www.ziyouz.com kutubxonasi
43
savdarboshi bilan birga o‘sha yoqqa o‘tib turishdi. Boshqa savdarlar pastga tushib
ketishdi. Qo‘rchiboshi mulla Fazliddinga qarab:
— Janobi me’mor, siz yo‘lni yaxshi bilursiz, podshohga peshvoz chiqing, — deb buyurdi.
Qoidaga binoan qo‘rchiboshining o‘zi ham pastga qaytib tushib, podshoh bilan birga
chiqishi kerak edi. Ammo bu toqqa ikki qayta ustma-ust tushib chiqish benihoya qiyin.
Buni sezgan o‘rta yashar qo‘rchiboshi ikkita soqchini mulla Fazliddinga qo‘shib pastga
tushirib yubordi-yu, o‘zi hujra yonidagi silliq tosh kursiga o‘tirib, terlab ketgan yo‘g‘on
bo‘yinlarini arta boshladi.
Mulla Fazliddin Buratoqqa har kuni necha qaytadan tushib-chiqib o‘rganib qolgan. Uning
oyog‘idagi ixcham mo‘kkisi toshdan-toshga yengil o‘tib boradi. Ammo ko‘ngli notinch.
Hozir podshoh va uning beklariga duch kelishi kerakligi, ular bilan muomala qilishning
qiyinligi qalbiga tahlika soladi.
Bobur mirzo va uning odamlari tog‘ning kunchiqish tomonidan otliq aylanib o‘tib,
qoyatoshga janubdan yaqinlashdilar-da, mazoratdan yuqoriroqda otdan tusha
boshladilar. Shunda mulla Fazliddin bek va navkarlarga qo‘shilmay alohida to‘p bo‘lib
kelayotgan ayollarni ko‘rib qoldi. Yuvosh qora otda o‘tirgan va oppoq kiyingan o‘rta
yashar ayol — Boburning onasi Qutlug‘ Nigor xonim edi. Gulibodom rangli sho‘x, o‘ynoqi
otda qirmizi ipak kabo* kiygan Xonzoda begim kelmoqda edi. Mulla Fazliddin uni sho‘x
ot ustida chavandoz yigitlarday yaxshi o‘tirganidan ham tanidi-yu, vujudi birdan qizib
ketganday bo‘ldi. Ko‘nglidagi boyagi bezovtalik ustiga olovli bir hayajon qo‘shilib, yuragi
qinidan chiqquday hapriqib ketdi. Mulla Fazliddin o‘zida birdan yuz bergan bu o‘zgarishni
birovga sezdirib qo‘yishdan qo‘rqib, podshohni kutib olayotgan mulozimlarning panasiga
o‘tdi-da, bosh egib, qo‘l qovushtirib turdi. Shunda tizzalari ham qaltirayotganini sezib,
«Xudoyo o‘zing sharmanda qilma!» degan so‘zlarni dilidan o‘tkazdi.
_____________
* Buratog‘ ba’zi manbalarda Boratog‘ ham deb ataladi. Biroq «Oq Burasoy» kabi asli «bura» so‘zidan olingan bo‘lishi kerak. Turkiy tillarda
nortuyaning eng ulkani «bura» yoki «bug‘ra» deb ataladi. Bu tog‘ chindan ham tekis joyda cho‘k tushib yotgan ulkan nortuyaga o‘xshab
ketadi. (Avtor.)
* B o r g o h — podshohning xos chodiri.
* X i r g o h — podshohning taxti qo‘yiladigan va qabul marosimlari o‘tkaziladigan chodir.
* Asilzoda ayollar kiyadigan uzun yengli ustki kiyim. Kamzulga o‘xshash.
2
Bobur mirzoning opasi Xonzoda begim mulla Fazliddinni ko‘pdan beri hayratga solib
keladi. Bundan to‘rt yil muqaddam mulla Fazliddin Hirotdan kelib Umarshayx mirzoning
Andijondagi chorbog‘ida ko‘shk qura boshlagan kezlarida Xonzoda begim o‘n olti yoshda
edi. Asilzoda qizlar orasida eng ko‘hligi bo‘lgan Xonzoda begim bir marta erkakcha
kiyinib ot minib, inisining o‘smir mulozimlari bilan chavgon* o‘ynagan. Mulla Fazliddin
buni ko‘rib bir hayratga tushgan edi. Oradan ikki yil o‘tgach, mulla Fazliddin Andijon
arkidagi to‘rxonaning ba’zi naqshlarini yangilash uchun chaqirildi. Shunda o‘n sakkiz
yoshli Xonzoda begimni ravonda kanizlar orasida setor chalib o‘tirgan paytida yana bir
ko‘rdi-yu, o‘z ko‘zlariga zo‘rg‘a ishondi. Chunki bir vaqtlar yigitcha kiyinib chavgon
o‘ynagan o‘sha qiz endi setorda shunchalik nafis, shunchalik mayin kuy chalar, uning o‘zi
ham shu qadar nafosatga to‘lib o‘tirar ediki, mulla Fazliddin beixtiyor uning sehriga
berilib, g‘alati bo‘lib ketdi.
Keyin mulla Fazliddin devorga xomaki naqsh chizayotganda Xonzoda begim uning oldiga
kelib, ishini qiziqib tomosha qila boshladi. Mulla Fazliddinning qo‘lidagi pargor*
hayajonidan yerga tushib ketdi.
— Ajoyib naqsh chizgan edingiz, ko‘zim tegdimi, mavlono? — dedi Xonzoda begim aybni
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov
Do'stlaringiz bilan baham: |