Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
talonchilar ekanini ko‘rib nafrati keldi. Otdan tushmay hovli o‘rtasida turgan ponsodga 
qarab: 
— Mehmon, insof ham darkor! — dedi. — Podshohlarimiz sulh tuzganlaridan keyin 
bunchalik talon-toroj qilish musulmonchilikka to‘g‘ri kelarmikin? 
Bostirmada mulla Fazliddinning otini allaqachon o‘ziniki qilib, unga egar urayotgan qora 
yigit: 
— Sulh, omon-omon! — deb, bu so‘zlarni masxaralaganday kulib aytdi. 
Boshqa bir yigit bo‘xchani titkilab, undan bir juft atlas topdi-da, ponsodga uzatib: 
— Moli amon!* — dedi. 
Ponsod atlasni olib xurjunga solar ekan, mulla Fazliddinga zug‘um qilib, samarqandcha 
talaffuz bilan gapira boshladi: 
— Oltmishta otimiz o‘lat bo‘lib o‘ldi. Bizga kasofatlaring urdi. Sen bunda savori yurginu 
mani yigitim Samarqandga piyoda ketsunmi? Ikki kishi bir otga mingashib kirganini 
ko‘rdingmi? 
— Ko‘rdim. Agar aravaga qo‘shilgan shu cho‘bir ot yigitingizni Samarqandga ko‘tarib 
borolsa, mayli, oling. Lekin ayollarning bo‘xchasini kavlash, sizdek olijanob ponsodga 
joizmikan? 
— Bizning ayollarimiz Farg‘ona atlasidan savg‘o keltiring, deb tayin qilgan. Biz shuncha 
joydan ovora bo‘lib kelib, endi besavg‘o qaytaylukmi? Insof shumi?! 
Ponsod so‘nggi so‘zni alam bilan aytganiga qaraganda, urushning g‘alabasiz tugaganidan 
juda norozi edi. Bu odamlar, urushdan katta o‘ljalar olish umidida oylab-yillab qon 
kechib, hamma azob-uqubatlarga bardosh berib yurar edilar. Agar Andijon va Axsi kabi 
boy shaharlar bosib olinsa, jangchilarning har biri o‘ljador bo‘lishi shubhasiz edi. Biroq 
Quvadagi talafotdan keyin darhol sulh tuzildi. Andijondan yarashish uchun chiqqanlar 
Samarqand podshohiga oltin-kumush sovg‘alar, qimmatbaho sarupolar, bir necha yuz 
chopqir ot va tuyalar in’om qildilar. Bu in’omlar podshohning ichkilari, mulozimlari, 
beklari va boshqa yaqinlaridan ortmay qoldi. Mana bu ponsodga o‘xshagan jangchilar 
esa o‘ljasiz qoldi. 
Shuning alamiga ular orqaga qaytishda yo‘llarida uchragan qishloqlarni tintib, o‘lja 
qidirishga tushgan edi.
Ulardan beshtasi hozir Robiyalarning hovlisiga ham bostirib kirgan edi. O‘tinxonaning bir 
devori Robiyalarning hovlisiga tutash bo‘lgani uchun Tohir qo‘shni hovlida ham to‘polon 
ko‘tarilganini eshitib qoldi. 
Kecha ehtiyotini qilib ichkarida bekinib o‘tirgan Robiya urush tugaganini eshitgan, so‘ng 
hovliga sigir sog‘ishga chiqqan edi. Sigirga buzoqni qo‘yib, uni iydirish bilan andarmon 
bo‘ldi-da, hovlilariga otliq askarlar kirib kelganini kech sezdi. 
Ayasi og‘ilxonaga chopib kirdi. 
— Voy, o‘lay, sen shu yerdamiding? 
— Nima bo‘ldi, aya? 
— Yog‘iy! To‘xta! Hovliga chiqma!.. Ana u tuynukdan somonxonaga o‘t! 
O‘lja ot qidirib yurgan navkarlarning ikkitasi darhol og‘ilxonaga kirdi-yu, uning to‘ridagi 
tuynukdan naryoqqa oshib o‘tayotgan qizni ko‘rib qoldi. Qisiq ko‘zli qipchoq yigit 
yonidagiga qarab: 
— Suluv qizga o‘xshaydi! — dedi. 
— Ot jo‘q ekan-da, — dedi sherigi afsuslanib. 
— Jaxshi qiz otdan ham qiymat bo‘ladi. Jur, olib chig‘ayiq. Samarqandga olib borib 
Fozilbekka sotamiz! 
Sigirning panasida turgan ona bu dahshatli so‘zlarning ma’nosini tushundi-yu, chopib 
borib tuynukning og‘zini gavdasi bilan bekitdi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish