10-fevralda 

Xorazmdan  kelgan  chopar  navbatdagi  shum  xabami  keltirdi.  Bu 

xabarga  ko‘ra  Sharqdan  m o‘g ‘ul-tatar  lashkarlari  Chingizxon 

rahnamoligida  Movarounnahrga  hujum  boshlagandilar.  Buni  bilgan 

Xorazmshoh  Muhammad  Bag‘dod  yurishini  to ‘xtatib,  1218-yil 

martda  Movarounnahrga  qaytdi.  Lekin  u  Urganchga  bormadi,  balki 

Samarqandga  keldi.  Urganch  Turkonxotin  ixtiyorida  edi.  «Otingni 

jangga  sol,  taqdiringni  Allohdan  ko‘r»,  deganlaridek  Aloviddin 

Muhammadning  ham  taqdirini  m o‘g ‘ullar  bilan  bo‘ladigan  jang  hal 

qilar  edi.  Albatta,  bu  jangning  oqibati  Xudo  bergan  aql-zakovatni 

qanday qilib  ishga solishga ko‘p jihatdan bog‘liq edi.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish