y a ’ni «yangi tosh» davri degan m a ’noni anglatadi. Neolit davri
mehnat qurollariga ishlov berishda silliqlash, pardozlash, zarralash
va parmalash usullarining ixtiro etilishi e ’tiborga loyiqdir. Bu narsa
ibtidoiy ishlab chiqamvchi kuchlaming oldingi davrlarga nisbatan
tezroq rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Yangi mehnat qurollari:
toshboltalar, ponalar, toshteshalar, uskanalar paydo b o id i. Shu
boisdan Yevropa olimlari, hatto neolit davrini «boltalar asri» deb
atashni ham taklif etgan edilar. Toshboltalar daraxt kesishda, uy
qurilishi ishlarida, ovchilikda o ‘zining tengi yo‘q mehnat quroli
ekanligini isbotladi.
Mehnat
qurollari
ancha
takomillashgan
neolit
davriga
odamlaming so‘nggi paleolit, ayniqsa mezolit singari daydi hayot
kechirishlariga zamriyat qolmadi. Ular o ‘troq hayot kechirishga
o ‘tdilar. Bu davrga kelib doimiy yertoialar, kulbalar qurish,
loydan, guvaladan uylar solish, qishloqlar barpo etish neolit
davri odamining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib bordi.
Ana shu tariqa doimiy o ‘troqlik xo‘jaligi vujidga keldi. Bu hoi
dehqonchilikning kelib chiqishiga, c h o ili mintaqalarda, azim daryo
va ko‘l bo‘ylarida o ‘troq ovchilik xo‘jaligining qaror topishiga
sabab b o id i, chorvachilik qaror topdi.
Yangi tosh davri jamoalari hayotida paydo b o ig a n yana bir
yangilik — bu b o ia ja k hunarmandchilik xo‘jaligining muhim
tarm o g i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarishning kashf
etilishi b o id i. Insoniyat hayotida katta voqea b o ig a n bu yangilikka
asoslanib ayrim arxeologlar, hatto neolit davrini «sopol asri» deb
atashni ilgari surganlar.
22
VATAN TARIXI
Neolit davri kashfiyotlaridan yana biri hunarmandchilikning
vujudga kelishidir. Endi odamlar faqat hayvon terilaridan yasalgan
kiyim-kechaklamigina emas, balki uning junidan hamda o ‘simliklar
tolasidan to ‘qilgan matolardan kiyim-kechaklar tikib kivadigan
b o ‘ldilar. Bu davrda jamoada hali urug‘chilik tuzumi hukmron
b o ‘lib, ona urug‘i davom etar edi. Shu boisdan dunyo olimlari neolit
davrini matriarxat urug‘chilik tartiblarining gullagan davri, deb baho
beradilar.
Bu davrda matriarxat urug‘ jamoasining g ‘uruhli nikoh doirasida
juft oila qurish vujudga keldi. Ayollar tug‘ilgan farzandlarining
otalaridan o ‘z urug‘ jamoasi manfaatiga ishlab berishni talab qiladigan
b o ‘ldilar. Ana shu tariqa ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning
dastlabki ko‘rinishlari shakllandi.
Bu oilada ayolning huquqi cheklanmagan bo‘lib, erkak unga
qaram b o ‘lgan. 0 ‘rta Osiyo hududlarida xo‘jalik miloddan oldingi
V mingyillikning boshlariga kelib ikki yo‘nalishda rivojlanib
borgan. Jumladan, Turkmanistonning Kopetdog1 etaklarida qabi
lalar madaniy o ‘simliklami o ‘stirishga o ‘ta boshlaganlar. 0 ‘rta
Osiyoning shimoliy dasht va cho‘l hududlarida yashagan qabilalar
esa ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Dehqonchilik
uchun juda qulayliklarga boy hududlardan biri Ashgabatdan 40
km
chamasi shimoli-g‘arbda joylashgan, turkmanlar Chaqmoqli
deb atagan joy edi. Bu yeming — «Chaqmoqi» deb atalishining
boisi shundaki, turkman cho'ponlari bu joydan chaqmoqtosh
terishar ekan. Chaqmoqli asli o ‘z atrofidan baland b o iib . uning
ustini 2-3 metrli ko‘chma qum bosgan. 1952-yilda olib borilgan
arxeologiyaga oid ishlar Chaqmoqli tepaligi neolit davri dehqon
jamoalarining qarorgohi ekanligini aniqlashga yordam berdi.
1956-1957-yillardan e ’tiboran arxeolog V.M.Masson olib borgan
bu yerdagi izlanishlar tarix va arxeologiya fani uchun katta natijalar
berdi. Bu yerda guvaladan yasalgan bir xonali, devorosti o ‘chog‘i
va markazida sandal kuldoni — chuqurchali kulbalar topildi. Uning
devorlari somonli loy bilan suvalgan, hatto guvalaga somon ham
qorishtirilganligi aniqlandi. Xonaning to ‘rt tomoni supali b o iib ,
u yotish va dam olish uchun m oijallangan. Xonalar orasida tor
y o ia k la r bor. Bu y o ia k va xonalardan nomi yuqorida tilga olingan
chaqmoqtoshdan ishlangan yuzlab tosh qurollar topib o ‘rganildi.
Chaqmoqtoshlar sochilib yotgan joy keng taqir joy b o iib , unda
bahorgi yom g‘irdan so‘ng k o im ak suvi to ‘plangan. Oydin kechada
I bob. O 'rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari.
Ibtidoiy tarixni davrlashtirish
23
ko‘lmak suvi qop-qora bo‘lib ko‘ringani uchun turkman cho‘ponlari
bu joyni «Joyitun», y a’ni qorong‘i joy deb nomlaganlar. Ana shu
tariqa bu joy fan olamiga «Joyitun madaniyati» nomi bilan kirdi.
Joyitun (Joytun) madaniyatini o ‘rganish chog‘ida bu yerda
juda ko‘plab mehnat qurollari — qistirma o ‘roq, pichoq, suyakdan
ishlangan igna, bigiz va boshqa anjomlar topildi. Joytunni o ‘rganish
jarayonida uning atrof tumanlarida ham arxeologiyaga oid qidiruv
ishlari y o ig a qo‘yildi. Natijada Joytun madaniyatiga doir o ‘nlab
neolit jamoalarining qarorgohlari (Nayzatepa, Bami, Cho‘pontepa
va boshqalar) ochildi va o ‘rganildi. Bu yer aholisi dehqonchilik,
chorvachilik bilan ham shug‘ullanganlar. Chorva hayvonlari:
qoramol, qo‘y va echkilaming suyak qoldiqlari Joytun va shu
madaniyatga daxldor b o ‘lgan barcha yodgorliklardan topilgan.
Joytun madaniyatining yoshi olimlaming hisob-kitoblariga ko ‘ra,
bundan 7-8 ming yil, y a’ni uning yoshi miloddan aw alg i VI V
mingyilliklar bilan o ‘lchanadi. Bulardan tashqari, S.P.Tolstov
tomonidan
qadimgi
Xorazm
yerlarida,
Amudaryoning
quyi
havzasida «Kaltaminor madaniyati» nomi bilan tarixga kirgan
madaniyat yodgorligi topildi. Bu madaniyat Xorazm hududidagi
Jonbosqal’a nomi bilan m a’lum b o ‘lgan 4 ta makonni tekshirish
orqali aniqlandi va o ‘sha makon yaqinidagi joy nomi bilan
Kaltaminor madaniyati nomini oldi. Bu milodimizdan ilgarigi
IV -III mingyillikda yashagan ovchilar va baliqchilar jamoasi
madaniyatidir. Kaltaminorliklar sopol buyumlar ishlab chiqarishda
ham ilg‘or boiganlar. X o‘jalikning uchinchi tarm og‘i termachilik
b o ig an . Buni manzilgohdan topilgan jiyda u ru g iari tasdiqlaydi.
Neolit davri madaniyati topilmalari Zarafshon, Qashqadaryo
vohalari va boshqa hududlarda ham mavjud va ular olimlar
tomonidan o ‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |