Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
230
Ismoil in’om qilgan o‘sha mashhur dastorni taxtga chiqqanda boshiga kiyib ko‘rinish 
berdi. So‘ng Shoh Ismoilning tamg‘asi bilan bir necha ming tanga pul zarb qildirib, bu 
pullarni qizilboshlarning o‘zlariga tarqatdi. 
Shu munosabat bilan shaharu qishloqlarda har xil mish-mishlar avvalgidan ham ko‘payib 
ketdi. Go‘yo afsonaviy kitoblarda bitilgan Ya’juj-Ma’jujlar mana shu qizilboshlar emish. 
Bobur qizilboshlarning sallasini Ko‘ktoshga kiyib chiqqanda muqaddas toshning bir cheti 
yorilib ketgan emish. Endi Shoh Ismoil Samarqandga kelib mana shu Ko‘ktoshga 
chiqarmish. O‘shanda qiyomat-qoyim boshlanarmish. 
Shayboniyzodalar Samarqandda qoldirib ketgan mulla va darvish kiyimidagi xufiyalar 
mahalla-kuylarda, bozorlarda vahimali ovozalar tarqatib, shia-sunniy nizolarini mumkin 
qadar alangalantirishga tirishar edilar. Bozorda narx-navo oshib ketayotganini ham 
shialarning kasofatidan ko‘rayotgan omi kishilar qizilboshlarga nafrat bilan qarar edilar. 
Bitimdagi shartlar bajarilgandan keyin qizilboshlar yurtlariga qaytib ketishga hozirlana 
boshladilar. Ularning besh-oltitasi Samarqandning Chorsusidagi atlas do‘koniga sovg‘a 
sotib olish uchun keldi. 
Bozor kuni. Chorsuda odam juda ko‘p. Qizilbosh navkarlar yetti xil rang bilan 
tovlanayotgan Samarqand atlasiga xaridor bo‘lib qolishdi. Mulla yoqa ko‘ylak kiygan 
semiz bazzozga qarab, to‘rt kiyimlik atlas kesishni buyurishdi. 
Bazzoz yog‘och gazni qo‘liga oldi-yu, qizilbosh nav-karlarga istehzoli ko‘z tashlab: 
— Avval pulingni ko‘rsat, — dedi. — Aqchang qandoqa? Tangang? 
Katta cho‘girma kiygan bir yigit charm hamyonidan uch-to‘rtta kumush tanga olib, 
bazzozga berdi. 
Bazzoz tangalarning old tomoniga Shoh Ismoilning tamg‘asi orqa tomoniga shia 
imomlarining nomi zarb berilganini ko‘rdi-yu, qo‘rqib ketdi. U sunniy mullalarning: «Shia 
puli harom, uni olgan odam choryorlarning qarg‘ishiga uchraydi», degan gaplarini 
eshitgan edi. Shuning uchun qo‘liga tangani emas, zaharli chayonlarni olganday jirkanib 
va shoshib tangalarni egasiga qaytardi.
Beliga qilich va xanjar taqqan devqomat qizilbosh navkar avval kaftidagi yangi kumush 
tangalarga, so‘ng bazzozga taajjub bilan tikildi. 
— Ne o‘ldi?! Bu oqchada ne illat va-ar? 
— Bizda bu tangalar o‘tmaydi. Hech kim olmaydi. 
— Nechun olmassan? Nechun? — kuyib-pishib so‘radi qizilbosh navkar. 
— O‘tmaydi. 
— Nechun o‘tmas?! 
Bu savolga chetroqda turgan bezorinamo bir yigit javob berdi: 
— Kelgindilarning puli harom! 
— Harom?! — deb qizilbosh navkar haligi yigitga qarab intildi. Ammo u yigit o‘zini bozor 
to‘la xaloyiqning orasiga urdi. Shunda do‘konlar orasidan kimdir qizilbosh navkarga tosh 
otdi: 
— Rofiziylar, ket yurtingga! — degan tovush eshitildi.
Ko‘zlaridan olov chaqnayotgan ikkinchi qizilbosh bazzozdan tahdid bilan cho‘zib so‘radi: 
— Bizim aqchani olmas-sa-an?! 
Bazzoz endi uning g‘azabidan qo‘rqib, muloyimroq gapirdi: 
— Olsam, kuygaymen, mehmon. Biz eski aqchada savdo qilishga o‘tganmiz. 
— Eski aqcha? Shayboniyxonning aqchasi kerakmi? 
Hozir Samarqand bozorida chindan ham Shayboniyxon chiqargan tangalar yaxshi o‘tardi. 
Bu tangalarga sunniylar sig‘inadigan choryorlarning nomi bitilgan edi. Savdogarlar uchun 
bundan ham muhimi — Shayboniyxon tangalarining vazni og‘irroq, demak, qiymati 
balandroq edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish