II B O B
O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI ENG QADIMGI
DAVLAT TUZILMALARI.
CHET EL BOSQINCHILARIGA QARSHI KURASH.
(MILODDAN A W A LG I BIRINCHI MINGYILLIK)
1. U R U G ‘C H IL IK JA M O A SIN IN G Y E M IR IL ISH I
VA U N IN G SA B A B L A R I
Miloddan aw alg i ikkinchi mingyillikning oxiri birinchi ming-
yillik boshlarida jam iyat tuzimining asosini ota urug‘doshligi
jamoalari «patriarxat» tashkil etgan. Umumiy bir hududda yashab,
bir tilda so‘zlashgan bir qancha urug‘lar bir qabila hisoblangan.
Urug‘ boshliqlari yig‘ilib qabila kengashini tashkil etgan. Eng kuchli
va obro‘li urug‘ boshlig‘i qabila boshlig‘i bo‘lib saylangan. Bunday
jarayon 0 ‘rta Osiyo, xususan, hozirgi 0 ‘zbekiston hududlarida
miloddan aw alg i birinchi mingyillik boshlariga kelib, temir asriga
o ‘tish jarayonida ro ‘y bergan.
Temirdan biror buyum yasash ko‘p mehnat talab qilgan. Temir
1500°C mis 1000°C bronza 300°Cda eriydi. Shunga qaramasdan
temir ularga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega bo‘lib, ulardan
qattiqroq edi1.
Mehnat qurollarini yasash uchun temirdan foydalanish, eng
avvalo, dehqonchilik texnikasi rivojiga ta ’sir o ‘tkazdi. Temir uchli
omochlar, temirboltalar paydo b o id i. Bu mehnat qurollari katta-katta
maydonlami o ‘zlashtirib ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib
berdi. 0 ‘rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan
buyumlar miloddan aw alg i IX-VIII asrlarga oid b o isa-da, ulardan
ko‘pi miloddan aw alg i V II-V I asrlarga oiddir.
Temir qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini
oshirdi. Bu narsa yanada rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga
o ‘tishga zamin hozirladi. Urug‘ jamoasi o ‘mini hududiy qo‘sh-
nichilik jamoasi egallay boshladi.
Miloddan aw alg i birinchi mingyillik boshlarida 0 ‘rta Osiyoda
1
Sultonov F„ Yodgorov Sh., Bozorboyev F„ Shoimov U.
Tarix. —T; 0 ‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2007, 17-bet.
II bob. 0 ‘zbekiston hududidagi eng qadim gi davlat tuzilm alari
29
aholi to ‘rt guruhga ajratilgan: kohinlar, jangchilar, dehqonlar,
hunarmandlar. Turmush va yashash tarzidan kelib chiqib bu davrda
bir tomondan o ‘troq hayot va dehqonchilik, ikkinchi tomondan
chorvachilik turmush tarzi uch toifadagi jamoalami shakllantirdi:
qishloqda o ‘troq dehqonlar, yaylovda chorvador dashtliklar, to g ii
joylarda esa chorva, ov va qisman dehqonchilik bilan kun kechiruvchi
tog‘liklar jamoasi yashardi. Hududiy jihatdan bu uch toifa uch xil
geografik sharoitga ega makonlarda yashasalar ham, ular o ‘rtasida
doimiy o ‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar muhim qaror topgan edi.
Bunday uch toifali jam iyat qishloqda «Avesto» kitobida ta’rif etilgan
«vispati»lar tomonidan jam oa oqsoqollarining umumkengashi —
qurultoyi asosida boshqariladi.
Shuningdek, bu davrda qabila-urug‘ boshliqlarining nufuzi asta-
sekin orta bordi. Harbiy sardorlaming nufuzi ayniqsa, ortib hokimiyat
otadan o ‘g ‘ilga o ‘tadigan bo‘ldi. Doimiy harbiy to ‘qnashuvlar
sharoitida qabila sardorlarining ahamiyati va nufuzi orta bordi,
jamiyat esa harbiy demokratiya qoidalariga asosan yashay boshladi.
«Avesto»dan 0 ‘rta Osiyoda jamiyatning negizi «nmana» deb
ataluvchi katta patriarxal oila bo‘lganini bilib olamiz. Bir necha
«nmana»lar urug‘ jamoasi — «vis»ni tashkil etgan. Hududiy
qo‘shnichilikjamoasi esa «varzana» deb nomlangan. Bunday jamoalar
qabilaga — «zantu»ga birlashgan. 0 ‘z hududini himoya qilish uchun
bir qancha qabilalar ittifoqqa — «dax yu»ga uyushganlar. «Avesto»ga
ko‘ra jamiyatni idora qilishning quyidagi tizimi mavjud b oigan:
• Oqsoqollar kengashi.
• Xalq yigilishi.
• Alohida tumanlar hukmdorlari.
• Viloyatlaming hukmdorlari.
Aholi urug‘ va qabila bo‘yicha emas, balki hududiy tamoyilga
ko‘ra guruhlarga ajratilishi miloddan aw alg i IX-VIII asrlarda 0 ‘rta
Osiyoda vujudga kelayotgan ilk davlat birlashmalarining muhim
alomati edi.
0 ‘zbekistonda temir davriga oid yodgorliklami sanalashtirish
va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doir tadqiqotlar S.P.Tolstov,
A.I.Terenojkin va Y.G‘ulomovlar tomonidan amalga oshirilgan.
0 ‘zbekiston hududida temir davri yodgorliklari mil. avv. V III-
VI asrlarga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo,
Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida
o ‘rganilgan; Ko‘zaliqir, Q al’aliqir va Dingilja singari qadimgi qal’a
30
VATAN TARIXI
va qishloq, shahar harobalari, Tagisken va Uygarak qabriston-
qo‘rg‘onlari, B o‘kantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir
davrida qadimgi Xorazm hududlarida dastlabki yirik sug‘orish
inshootlari vujudga kelgan.
1960-1970-yillarda
Surxondaryoda
Kuchuktepa,
Jondavlat
va Qiziltepaning quyi qatlamlari. Pachmoqtepa, Qilchatepa yod-
gorliklari o ‘rganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. a w . VI IV
asrlarga oid uy-joy qoldiqlari, kulolchilik, temirdan yasalgan uy-
ro ‘zg ‘or va dehqonchilik buyumlarini topgan. 1960-yillarda Buxoro
viloyatida Xazora yodgorligi va Sarmichsoy petrogliflari tekshiril-
di. Qashqadaryoda temir davriga oid Chim qo‘rg ‘on yodgorligi
(1972-y) o ‘rganildi. 1973-yilda Chordana istehkomi (Konimex
tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi.
Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloya
tida Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyabo‘g ‘iztepa va Burchmulla
xazinasi, Farg‘ona vodiysida esa Eylaton yodgorligi va Oqtosh
qabristoni asosida o ‘rganilgan. 80-90-yillardan K o‘ktepa (Samar
qand viloyati), Yerqo‘rg ‘on va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi
mil. a w . VII VI asrlarga oid nodir obidalarda arxeologik qazishlar
o ‘tkazildi. Bu yodgorliklaming tadqiqotlarida R.Sulaymonov. M.Fi-
lanovich, A .Sa’dullayev, M.Isamiddinov, Sh.Odilov, B.Matbo-
boyevlaming hissasi katta b o id i1.
0 ‘rta Osiyoda eng qadimgi temir buyumlar Dalvarzintepa
(Farg‘ona vodiysida), Anov (Turkmanistonda), Qiziltepa (Surxon
vohasida), Daratepa (Qashqadaryo vodiysida) kabi manzillardan
topilgan. Ulaming eng qadimgisi mil. a w . IX-VIII asrlarga
oiddir. Lekin buyumlaming ko ‘pchiligi mil. a w . V II-V I asrlarga
taalluqlidir2.
Temir davriga oid yodgorliklaming tadqiqot natijalari, shub-
hasiz, 0 ‘zbekiston tarixining eng muhim masalalaridan hisob-
lanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi shaharlar va
mamlakatlararo savdo-sotiq munosabatlarining rivoj i hamda ilk
davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini o ‘rganishda
samarali natijalar bermoqda. Chunki Temir davrida mamlakatimiz
hududida Xorazm, Baqtriya, Sug‘d, Choch va Farg‘ona kabi qadimiy
tarixiy-madaniy o ik a la r shakllanib, Katta Xorazm, Yunon Baqtriya
1 «Узбекистан миллий энциклопедияси». - Т.: Давлат илмий нашриёти, 2004, 8-гом, 353-
бет.
2 Sultonov F., Yodgorov Sh., Bozorboyev F„ Shoimov U. Tarix. — T; 0 ‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2007, 17-bet.
II bob. 0 ‘zbekiston hududidagi eng qadim gi davlat tuzilmalari
31
(Baxtar) podsholigi, Sug‘d mahalliy hokimlar konfederatsiyasi,
Qang‘ davlati va Farg‘ona afshinlari kabi hokimiyatlar tashkil topgan
edi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |