q o ‘y ad igan
maqomga
erishdi. U lug‘ shoir Ahmad Yassaviyni u lu g iab «Nasoyim ul-
muhabbat» asarida «Maqomati oliy va mashhur, karomati yuksak
va cheksiz ermish... Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur»,
deganlar... Istaymizki, Ahmad Yassaviy kabi ulug‘ allomalar ruhi
millatimiz va xalqimizning istiqboldagi y o iid a madadkor b o igay.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
273
XO JA A B D U LX O LIQ G ‘IJD U V O N IY
(1103-1179)
X oja A bdulxoliq G ‘ijduvoniy
Yusuf Hamadoniyning xalifasi
va Xojagan-Naqshbandiya tariqatining poydevoriga asos solgan
mashoyih hisoblanadi.
Xoja Abdulxoliq 1103-yili G ‘ijduvonda tavallud topgan va
1179-yilda o ‘z vatanida vafot etgan. Otasi asli Rum diyoridan bo ‘lib,
oti Abdul Jalil edi. U kishi Imom Malik avlodidan bo‘lgan. Bu zot
G ‘ijduvonning mashhur imomlaridan edi. Onasining avlodi ham Rim
yurtidan b o ‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Xoja Abdulxoliqning ota-
onalari Xojai Hizr alayhissalom ishorati ila o ‘gil farzand ko‘rganlar
va uning maslahatiga asosan o ‘g ‘liga «Abdulxoliq» («Xudoning
bandasi») deb ism qo‘ygan ekanlar. Xoja Abdulxoliq boshlang‘ich
ta’limni G ‘ijduvonda Imom Sadriddindan olgan. 0 ‘qishni Buxoroda
davom ettirib, Yusuf Hamadoniyga shogird tushgan. Bu davrda u 22
yoshda bo‘lgan. Ustoz va shogird birgalikda B ag‘dod, Balx Isfaxon,
Marv, Samarqand shaharlariga borganlar va ta sa w u f ilmining sir-
asrorini egallaganlar.
Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniy Sharq falsafiy tafakkuri tarixida
o ‘z o ‘miga ega. Uning dunyoqarashi tasavvuf silsilalaridan biri
Xojagon (Xojalar) halqasida shakllangan. Ayni zamonda u shu halqa
o ‘zagida paydo bo‘lib, olamshumul ravnaq topgan Naqshbandiya
silsilasining ham asoschisidir. Yozma manbalarda Xoja Abdul
xoliqning «Shayxushshuyux» (Shayxlar shayxi) darajasigacha
ko‘tarilganligi qayd etiladi. Bu ulug‘ unvon Abdurahmon Jomiy
va Alisher Navoiylar tomonidan Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja
Ahmad Yassaviy singari ulug‘ pirlarga nisbatangina qo‘llanilgan.
Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniydan «Risolayi Sohibiyya», «Risolayi
Shayxushshuyux Hazrati Abu Yusuf Hamadoniy», «Maqomoti Xoja
Yusuf Hamadoniy» kabi asarlar meros bo‘lib qolgan. Ammo bu
asarlar hali shu kungacha o ‘rganilmagan va xalqimizning m a’naviy
mulkiga aylantirilmagan.
Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniy «Zikri Xufiya», «Zikri dil»
amalining targ‘ibotchilaridan bo‘lgan. Buning sababi shundaki,
rivoyat qilishlaricha, kunlaming biri da Hizr alayhissalom Xoja
Abdulxoliqqa ro‘para keladi va aytadi: «Hovuzga tushib, suvga
sho‘ng‘igin, musaffo suvdan quit qilgin-u, dilingda quyidagi kalimayi
toyyibani takrorla: «Lo iloha illolloh Muhammadun rasululloh». Xoja
Hazrati Hizming aytganini bajarib, beqiyos saodatga sohib bo'lgan
274
VATAN TARIXI
va o ‘shandan boshlab «Zikri xufiya», «Zikri dil» amalini targ‘ibot
qila boshlagan ekan. Xoja Abdulxoliqining ustozlari Xoja Yusuf
Hamadoniy o ‘z as’hobi bilan «Aloniya» zikriga amal qilgan. Bu
zikr maqomi zikr aytishda tovush chiqarish uslubidan iborat bo‘lgan.
Ustoz o ‘z shogirdiga «Xufiya» usuli bilan zikr aytishga ijozat bergan.
Keyinchalik, hatto o ‘zi ham «Zikri dil» usuliga o ‘tgan ekan.
Xoja Yusuf Hamadoniy Xurosonga, Xoja Ahmad Yassaviy
Turkistonga ketganlaridan so‘ng barcha suluk ahli Xoja Abdulxoliq
G ‘ijduvoniy rahnamoligida qolgan. Bu ulug‘ zotning murid va
shogirdlari shu qadar ko‘p ediki, ular faqat Movarounnahr hudud-
laridagina emas, hatto Shorn (Suriya), Iroq viloyatlarida ham b o ‘lgan.
Ana shu shogirdlar orasida Bahovuddin Naqshband Xoja Abdul
xoliq G ijduvoniyning uvaysiy shogirdi edi. U ustoz ko‘rsatmalarini
to ‘la-to‘kis bajarib, Naqshbandiya taiim o tig a asos soldi va uni yangi
bosqichga ko ‘tardi.
Shunday qilib, Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniy Xojagon (Naqsh
bandiya) tariqatining asosiy qoidalarini ishlab chiqqanlardan biridir.
U 0 ‘rta Osiyo oik asid a tasavvuf ilmining turk-islom olamidagi
m a’naviyat va irfon an’analarining keyingi rushdi, inkishofi
va takomilida juda katta rol o ‘ynagan. Turkiston diyori va butun
musulmon Sharqi xalqlarining falsafiy, tasaw ufiy, ijtimoiy-siyosiy,
m a’naviy-madaniy hayotida o ‘chmas iz qoldirgan.
Xoja Abdulxoliq G ‘ijduvoniy umrining so‘nggi damlarida
vafoti yaqinlashayotganligini sezib, eng yaqin xalifalaridan to ‘rt
nafarini yoniga chorlaydi va ulami o ‘z masnadiga tayinlaydi. Uning
shogirdlari ustoz vasiyatlariga amal qiladilar, xaloyiqni haq y o i i
da, poklik-halollik mehr-shafqat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik,
rostgo‘ylik, olihimmatlilik kabi oliyjanob qadriyatlar ruhida tarbiya-
lashga munosib hissa qo‘shadilar.
SULAYM ON B O Q IR G ‘ONIY
(1186-yilda vafot etgan)
Ahmad Yassaviyning ishonchli va sadoqatli shogirdi, Yassaviya
tariqatining she’riyat va tariqatdagi munosib davomchisi Sulaym on
B oq irg ‘oniydir. U Xorazmning Boqirg‘on degan kentida tavallud
topgan. B oqirg‘oniy turkiy xalqlar orasida Hakim ota laqabi bilan
ham mashhurdir. B oqirg‘oniyning din va tasavvuf, ishq va axloqdan
saboq beruvchi asarlari xalq orasida sevib о ‘qilgan va ommalashib
ketgan.
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
275
Sulaymon Boqirg‘oniydan qolgan meros — «Boqirg‘on kitobi»ni
varaqlar ekanmiz, shoir va mutafakkir dunyoqarashining teranligiga,
saviyasining chuqurligi va kengligiga, u qalamga olgan muammo va
mavzulaming rang-barangligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.
Diniy mifologiya va ta sa w u f falsafasi Boqirg‘oniy ijodiga
o ‘zgacha nigoh bilan qarash, ulaming majoziy mazmunini chuqur
va teran yo‘nalishda tahlil qilishni taqozo etadi. Boqirg‘oniy yozgan
asarlarida bu dunyoni do‘zaxga aylantirmaslik, kibr-u havoga
berilmaslik tafakkur, qulligidan xalos b o ‘lib, ilm va m a’rifatni
u lu g iash kabi m a’naviy-axloqiy ehtiyojlami ilgari suradi.
Turk olimi Muhammad Fuod Kuprilizoda uning «Oxirzamon
kitobi» va «Bibi Maryam kitobi»ni 0 ‘rta Osiyoda va shunindek, Idil
atroflarida diqqat va qiroat bilan o ‘qilgan asarlardandir»1, degan edi.
Boqirg‘oniy ijodida ilohiy ishq yetakchi mavzu hisoblanadi.
Buni biz quyidagi satrlarda yaqqol ko‘ramiz:
Mening jonim sening ishqing bilodur,
Tanim ojiz, vale jonim о ‘lodur.
Bu ishq gar bo ‘Imasa men ketkay erdim.
Qamug' ohim menim ishqim qilodur...
Boqirg‘oniyning dunyoqarashi Yassaviy «Hikmatlar»i bilan ham
m a’no, ham mohiyat jihatdan shu qadar yaqinligi, ular ko‘p hollarda
bir-birini mantiqan to ‘ldiradi. Ilmiy jihatdan M.F.Kuprilizoda «Hakim
Sulaymon ota bu an’anani ilk d a f a ta ’sis etmog‘i nuqtayi nazaridan
Yassaviy izdoshlari orasida eng muhim mavqega erishishga haqli
edi. Uning asarlari ham sakkiz yuz yildan beri Shayxning asarlari ila
barobar xalq orasida barhayot yashab kelganligi bundan dalolatdir»2,
deganda haq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |