Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
292
xilvatxonadan xomush bo‘lib chiqdi-yu, hazin tovush bilan bir to‘rtlik o‘qib berdi: 
Ko‘pdan berikim yoru diyorim yo‘qdir, 
Bir lahzau bir nafas qarorim yo‘qdir, 
Keldim bul sori o‘z ixtiyorim birla, 
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qdir. 
Bu satrlar Tohirning sog‘inch tuyg‘ularini shunday qo‘zg‘atdiki, ko‘pdan beri ko‘rmagan 
Robiyasini qo‘msab, o‘pkasi to‘ldi. 
— Bolalar bilan qachon diydor ko‘risharkinmiz-a, hazratim? 
— Yo‘llar hali notinch. Haram uchun xatar ko‘p. Bu yoqda Rano Sango bizdan norizolarni 
atrofiga to‘plab, kuch yig‘moqda emish... 
«Bizdan norizolar» degan so‘zlar Tohirga mana shu qal’a hovlisida o‘tgan kuni yuz 
bergan bir fojiani eslatdi. 
Hind ustalari, pashkol paytida yer qazib bo‘lmaydi, ishni to‘xtaylik, deyishdi. Lekin sarkor 
bunga ko‘nmadi: «Biz voyinni olti oyda qurib bitirishga so‘z berganmiz, yomg‘ir fasli ikki 
oy davom etsa, keyin qachon ulgurgaymiz? Podsho hazratlari bizni yolg‘onchi 
demaslarmi? Yomg‘ir pisandmas! Qaytaga salqin bo‘ldi! Ishlayveringlar!» Xullas, sarkor 
yer qazuvchilarni majbur qilib ishlata boshladi. 
Muttasil yog‘ib turgan yomg‘irlar yerni ivitib, hilvirlatib qo‘ygan edi. O‘tgan kuni yer 
qazuvchilar o‘n quloch chuqurlikdagi chohning tubida ishlayotganlarida jarday chuqur 
havzaning bir tomoni o‘pirilib tushdi-yu, to‘rt odamni bosib qoldi. Ularni loy aralash 
tuproq tagidan kavlab olgunlaricha uchtasi allaqachon jon bergan, to‘rtinchisi tirik bo‘lsa 
ham beli sinib, mayib bo‘lgan edi. 
________________ 
* A n b a — ananasning bir turi. 
* Q a y l a — banan. 
* T a n b u l b a r g i — apelsin bargiga o‘xshab ketadi. Fufal yong‘og‘i bilan birga og‘izga solib chaynalsa kayf beradi, tishni mustahkamlaydi. 
* V a j h i t a s m i ya s i — shunday deb atalish sababi, etimologiyasi.
5 
Xilvatxonadan sal narida — saroy oshxonasida ovqat pishirib yurgan Bahlul ismli o‘rta 
yashar bir oshpaz ham voyinning chohi tagida jon bergan yer qazuvchilarni ko‘rgan edi. 
Bu fojia oshpazga Panipat jangida fotihlarning qilichidan halok bo‘lgan yigirma yashar 
suyukli inisini eslatgan va qalbidagi intiqom tuyg‘usini yana junbishga keltirgan edi. 
Ahmad choshnagir malika Baydaning kanizlaridan birini oraga qo‘yib, zaharni shu 
Bahlulga yetkazib bergan edi. Malika Baydaning yana bir kanizi kelib, rejani hozirgi 
pashkol kunlarda — Bobur biron yoqqa yurishga ketib qolmasidan oldin amalga oshirish 
kerakligini aytgan edi. 
To‘rt buklangan oq qog‘oz ichida ziravorga o‘xshab turgan zahar ikki misqolgina bo‘lsa 
ham Bahlulga zo‘r bir po‘lat quroldek og‘ir tuyulardi. U jangda vatanini himoya qilib jon 
bergan inisining o‘chini shu qurol yordamida olishni va fotihlarni bu yerdan tezroq 
quvishni istar edi. Agar Bobur o‘ldirilsa, fotihlar Hindistonda turolmay ketib qolishlariga 
Ahmad choshnagir Bahlulni ishontirgan edi. 
Podshoh oshxonasida har bir taomni tekshirib tatib ko‘radigan maxsus bakovullar bo‘lar 
edi. Qattiq yomg‘ir yog‘ayotgan kuni kechqurun shu bakovullar aroq ichib, mast bo‘lib 
qolishdi. 
Qozonda karundi daraxtining nordon mevasidan qo‘shib tayyorlangan mazali qayla 
pishib turibdi. Bobur bu qaylani yaxshi ko‘rishini Bahlul bilar edi. U sekin qo‘yin 
cho‘ntagiga qo‘l solib, to‘rt buklog‘liq qog‘ozni oldi. Oshxonada hech kim yo‘q. Bakovullar 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish