Boborahim Mashrab ijodida hallojiylik g`oyalari Reja: I. Kirish: Ishning umumiy tаvsifi II. Аsоsiy qism. I bob


II BOB. MASHRAB IJODIDA HALLOJIYLIK G`OYALARINING BADIIY IFODASI



Download 96,04 Kb.
bet9/13
Sana03.01.2022
Hajmi96,04 Kb.
#314723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Boborahim mashrab ijodida hallojiylik g`oyalari

II BOB. MASHRAB IJODIDA HALLOJIYLIK G`OYALARINING BADIIY IFODASI.

2.1. MASHRAB G`AZALLARIDA MANSUR HALLOJ SIYMOSI.

O`zbek tasavvuf she’riyatining yirik vakillaridan biri Boborahim Mashrabdir. U mumtoz ijodkorlarimiz orasida o`zidan keyin takrorlanmas, ya’ni o`ziga xos maktab yaratgan otashqalb shoirlardan biri. Shoir ijodi tasavvuf g`oyalari bilan yo`g`rilgan. Mashrabning kuchli his-tuyg`u ifoda qilguchi baytlarida Haq ishqi, hijron va ayriliq dardi yetakchi mavzulardan biri ekanligiga amin bo`lamiz.

XI asrdan beri Sharq shoirlarini o`ziga maftun etgan tasavvuf ta’limotini ba’zi ijodkorlar o`z asarlarida ilohiy ishqni kuylab, ko`nglidagi kechinmalarini izhor etgan bo`lsa, boshqa birov majoziy-dunyoviy timsollar orqali haqiqatni, zavq-u shavqini izhor etgan, o`z insoniy kechinmalari orqali ilohiy muhabbat sari olg`a qadam bosishni afzal bilgan, uchinchi xil ijodkorlar bo`lsa, so`fiyona, tasavvufiy ta’limotni diniy qarashlar bilan ifodalab, shu tariqat maqomotlarini she’rga solib, izohlab bergan.

Ammo bu silsilada Boborahim Mashrabning o`zgacha mavqei bor. Mashrab –ilohiy ishqning mast-u devonasi, majnun shoir. Uning ijodida yuksak falsafiy-tasavvufiy g`oyalar zaminiy dard-u alam , oddiy insonlar , g`arib-u benavolarning nochor ahvolidan qayg`urish, zulm-sitamdan portlagan adolat tuyg`usining po`rtanali isyoni ifodalangan.

Ma’lumki, tasavvuf she’riyatining markaziy qahramonlaridan biri Mansuri Hallojdir. U tasavvuf yo`liga kirib bu yo`lning mashaqqatlarini bosib o`tadi va hech kim anglab yetmagan jihatlarni anglab yetadi. Mansur Halloj o`zining “Anal – haq” (Men haqman) g`oyasi bilan butun dunyoga tanilgan siymo. Uning bu g`oyasidan ilhomlanmagan tariqat ahlini hamda shoirni sharq mumtoz adabiyotida topish dushvor. Mashrab ham Mansuri Halloj e’tiqodiga iymon keltiradi. Shoir she’rlarida juda ko`p martalab uning nomini ixlos bilan tilga olinadi. Mashrab so`zi sharob – ilohiy ishq, yani oshiqlikning boshlanishi demakdir. Bizga ma’lumki, Mansuri Halloj “Anal-haq” g`oyasi uchun dorga osilgan. Ta’kidlash joizki, Mashrab taqdiri Mansuri Halloj taqdiriga o`xshash. Chunki Mashrab ham Balx hokimi Mahmud Qatag`on tomonidan 1711 - yilda dorga osiladi.

Boborahim Mashrab ham Fariduddin Attor, Nasimiy singari hayot yo`li g`oyatda murakkab bo`lgan Mansur Halloj yo`lidan boradi, uning g`oyalarini o`z ijodida tarannum etadi. Halloj qalbida porlagan ma’rifat va haqiqat Mashrab ko`nglini ham egallab oladi, qalbidagi dil rozlarini oshkora, baralla bayon etadi. Shoir Mansur Halloj singari “ishq sharobini ichib” dor oldida fig`on chekadi. Mansurning fojiali taqdiri, favqulodda jasoratli g`oyalari Mashrabni qattiq hayajonga soladi. Shoir uni “ shahidi ishq” deya alqaydi, qayta-qayta o`zini unga qiyos etadi, havasi keladi va o`z umrining ham oxir-oqibatda Mansur taqdiridek yakunlanishini oldindan bashorat etganday bo`ladi:

Mansuri Hallojdek ichib sharobi antahur,

Charx urub yig`lab tururman ushbu dam dor oldida [25,12].

Shoir she’rlarida “Analhaq” sirini hammaga ham oshkor etib bo`lmasligini, uni faqat xos kishilargina anglashi, bu sirning mazmuniga, uning tub mohiyatiga ulargina yetishishi mumkinligi ta’kidlanadi:

Analhaq sirrini har bexabarga aytmagin zinhor,

Xudoning roziga mahram emasdur kimki tangdildur [25,237].

Yuqoridagi baytda ma’nosi bizga noma’lum so`z bor. Tangdil-diltang, yuragi siqilgan ma’nolarida qo`llaniladi. Kim Yaratganning siriga, xohishiga sirdosh , hamdam bo`lmasa, unga Analhaqning ma’nosini tushuntirish foydasiz ekanligini shoir yana bir bor ta’kidlab o`tadi. Din nomidan hukmlar chiqarib, “rohi shayotin”dan yurguvchi, rishvaxo`r, “buxl-u havodorliq bilan ” umr o`tkazgan dilozor, riyokor mullo va eshonlarga Mashrab salbiy munosabatda bo`lgan. U ana shunday kaltabin va aqidaparast din ahlining imonini-imonsizlik, dinparastligini dinsizlik deb bilgan. Qalbi ilohiy ziyodan yiroq dindor- shoirga qoloqlik, cheklanganlik timsoli bo`lib ko`ringanligi rost.Ammo Mashrab hech payt islom dinining asl mohiyatiga shak keltirmagan. Shuning uchun ham “Bir xudodan o`zgasi, barcha g`alatdur”, -deb hisoblagan. Mashrab maslagicha, olamning mazmuni, xayoliy go`zalligi va adabiyoti birgina so`zda ifodalanadi. Bu so`z –Xudo. Shu so`z dunyoning dili, dunyoning tili. Jahonning qaysi go`shasiga nazar tashlamang, husn nurini sochayotgan va zaboni g`aybda takallum etmoqda bo`lgan Xudo zohirdir: “olam hamma ko`z bo`ldi tomosho qilayin deb”.

Halloj va Mashrab “inson qalbi -xudoning uyi” degan aqidani o`z tasavvurlarida rivojlantirib, inson ko`nglini muqaddas Ka’badan ulug`roq deb biladi.Tasavvufda “kub” istelohi ko`p ishlatiladi.Kub – sharob saqlanadigan xum. Majoziy ma’noda orifning ko`ngli va ruhi mutlaq .Halloj ham, Mashrab ham kubni, ya’ni qalbini may- Olloh ishqi bilan to`ldirgan edi.

Mashrab Mansur Hallojni o`ziga ustoz deb biladi va ustozi ortidan ergashganiga sira afsus qilmaydi. Chunki u “Analhaq ” (“Men haqman ”) degan jumlaning mohiyatiga allaqachon yetgan edi. Mansur Halloj “Anal – haq” tufayli shariat peshvolarining ham, ba’zi tariqat ahlining ham g`azabiga uchragan. Ular (shayxlar) Hallojning bu tushunchasini qabul qila olmadilar.

Mashrabdagi insoniy yolg`izlik ilohiy yolg`izlikka evrilgandir. Undan “Yolg`izlik nima?”- deb so`ralganda u, albatta, “Xudo!”-deb javob bergan bo`lurdi. Mashrab Halloj yo`lini tanlar ekan, doimo u singari Haq yo`lida boshini dor ostiga eltishga tayyor turadi, chunki bu uning uchun sharaf edi:

Hu desam analhaq deb, olam borisi haq der,

Mansur kabi boshimni dor uzra tutay derman [25,125].

Mashrab g`azallarida oshiqning ishq iztiroblari, uning Yor vasliga yetish yo`lidagi mashaqqatlari mahorat ila tasvir etiladi. Ko`ngil dardini so`rar bo`lsang oshiqlik dardini totgan, ishq o`tida kuygandan so`ra deydi shoir:

Ko`ngul dardini bir ko`ngli buzulg`on yordin so`rg`il,

Bu ishq o`tig`a kuyganni dili afgordin so`rg`il.

Oshiq hajr o`tida yonayotganini qanday bayon qilishga hayron.Har shab (tun) u ko`zlaridan qonli yosh, achchiq yig`i to`kib kechalarni bedor o`tkazar edi:

Seni hajringni ,ey jonon, ne til birla bayon aylay,

Ki, har shab diydadin (ko`z) xunoba to`k, bedordin so`rg`il.

Mehribonidan, yuragiga muhabbat o`tini solganidan ayrilgan kishini men kabi sahardan kechgacha oh-u zor, dod- faryod chekadi, ishq olovida yonadi :

Banogoh mehribonidin judo bo`lg`on kishi holin,

Sahar ohu fig`ona aylab meningdek zordin so`rg`il.

Uchinchi baytda Ishq yo`lida shahid bo`lgan bechora oshiq ahvolini bilmoqchi bo`lsang o`shal vaqtda dorga osilgan, qo`l oyog`i chopilib, olovda kuydirilgan Hallojdan so`ra deydi shoir. U Yor visoliga erishib, komillikga yetishgan, ilohiyot bilan birlik hosil qilgan. Mansur Halloj yo`lda uchragan to`siqlarga dosh berib, o`z maqsadidan voz kechmagan, hayotning asl mohiyatini anglab yetgan. Ammo uning so`zlari (Anal-Haq) mag`zini tushuna olmay , o`z mavqeyi, huzur-halovatini o`ylagan shayxlar, saroy amaldorlari Hallojni qatl qildilar.Baytda talmeh san’ati qo`llanilgan.

Shahidi ishq bo`lg`on oshiqi bechora ahvolin,

O`shal dam Mansuri maston osilg`on dordin so`rg`il.

Avvalo, biz shayxlar, oriflar tasavvufidan ijodkorlar tasavvufini farqlashimiz kerak.

So`fiylar uchun tariqat zikru samo’, vajdu hol, kasbu karomat edi. Mashrab singari buyuk shoirlar uchun esa u shuuriy mushohada usuli, inson zotini ma’naviy barkamol holda ko`rish orzusi, sirli-xayoliy olamni tasavvurda yaratib, ideal bir go`zallik ishqida yonish bo`lgan. Odamning asrlar davomida abadiy hayot, ruhning o`lmasligi haqida o`ylab kelgan armonlari, rivoyat-asotirlar bu behudud romantik olam ufqini kengaytirgan.

G`azal maqta’sida shoir Halloj singari ishq yo`lida achchiq yoshlar to`kadi. Endi u ham hasrat o`tida yonadi.

Bu Mashrab qon yutub har dam to`kar xunoban hasrat,

Ki xo`blar ajrini mahshar kuni sattordin so`rg`il. [25, 69]

Shoir yuqoridagi misralarda haq yo`lida o`z jonidan kechgan Mansur Halloj nomini tilga olar ekan, uning bu haqiqatparast shoirga nisbatan ehtiromi yuksakligidan dalolat beradi. Garchi, Halloj va Mashrab orasini bir necha asrlar ajratib tursa-da, ularni bir umumiy jihat, u ham bo`lsa “Haq ishqi” ga bo`lgan ehtirom birlashtirib turgan. Tasavvuf tadqiqotchilarining e’tirof qilishlaricha, Mansur Halloj va Boyazid Bistomiyda vahdatul vujudga yaqin fikr-qarashlar bo`lgan. Ammo ular vahdati vujudga qaraganda vahdati shuhudga yaqindirlar. Bu so`fiylarning har ikkalasi ham nafsni to`la yengib Allohdan boshqa hech nimani tan olmaganlar. Va goho shu darajada ilgarilab ketganlarki, goho ularning ko`ziga Allohdan bo`lak hech narsa ko`rinmagan. Lekin ularning tajribalari zaminida , insonning erk va istiqboli insonning o`zligida , uning o`zida samoviy istak va irfoniy ehtiyoj uyg`onmaguncha, u hech qachon ilohiylashmaydi, degan buyuk bir ma’no yashiringandir. [10,13] Boborahim Mashrab vahdatul shuhudga yaqin bo`lgan. Mashrab ham Halloj chiqqan cho`qqiga chiqishni, uning ortidan yurib u erishgan darajaga yetishishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Mashrabning bu maqsadi u bitgan misralarda jo bo`lgan.

Vahdat mayini piri mug’on ilkidin ichtim,

Mansur kabi boshimi dorg`a tuta qoldim [25,84]

Yoki:


Mansuri Hallojdek ichib sharobi antaxur,

Sudratib dor ostiga olib borayin dermusan? [25,132]

Endi uning oldida masjid-u butxona, ka’bayu kaliso tuproq bilan teng, arzimas o`yinchoqlar. Endi u jannat-u do`zaxni ham tan olmaydi, chunki u maqsadiga erishgan-Yor visoliga yetgan. Qolganlari “ suratparast o`lgan fashu dastoriga mag`rur” shayxu kiborning uydirmasi. Endi Mashrab ikki dunyo naqdi, hur-u g’ilmon, arsh-u kursin ham o`zimman, deyishga haqli. Endi uning ko`ziga joni ko`rinmaydi, u Mansur kabi boshini dorga tutishga rozi [25,9].

O`z-o`zidan ayonki, Mashrab zikr etgan may biz tasavvur qilgan yoxud bilgan ichimlik emas. Shoir sira ham buni nazarda tutmagan. Ushbu g`azalda shoir mayni ilohiy ishq — ma’rifat, donish ishtiyoqining avji qiyomi, Yor jamoli mushohadasidan oshiq



dilida paydo bo`lgan kuchli zavq — ilhomning, behad xursandlik, sururning ramziy ifodachisi sifatida qo`llagan. Xumor bo`lish, mayparastlik ham bu yerda shunga muvofiq. Bu buyuk nur chashmasidan huzurlanish, visol bexudligi, hayot tabiat zeboligi hamda aql va tafakkur yetmaydigan, ammo ko`ngil bilan his etiladigan Mutlaq ruh mo`jizoti jilvasidan bahramandlik va shunga talpinish sarxushligidir. Inson tabiati ikki asos — ruhiy va moddiy olam unsurlaridan tarkib topgani uchun ular orasida kurash boradi. Agar moddiy asos bo`lmish jism talablari kuchaysa, u hirs va shahvat, hayvoniy nafs domiga giriftor bo`lib, borgan sari tubanlashadi. Bu xavfning oldini olish uchun kishi doimiy ravishda ruhiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirib borishi, shu jihatni tarbiyalashga bel bog`lamog`i darkor. Bu ishda unga o`zidan ko`ra komilroq inson — pir rahnamolik qiladi. Pir yoki orif deb tasavvuf ahli donishda yetuk, ma’rifat nuri bilan qalbi limmo-lim, pok niyat, pokiza axloqli, zakiy odamni nazarda tutganlar. Mashrab nazarida Halloj ana shunday shaxs bo`lgan. Bunday shaxslar hamma vaqt ezgulikni o`ylab, o`ziga ergashgan odamlarni qalb saxovati bilan tarbiyalaganlar, ularning irodasini chiniqtirib, ko`ngil chashmasining ko`zini ochib, olamni yangicha tushunishga, haq yo`lini himoya qilishga o`rgatganlar. Yuqorida keltirganimiz g`azalda shoir mayni piri mug`on, ya’ni Mansur Halloj qo`lidan ichganligini hamda u singari boshini dor ostiga qo`yganligini nazarda tutadi.

Jaloliddin Rumiyning ham Mansur Halloj tarafdori ekanligini, bu yo`l mohiyatini u ham to`la anglaganligini uning “Analhaq deyish kamtarinlik belgisidir, Ollohdan boshqa borliq yo`qdir. Men yo`qman, barchasi udir. Bu so`zlarda kamtarinlik ko`proq emasmi? ” degan so`zlaridan ham amin bo`lishimiz mumkin.

Halloj zamondoshlari orasida ham unga hamfikr bo`lgan zotlar bor edi. Shayx Attor, Shibliy, Jurayriy singari maslakdoshlari u singari boda ichib, sarxush bo`lgan, “Analhaq” suhbatini qurib, uning asl mohiyatini anglab yetganlardan edilar. Ammo bu ishq faqat Hallojnigina dor ostiga eltdi. Buning sababi nimada? Chunki uning do`stlari hali ham o`z joni, taqdirini o`ylardilar, haqiqiy oshiqlik martabasiga erishmagan edilar.Ulardan Halloj aytgan so`zlari ma’nosi so`ralganda o`zlarini chetga tortishgan. Shuning uchun do`sti dorga osilayotganida ham oddiy xalq singari tomoshabin bo`lib turishgan:

Shayx Shibliy, shayx Attor ul “Analhaq” suhbatin-

Qurdi, ichdi bodani, Mansurni dordo qildi ishq [25,222].

Halloj dorga osilgandan so`ng ham o`sha dordan “Analhaq” degan sado ming martalab takrorlanadi, tog`-u toshlardan, dengizlardan ham bu ovoz eshitilib turar edi. Hallojni dorga osishayotganda u mening jismimni egallashingiz, yengishingiz mumkin, ammo ruhimni hech qachon yenga olmaysiz deydi.Uning so`zlari haqiqat edi:

Ming analhaq keladur Mansur osilg`on dordin,

Har zamon labbayka deb kelg`ay nido jabbordin [25, 141].

Mashrab Hallojdek qalbida kechayotgan dil tug`yonlarini ochiq-oydin aytishdan sira qo`rqmagan. Bu holat uning g`azallariga ham ko`chgan: Tanamdagi qonimni Mansur singari tugatdim, jism, nafs zanjiridan ozod bo`ldim deydi oshiq. Ro`zada sovuq nafasim, qilgan toat-ibodatim menga dalda bo`ldi deya shoir o`zini Mansur Hallojga qiyoslaydi:

Xuni g`arq birla ado, qildim, base Mansurman,

Ohi sardim bo`ldi savmim, ham fig`onim- toatim.

Mashrab endi “Anal-Haq”go`ylar, ya’ni Hallojga o`xshaganlar ruhi taskin topishini Yaratgandan so`raydi:

“Anal-Haq” go`ylarni ruhiga daryoyi rahmat ber,

Bag`ishlar rahmatingni jon tasadduq qildi Mansuri [26, 23].

Musoni mahv etib Turga, osib Mansurni doriga,

Shifo mandindur ranjurga, jahonni shodmoniman [26, 29].

Keyingi misrada shoir jahonga quvonch ulashishning, “bemorlarga”, qalbi ezilgan insonlarga shifo ulashadigan inson ekanini aytadi.



Mashrab Hallojga qo`shulib, uning izidan borganiga afsuslanmaydi. Bu niyatini shoir keyingi misralarda ham davom ettirib, Mansur Hallojning o`limiga u yuzi qoralar, “yaramaslar”, baxtsizlar (shayxlar) sababchi bo`lganini afsus ila aytadi. Ularni baxtsizlar deya o`rinli ataydi. Ular chindan ham baxtsiz insonlar edi. Chunki bu ishq siridan bexabar kimsalar hayotning asl mohiyatini tushunmadilar:

Ming shukr xudoyimg`a Mansurg`a qo`shuldim men,

Ul ro`yi siyahlarkim Mansurni o`ldurg`on [25,148].

Shoir Mansur dorini Xalil doriga qiyoslaydi. Afsonalarga ko`ra Namrud Ibrohim Payg`ambarni dorga osganida dor gulzorga aylanib qoladi. Mansur Halloj osilgan dor ham go`yo chamanzor, qalb musaffoligiga erishadigan, ko`ngilga sokinlik bera oladigan joy. Shu sabab Mashrab ham Xoja Ahrori validek ishq mayidan totib, bu gulzor uzra sayr qilishni xohlaydi:

Dori Mansurni qur emdi, man Xaliloso boray,

Xoja Ahrori validek mast shaydoman bu vaqt [25,242].

Mansur Halloj singari to`g`ri yo`lni tanlagan (irshodmand), qalbida Ilohga bo`lgan muhabbatini umrining so`nggiga qadar saqlagan kimsalar bu ishq yo`lida barcha qiyinchiliklarga , qarshiliklarga bardosh bera oldilar.Bunday insonlar Olloh bilan birlikka erishdilar. Shu sababli ular o`limdan, dor ostiga turishdan cho`chimadilar.Mashrab o`z qismati, umri tugab yetganda uning uchun qurilgan dor ostiga borishni sharaf deb biladi. Demak, Halloj singari u ham umrining so`nggida hayoti qay tariqa yakun topishini oldindan qalb ko`zi bilan ko`ra bilgan, his qilgan. Taqdiri qanday yakun topishini bila turib ham, Ishq yo`lidan qaytmagan :

Necha Mansur o`ldi irshodmand muhabbat yo`lida,

Menga ham dori qurulg`onda yetar bu qismatim. [25,99]

Keyingi g`azalda oshiq yor diydoriga ilhaq, uning ishqi o`tida o`rtanib yuradi. Endi oshiq yor mening bu holimdan bexabarmikan, u bu yo`lda kuya-kuya kul bo`layotganimni bilmaydi shekilli degan o`yga boradi:

Oshiqi diydorman, ey yor, bilmassan magar,

Mansuri Hallojdek dorga osilg`on o`zginam [25, 72].

Hayratlanarlisi shundaki, Mashrabning mutlaq Ilohga ishqi Mansur Halloj singari xuddi shunday samimiy va ehtirosli. Hech bir soxtalik, pardali, kinoyali gaplarni uchratmaysiz unda. U ilohiyotni mehribon onasi, “jola burkli” mahbubasini sevganday sevadi, uni o`z yonida aniq ko`rib turadi, rozi dilini so`zlab, u bilan qo`shilib, qorishib ketadi.Axir uning tasavvurida mutlaq ruh – cheksiz-chegarasiz bahri rahmat, inson esa shu dengiz bag`ridagi gavhar- “duri daryoyi maoniy”. Iloh- mahbubga yetishish ishtiyoqi, ishq g`alayoni shoir vujudini “adam qilib ” ( foniy etib), ma`rifat daryosiga g`arq etadi. U bunday yagonalik shavqi, ya’ni vahdat mayidan sarxush bo`lib ( “ mashrab” ilohiy sharobdan nasibali degani), uluviyat makonida o`zini arshi a’loda his etadi:

Dori Mansuri analhaq joyidur,

Bosh berib yuz ming nido topsam kerak [25, 232].

Oliy tafakkuriy va taxayyuliy olamni kashf eta olgan shoir birdan yerga tushib:

Ne g`urbatlarni chekdim charxi bebunyod dastingdan,

Mudom motamda qoldim, bo`lmadim dilshod dastingdan,

Tamomi xonimonim bo`ldi chun barbod dastingdan…

Kim men har qayga borsam dod etarman, dod dastingdan

deya bir almzada insonning yurak nolalarini ham ifodalay oladi. Lekin bularning hammasi bir-birini taqozo etadigan, bir-birini to`ldiradigan she’rlar. Chunki hammasida ham kurashchi insonning na falak-u taqdir, na yerdagi tartibotlar bilan kelishmaydigan jasoratli ruhning isyonidir. Shuning uchun Ibrohim Adham axloqi, Mansur ta’limotini haq bilib, tarannum etgan Mashrab g`oyalari dunyoparast hokimlar va johil ulamolarga yoqmadi, ularni tubsiz tahlikaga soldi. Ular Mansuri Hallojdan qanday o`ch olgan bo`lsalar, Mashrabni ham shunday qatl etib so`ng tinchidilar.

Uning ilohiy muhabbat, ilohiy ishq va undan lazzatlanish yo`llari Mansur Halloj bilan bir xil edi. Darvoqe, Mansur Halloj hayoti, g`oyalari sharq mumtoz adabiyoti vakillaridan hech birini befarq qoldirmagan. Jumladan, Ahmad Yassaviy, Imodiddin Nasimiy, shuningdek, Boborahim Mashrab nomini alohida qayd etish joiz.

Ko`rinadiki, Mashrab g`oyalari adabiyotda ilgari surilgan shijoat, matonat, tanlagan e’tiqodiga sadoqat, adl-u amniyatga bo`lgan yuksak muhabbat kabi umumbashariy g`oyalar yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalashdek ulug` maqsad yo`lida beminnat xizmat qila oladi.





Download 96,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish