Boborahim Mashrab ijodida hallojiylik g`oyalari Reja: I. Kirish: Ishning umumiy tаvsifi II. Аsоsiy qism. I bob


Mashrabning muxammas, mustazodlarida “Anal-Haq” g`oyasi



Download 96,04 Kb.
bet10/13
Sana03.01.2022
Hajmi96,04 Kb.
#314723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Boborahim mashrab ijodida hallojiylik g`oyalari

2.2. Mashrabning muxammas, mustazodlarida “Anal-Haq” g`oyasi.

Mashrabning har biri bir jahon ma’no, bir olam his- tuyg`u ifoda qilguchi baytlarini , muxammas, mustazodlarini takror-takror o`qib har safar ko`nglimiz surur va hayajon bilan to`ladi, har safar bu olmos satrlarning yangi qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi ma’no tovlanishlarini ko`rib hayratlanamiz.Mashrab qalandarlik yo`lini tanladi. Tarixdan ma’lumki, tasavvufdagi qalandariya mazhabiga Jamoliddin Sovajiy asos solgan. Qalandariya malomatiya silsilasi bilan uzviy bog`liqdir. Boborahim Mashrab qalandariya mazhabiga mansub shoirlardan. Mashrab tasavvuf ilmida Mansur Halloj, Imomiddin Nasimiy, Alisher Navoiy izdoshi bo`lgan. Haq va haqiqatni tanish va unga fido bo`lish Mashrab orzusi edi. U ana shu yuksak muddao yo`lida haqni talab qildi, uni tanidi, Olloh ma’rifati unga ma’lum bo`ldi, Ollohni sevdi, uning ishqi bilan yonib yashadi va shu e’tiqodi tufayli qurbon bo`ldi.


Mashrab butun ijodi davomida tasavvufdan uzoqlashmagan va vahdatul vujud g`oyasi bilan yashagan shoir. Zohiriy olamdan botiniy dunyoga u juda vaqtli chekingan.

Mashrabning quyidagi muxammasida ana shu botiniy olam xususida so`z yuritiladi. Baytlarda ilohiy “ishq sirrin bayoni” ni beradi.

Rasvoi jahon qildi meni ul qadu qomat,

Raftori aning yodi edi jo`shi qiyomat,

Ta’n etma jununimg`a meni ahli salomat,

Mansurni dor uzra ko`rub qilma malomat,

Jon pardasidin ilgari jononani ko`rdi [25, 284].

Muxammas (arabcha beshlik) – beshlik band usulida yozilgan she’r bo`lib, a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, d-d-d-d-a shaklida qofiyalanadi.

Mashrab ham Halloj singari oshiq bo`lganligini, ruhi bu yo`lda savdoyi ekanligini ta’kidlaydi. Jismi sog`lom bo`lgan shariat ahllarining, saroy a’yonlarining ruhi betob, majruh deydi shoir. Chunki ular Hallojga malomat toshlarini otishdi, uni dor ostiga eltishdi. Halloj tanasiga jon kirmasdan oldin ishq kirdi, qalbi Ollohga bo`lgan muhabbat bilan sug`orildi, u oshiq bo`lib dunyoga keldi, yuragida ishq o`ti bilan tug`ildi. Muxammasda talmeh, o`xshatish singari badiiy san’atlar qo`llanilgan.

Mansurning falsafiy ahkomi, mushohadasi, oriflik martabasi yuksakdir. U tasavvufning amaliy-axloqiy sulukini bosib o`tish (talab, qanoat, halollik, toat) bilan kifoyalanmay mantiq kuchiga tayangan ma’naviy kamolotning avji ilhomida nahdati vujud ta’limotini tahlil etaroq: modomiki inson ruhi mudroq ilohiyotining bir qismi ekan va u tana-jism bilan kurashda tozalanib, to`lishib yana asliga qaytar ekan. Demak orif inson bilan Iloh orasida to`siq, farq qolmaydi, ular- bir, ya’ni, inson ham Xudo (Haq), degan fikrga kelib, buni el orasida baralla oshkor etadi. “Anal-Haq”- men Haqman degan iboraning ma’nosi shu.

Ammo bu so`zning men rost aytyapman, men haqman degan ma’nolari ham mavjud. Bunda nima nazarda tutiladi? Gap shundaki, mazkur narsa-ashyolar, jumladan, dunyo boyliklari ko`ringan hasham, qudratlarning hammasi yolg`on, o`tkinchi- “majoziy” dir:faqat Mutlaq Iloh haqiqatdir. Shunday ekan bu yolg`on dunyoga mehr qo`yish-nodonlik, aldanishdir. Inson faqat Mutlaq Iloh haqiqatiga ishonishi, faqat o`shanga oshiq bo`lishi kerak. Bu yo`l g`oyat mushkul, qiyinchiliklari behisob, ammo bu yo`lda har qanday azob-iztirobga chidasa arziydi, chunki chin ma’nodagi ma’rifat yo`li, chinakam ishq shudir. Mashrab mazkur maslak –e’tiqodiga yana bir bor imon keltirib, Mansuri Halloj misolo matlub- yor visoliga yetishish dardida yonadi, yurak bag`ri ezilib, qaqnus qushiday alangali til bilan kuylaydi. Bu shunday ulkan dardki, u bir zum ham shoirni tinch qo`ymaydi, uning butun xayoli, vujudi shu yor zavqi bilan band. Mashrab nazarida yer-u ko`k, daraxtlar, daryolar- hamma mavjudot –oshiq: Mansur osilgan dor, so`yilgan Nasimiyning et-suyaklari ham Analhaq deb faryod chekadi. Sog`inchim dardi shunday zo`rki, deb yozadi Mashrab, daraxtlarni xoma, daryolarni siyoh , yer-u ko`kni kitob sahifasin qilib yozsam ham ado bo`lmaydi. Bu dard Mashrabga ba’zan huzur-halovat, shirin ilhom damlarini ato etadi, buning natijasi o`laroq mo`jiza g`azallar, muxammaslar yaratiladi: ba’zan u cheksiz alam-qayg`u keltirib, shoiri analhaqni tirqiratib ko`zidan yoshini oqizadi [25, 7].

Ko`rgali husni jamolingga giriftor o`lmisham,

Furqatingdin hajr aro har kecha bedor o`lmisham,

Ul qaro zulfung tori bo`ynumg`a zunnor o`lmisham,

Ishtiyoqingda yonib Mansuri bar dor o`lmisham,

Tig`i zulmingdin jonimg`a bir sitamkor o`lmisham [25, 293].

Shu o`rinda Mashrab she’riyatiga xos bir muhim xususiyatni qayd etish mumkin. Bu- Mutlaq Ilohga muhabbat dardi bilan real dunyodagi oddiy insoniy dard- alamlarining birga, o`zaro qo`shilib zuhur etilish hodisasidir. Boshqacha aytganda, Mashrab insoniyat dunyosining nafs botqog`iga botiradigan tahlikaga tushib, barini “tarki nazar etib”, qalandar bo`lgan esada, lekin hayotdan, odamlardan yuz o`girib, ularga nafrat-nadomat hissi bila qaragan emas. Yo`q, u odamlarni sevar edi, ularga hamdard, mehribon edi: “Azaldan men dili g`amgin xaloyiq xaylini sevdim”. Ammo ayni shu satrning o`zida ham Mashrabning ixlosi kim tomonida ekanini, “g`amgin xaloyiq” deganda kimlarni nazarda tutayotganini bilsakgina, uning sevgisi mazmunin tushuna olamiz. “Dili g`amgin xaloyiq” deganda ulug` haqparast shoir ko`nglida iloh mehri bor, dardi bor odamlarni ko`zda tutib fikr yuritadi.

Qayta boshdin siynami afgor qildi oqibat,

Yuz baloyu dard-g`am ozor qildi oqibat,

Bir aziz boshimni yo`lda xor qildi oqibat,

Oxirimni Mansuri bar dor qildi oqibat,

Bir zamon xolis bu charxi zulmparvar bo`lmadim [25, 296].

Shoir qalbini oqibat afgor, ya’ni majruh qilganini va buning hammasi taqdir ekanini ta’kidlaydi.Uning qalbi jarohatlangan.Ko`ksi dard-alamdan ozor chekadi, umrida u hammadan jabr ko`rdi. Ammo shunga qaramay, u biror kimsaga zarar yetkazmadi, atrofdagilarnin ko`nglini og`ritmadi. Chunki oshiq uchun Mansur singari yor visoliga erishish, uning jamolini ko`rishdan o`zga baxt, yaxshilik, tuhfa yo`q edi.

Mashrab ijodida tez-tez Ibrohim Adham va Mansur Hallojni tilga oladi. Nomlari afsonaga aylangan bu ikki zotni Mashrab o`zining g`oyibona piri komili deb qabul qiladi, ular a’mol va aqidalarini boshqalarga o`rnak qilib ko`rsatadi. Zero, Ibrohim Adham podsholik taxtidan, davlat-u boyliklaridan butkul voz kechib ( VIII asr), darvesh jandasini kiyib, so`fiylikni qabul qilgan shaxs. Bugina emas. U hukmdorlar, a’yonlar mol-mulkini, alqissa mehnatsiz topilgan jamiki sarvatlarni harom deb e’lon qilib,o`z mahnati vositasida halol non topib yeyishni talab qilgan. Hatto shohlarning sovg`a salomini ham olmagan, o`zi qo`riqlayotgan bog`ning mevasidan bo`lsa birovning moli deb tatib ham ko`rmaydi.(Shu o`rinda g`aroyib bir qiyos: Mashrabning onasi unga homiladorligida qo`shnilarning uzumidan so`ramasdan uzib yemoqchi bo`ladi. Shu payt ona qornidan: “Onajon, luqmai haromni yemang, bog`ning egasini rozi qilib, keyin uzumni yeng”,- degan ovoz chiqqan ekan…Hali tug`ilmagan Mashrab haromdan hazar etgan. Mazkur rivoyat xalqimizning o`z sevgan shoiri g`oya-niyatlarini nechog`lik teran idrok etolgani va ham shu bilan birga, halollik, poklikka e’tiqod imoni qanchalik mustahkam ekanligini isbotlovchi hujjatdir).Shunday qilib, Ibrohim Adham –Mashrab uchun ideal, barcha falokatlarni tug`diruvchi va demak inson zotini tubanlashtiruvchi nafsi sarkash ajdahosining mahv etish timsoli. Zero, eng zo`r mardlik, eng buyuk jasorat ana shu nafsni o`ldirib, qanoat dargohida halol yashashga ko`nikishdir. Insonning insoniyligi, ilohiy xislatlari shunda ochila boradi, uning qalbida pokiza ishq uchun zamin hozirlanadi: “Tolibi ishq o`lay desang, himmati Adham kerak”. Mansuri Halloj ta’limotida ham xuddi shu narsa bosh aqida edi: “ Nafsing seni egarlab olishdan olidin, sen uni egarlab ol”,- deb vasiyat qiladi u o`g`li Ahmadga dorga osilishi arafasida. Biroq Mansurning himmati Ibrohim himmatidan balandroq edi, chunki agar Ibrohim Adham taxt-toj, mol-davlatdan voz kechgan bo`lsa, Husayn Mansur haq yo`lida shirin jonidan kechdi- insonni ilohiylashtirgani, “men haqman ” ( ya’ni xudoman) degani uchun qozi-mullolar uni qo`l-oyoqlarini kesib, dorga osib o`ldirishga hukm etdilar.Aql-u tafakkur kuchi, ma’naviy qudratga zo`ri yetmagan notavon bandalar hamma zamonlarda ham ana shu tariqa yo`l tutardilar: hikmat va donish ahlini qiynab, jisman yo`q qilib, taskin topadilar, o`z bo`ylariga mos “haqiqatlar” bichib, osoyishta yashaydilar [25,6].

Endi oshiq bu hayotga nima maqsadda kelganini muxammasda bayon qiladi. Bu maqsadini anglatish uchun bir necha misollar keltirib, o`zini ko`za ichidagi ichimlik singari to`la (pur), ya’ni o`zi istagandek hayot kechirgani kelganini bildiradi. Keyingi misralarda ham shoir o`xshatish san’atini mahorat bilan qo`llaydi. Bu safar u farishtalardan biri Isrofil farishta mashg`ul bo`ladigan sur bo`lish istagi borligini aytadi. Sur- qiyomat kuni Isrofil farishta chalib, barcha bandalarni qayta tiriltiradigan buv, karnaydir. Nega ijodkor sur bo`lishni tanlaydi? Sababi, bu karnay barchaga qayta jon ato etgani uchun bo`lishi mumkin. Bu vazifani bajarish buyuk baxt. Shundagina oshiq yorga ozgina bo`lsa ham yaqinlashishi, uning uchun qandaydir xizmat qilishi mumkin.Navbatdagi satrlarda esa oshiq yorga muhabbat qo`yib, shu baxtdan mast, sarkash bo`lib umr kechirishni xohlaydi va shunday bo`ldi ham. Mashrab piri komili Halloj singari vahdat mayini ichib Iloh bilan birlikka erishdi Unda ham “men”, “sen” degan tushunchalar qolmadi, uning o`rniga birlik hosil bo`ldi, komillikka erishdi. Shuning uchun ham so`nggi misrada Mansurdek, unga o`xshash, ya’ni u singari “Anal-Haq” aytgani bu hayotga kelganini ta’kidlaydi:

Ki na’moni azal topguncha ranjur bo`lgani keldim,

Misoli ko`zai xole to`lub pur bo`lgani keldim,

Ki Isrofil kibi mashg`uli ul sur bo`lgani keldim,

Balo jomin ichibman, munda maxmur bo`lgani keldim,

Analhaq aytaman , monandi Mansur bo`lgani keldim [25, 340].

Keyingi muxammasda shoir o`zining qalb kechinmalrini, ko`nglidagi bor dardini to`kib sochadi. Majnun Layli hajrida qancha kuyib-yonsa, uning ko`ngli ham Yor ishqida shu qadar devona, bezovta. Mansur ishqi xalq orasida uning o`limidan so`ng afsonaga aylandi. Bu oshiqning ko`nglidagi ishq ham shunday afsonalarga arzirli o`tga aylangan, bu olov cho`g` edi, endi u alanga bo`ldi. Shu sabab unig qalbi savdoyi, o`zini qayonga eltishni bilmaydi. Bu muhabbatdan uning boshi alamli, yolqinli (so`zon). Zindonga tushgan bandining qalbidek ko`ngli qorong`u, g`amli. Ko`ngli shu g`amning asiriga aylanib qolgan. Bu asirlikdan, bandilikdan uni faqat Yor, uning visoli qutqara oladi, dard-alamlarini, g`amlarini arita oladi:

Balo dashtida Majnundek mening devonadur ko`nglum,

Junun bozorida Mansur kabi afsonadur ko`nglum,

Muhabbatdin boshim so`zon o`lub, parvonadur ko`nglum,

Tushub zindoni g`am ichra ki bandi xonadur ko`nglum,

Asiri g`am bo`lub band ichra rangi za’farondur ko`nglum [25,341].

Mansur Halloj singari hayoti fojea bilan yakun topganlar soni bir qancha. Payg`ambar Ibrohim ham Olloh ishqi bilan yashadi, qalbida uning muhabbatini saqladi. Ammo Halloj singari Namrudning qahriga uchradi, uning otashiga yuz ming martalab tushdi. Albatta, bu o`rinda shoir Payg`ambar hamda Hallojni faqar ana shu komillik yo`lida maqsadlari hamohang bo`lganlar sifatida bir o`ringa qo`yadi. Xislat-u mohiyat jihatdan payg`ambar yuqori turishi barchamizga ayon. Muxammasda ularning ikkalasi ham oshiq, bir yo`l vakillari deya talqin qilingan. Xalil payg`ambar nomlaridan biri. Sakkiz jannatning eshigi ana shunday vahdat mayidan bahramand bo`lganlar uchun bir qadam bo`lib qoladi. Unga yetishganlar esa Yor diydoriga erishgan. Ammo hayotda o`z maqsadini yo`qotgan, bo`yniga zanjir ildirib olib, shu zanjir izmidan chiqmaganlar ham bisyor. Ularning qalb ko`zi ojiz. Nasimiyni, Hallojni, Mashrabni dorga osishga hukm chiqarganlar shu zanjir egalari emasmikin. Shoir shunday kimsalarning qalb ko`zlari ochilishini, hushyor bo`lishlarini, ular ham Olloh visoliga erishishlarini xohlaydi. Hayotning asl mohiyatini anglashlarini, pastdan yuqoriga, ya’ni komillik zinasidan bir-bir qadam bosib chiqishlarini xohlaydi.Muxammasda talmeh san’ati qo`llanilgan.

Ko`yungda misli Mansurdek kuyub otashga tushgan ko`p,

Sening diydoring izlab hasht jannatga yetushgan ko`p,

Xalildek sad hazoron otashi Namrudga kuygan ko`p,

Qiyomat vahmidin zanjiri qudratga yopushgan ko`p,

Hamani hozir etgil, pastdin bologa yetkurgil [25,348].

Shoir muxammasdan tashqari mustazod, murabba’, musaddas, musabbalar ham bitgan. Mustazod (arabcha “orttirilgan”) g`azalga monand she’r misralaridan har biriga yana yarim misra orttiriladigan, har qatori bir yarim g`azal misrasiga teng keladigan she’rdir.Alisher Navoiy hazratlari “Mezon ul-avzon” asarida mustazodni “qo`shiq ” deb ataganlar va quyidagicha ta’rif berganlar: “Va yana xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt bog`lab bitib, aning misrasidin so`ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag`amotig`a keltururlar ermish va ani mustazod derlar emish…”. Mustazod xuddi g`azal kabi qofiyalanadi (a-a, b-a, d-a,…).

Shoir Boborahim Mashrab quyidagi mustazodida ham piri komili bo`lgan Hallojdek ishq dardida tandan ham, jondan ham kechishni istagi borligini kuylaydi. Sening vaslingga erishish uchun ishqingning tig`i bilan boshimni dor ostida kesishga nigorim tayyorman deydi:

Ishq dardi tandinu jondin guzar (kechmoq) aylab,

Monandi Mansur,

Ishq tig`i bila kesg`ali boshim beradurman,

Yo`lungga nigorim [25, 249].


Boborahim Mashrab umr bo`yi Xudo yo`lida fidoyilik bilan xizmat qilgan. Islom farzu sunnatlarini targ`ib etib, inson qadrini e’zozlagan shoir.Mashrab she’rlari nafaqat g`oyaviy jihatdan, balki badiiy nuqtayi nazardan ham o`sha davr she’riyatining mumtozidir. Zeroki, ular g`oyatda ravon ohangda, jonli tilga yaqin iboratlarda bitilgan. Shoir she’rlari botinida yashirinib yotgan pand-nasihatlar, inson kamoloti yo`lida amalga oshirilishi, bajarilishi lozim bo`lgan burch, vazifalar tasviri hamon o`z tadqiqini kutmoqda. Biz bobolarimiz qoldirib ketgan bebaho injulardan barchani bahramand etmog`imiz lozim.


Download 96,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish