Boborahim Mashrab ijodida hallojiylik g`oyalari Reja: I. Kirish: Ishning umumiy tаvsifi II. Аsоsiy qism. I bob


Hallojiylik tariqati g`oyalarining o`zbek mumtoz adabiyotida aks etishi



Download 96,04 Kb.
bet8/13
Sana03.01.2022
Hajmi96,04 Kb.
#314723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Boborahim mashrab ijodida hallojiylik g`oyalari

Hallojiylik tariqati g`oyalarining o`zbek mumtoz adabiyotida aks etishi.

Tasavvuf ta’limoti sharqda keng tarqala boshlaydi. Bunga sabab uning arab, fors va turkiy tillarda buyuk bir she’riyatni vujudga keltirishidir. Shoirlar yaratgan asarlarda tasavvufiy qarashlar, Ilohiy ishq mavzularini tarannum etdilar, o`ziga xos obrazlar, timsollar olami , alohida ramzlar, uslub va usullar shakllandi. Tasavvuf adabiyot bilan yaqinlasha boshladi. Buning bir necha sabablari bor edi.

Shunday sabablardan biri, tasavvuf shayxlari muridlariga ta’sir etish uchun ruboiy, g`azal kabi kichik she’riy janrlardan foydalanganlar. Ba’zan o`zlari so`fiyona g`oyalar ruhida talqin va tafsir qilib , aksar holda esa xalq orasida yurgan og`zaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning she’rlaridan foydalanib, suhbatlarini qizitganlar, so`zlarga yangi ma’no berib, so`fiyona g`oyalar ruhida talqin va tafsir qilib, eshituvchilarni hayajonga solganlar. Bu masalaning bir tomoni, ya’ni tasavvufning adabiyotga intilishi. Ammo adabiyot ham tasavvuf tomonga qarab intilgan. Tasavvuf g`oyalari keng tarqalgandan keyin u shoirlarning qalbini rom etdi. Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, haq va haqiqat , yuksak insoniy xislatlar , kamolot kasb etish haqidagi g`oyalari she’riyat g`oyalariga aylandi - shoirlar qizg`in bir ruh , ko`ngil amri bilan irfoniy g`oyalarni kuylaydilar, hisobsiz lirik she’rlar , jahonga mashhur dostonlar , qissalar yaratildi. Tasavvufning Mutlaq Ilohga muhabbat zavqi ijod ahliga qattiq ta’sir etdi. Insoniyat g`am bilan qalbi dardga to`lgan isyonkor ruhdagi shoirlarni bir ohangraboday o`ziga tortib o`rtanishli, his-hayajonga serob ajoyib she’riyatni vujudga keltirdi. Bu she’riyatning markaziy qahramoni- Mansur Halloj e’tiqodiga imon keltirgan, o`zini barkamollik cho`qqisida ko`rgan, ruhan ozod kishi edi. Uning zavqi , iztirob- kechinmalari, xayoliy romantik olamga intilishi maxsus ifodalar va ko`p ma’noli ramziy iboralar bilan tasvirlanadigan bo`ldi. [23,5]

Mansur Halloj ilgari surgan “Anal-Haq” g`oyasi, pokiza ilohiy muhabbat shavq-u zavqini kuylash uning vafotidan so`ng tasavvuf arboblari, shoirlar ijodida keng o`rin egallaydi.

Ularning asarlarida Ishq-ruhni dunyoviy g`uborlardan tozalaydigan, qalbga bir olov- nur bo`lib kirib , uni Parvardigor vasliga hidoyat etadigan qudrat, ma’rifat va haqiqatga oshno etuvchi , kishini o`zligini anglash, insoniylik mohiyatini kashf etishga yordam beruvchi kuch, mis vujudni oltinga aylantiruvchi kimyo. Ishq ham dard , ham darmon , ham azob va ham rohat. Tariqatning barcha masalalari -hol va fano, botin va zohir , hayrat va tavhid , bexudlik va devonalik ishq tushunchasi orqali anglashiladi. Chunki ilohiy muhabbat mohiyatini anglamagn odam tasavvufni ham tushunmaydi, tasavvuf talablari , tariqat yo`liga kirgan kishining aqida va g`oyalari, holatini idrok eta olmasligi aytiladi.

Shunday shoirlardan biri Xoja Ahmad Yassaviydir. Turkiy adabiyotda Mansur Halloj taqdiriga qiziqishning kuchayishi va “Anal-Haq”lik maslagining keng o`rinni ishg`ol qilishi oriflar sultoni Yassaviyning muborak nomi va hikmatnavislik tajribasi bilan bog`liq.Shoirning “Devoni hikmat” ida Mansur Halloj ishq va sodiqlik, haqiqat va oriflik, ruhoniy hurriyat va komillikning haqiqiy timsoli darajasiga ko`tarilgan. Ahmad Yassaviy Mansur Hallojni haqqa yetgan ulug` inson sifatida kuylagan. Shariat ahli Hallojni “Analhaq” degani uchun uni qatl ettirgan bo`lsa, Yassaviy Mansur Hallojni kofir deb bilmaydi, shariat ahkomlariga , mullalarga qo`shilib uni yomonotliq qilmaydi. Aksincha, Mansur g`oyalari chin ilohsevarlik g`oyasi sifatida talqin etiladi.Hallojning “Anal-Haq”lik “ da’vo”si va foje qismati Yassaviy uchun o`zdan kechib Haqni degan va Haqqa intiluvchi Inson qalbi, imon va e’tiqod xususida teran mushohada yuritishga keng imkon bergan.Bu imkoniyatdan Yassaviy hazratlari mohirlik bilan foydalana olganlar. Shuning uchun ul zotning Hallojga bag`ishlangan hikmatlarida ishq va vijdon shu’lasi porlab turadi. Shuning uchun ulardagi har bir so`zda mutaassiblikka keskin qarshilik bor, har bir ohangda diniy xurofot va zo`ravonlikdan norozilik hissiyoti mavjlanadi.

Yassaviy Halloj mafkurasidan xato axtarmaydi, zarracha bo`lsin unga ishtiboh bilan ham qaramaydi. Balki uni to`la quvvatlaydi. Uningcha, Hallojning “Anal-Haq”- “Men Xudoman ” deyishi , mohiyat e’tibori ila teran asosga ega. Zero, u oshiqlik va oriflikda o`z yo`lini topgan va gumrohlik hamda gumrohlarni ortda qoldirib fanofilloh sirini kashf eta olgan:

Shoh Mansurni “Anal-Haq”i bejo emas,

Yo`lni topqon , bizga o`xshash gumroh emas,

Har nojinslar bu so`zlardan ogoh emas,

Ogoh bo`lib, bo`yi Xudo oldim mano. [43,7]

Ahmad Yassaviy ishqda yonishni dor quvonchi ila uyg`unlikda talqin etadi.Va Masalani go`yo yanada keskinroq, yanada qat’iy tarzda o`rtaga qo`yib deydi:

“Lo-lo” degil, olam seni kofir desun,

Kofur debon Mansur sifat dorg`a ossun,

Boshing bergil , diydorini Haq ko`rsatsun,

Boshin bergan Haq diydorin ko`rar ermish. [43,8]

Oshiq Mansurning “Anal-Haq”i xususida mushohada yuritganda Yassaviy “hol” so`zini qayta-qayta tilga oladi. “Holdin aytib, oshiqlarg`a berdim ma’no”, “Holi dilin hech kim bilmas, Tangrim guvoh” va h.k. Bunday misralarda ko`zda tutilgan hol-suluk holi. Zero Ibn Arabiy ta’kidlaganidek : “Solik maqomotda ilm bilan emas, hol bilan ilgarilovchi kishidir”. Ma’lumki, tasavvufda sayr-u sulik asfori arba’ deya nomlangan to`rt bosqichga ajratilgan. Bular quyidagilardan iborat:

1.Sayri illolloh, ya’ni solikning o`zining bashariy vujudidan haqiqiy vujudga yoki uluhiyat maqomiga sayr demak.

2.Sayri folloh-ma’rufiy bir harakatdurki, asmo va sifotining ilmini ortda qoldirib, “baqobilloh” ilmiga erishmoq erur.

3.Sayri maolloh-solikning har vasil bo`lgani martabada Alloh bilan bo`ladigan sayri. Unga “martabai ayna’ljam” ham deyilur.

4. Sayri ahilloh- Haqdan Haqqa qaytishdir. Baqo maqomi deyiladigan ushbu bosqichda solik vahdatni kasrat, kasratni vahdat shaklida ko`radi. Tariqat tilida u tamkindan keyin talvin ham deyilgan. Hallojning “Anal-Haq” deyishi mana shu sayr bosqichlarini mukammal kechib o`ta olganligining inkor etib bo`lmas tasdig`idir. Shu ma’noda sultoni tariqat Shayx Abusaid Abulxayrning Halloj “ulvi (oliy) holdadur va aning zamonida mashriqdan mag`ribgacha aningdek yo`q erdi”, deyishi mubolag`asiz e’tirof edi. Afsuski, Halloj hol va “ilhom masalasida” qatl qilingandi. Bu “anga javr edi”. Chunki u ruhoniy yuksalish va visol shavqi ila “Anal-Haq” degandi. Hujjatul islom Imom G`azzoliy so`zlari bilan sharhlanganda, Hallojning “nazarida Allohdan boshqa barcha borliq foniy, yo`qlikka mahkum va botil edi. Haqiqiy borliq yolg`iz Alloh- Haq edi. Bu qadar yuksak bir martabaga ko`tarilgan Halloj Allohning yolg`iz bir ismi bo`lmish Haq-mavjud kalimasini bilur, hatto o`zining ismini ham xotirlay olmasdi”. Darhaqiqat, al- Haq asmoi husnadan biri bo`lib, borlig`i doimo mavjud, borlig`i haqiqiy bo`lgan zotning ismi erur.Alloh taoloning zoti yo`qlikni qabul qilmagani singari, har turli ziddiyat yoki tafovutlarni ham qabul etmaydi. Hatto shu mohiyatga tayanib xulosa qilinadigan bo`lsa, Halloj na xudolik, na payg`ambarlik da’vosi ila maydonga chiqmagan, balki “Men doimiy mavjudman, Haqning mavjudligi abadiy bo`lganidek, fanofilloh saodatiga yetishgan oshiqning umri ham boqiydur”, degan tushunchada ustuvor turgan deyishga to`g`ri keladi. [43, 10]

Endi yuqoridagi baytda keltirilgan kufr masalasiga oydinlik kiritamiz.“Lo-lo” ya’ni “Lo iloha illalloh”, demoq- bu kofirlikdan yuz burib islomga taslim bo`lish iqrori, yanada aniqrog`i, Allohga shaydolikni e’tirof aylash demak. “Kufr”- Haq sirini maxfiy tutmoq, zoyi ilohiyni pinhon saqlash sifatlari demak. Ammo Yassaviy nazarda tutgan “kofir”lik mazmuni yana ham keng bo`lib, to`g`ri ma’noda uning kofirlikka mutlaq aloqasi yo`q. Tariqatda “Solik kofir bo`lmasdan musulmon bo`lmas”, -degan aqida mavjud bo`lgan. Va bu “kufr”- tariqat kufri deb ataladi. Tasavvufda “farq” va “jam” tushunchasi ham bor. “Farq” koinotdagi narsa va borliqlarning ko`pligi, xilma-xilligi hamda ularning o`zaro farqlanishlarini aks ettiradi. “Jam ” esa farq olamidagi bu ko`plik, xilma-xillik mohiyat-e’tibori bilan borliqning birligi- toqlikni akslantiradi, degan mohiyatda qo`llaniladi.Tariqat kufri ayni shu jam martabasiga asoslanadi.Bu to`g`rida Imom Rabboniy yozadi: “Tariqat kufri jam martabasidan iborat erur. Jam martabasi esa bekinish joyi, islomning go`zalligi bilan kufrning orasida imtiyoz bo`lmaslik maqomidir. Hatto islom qanday go`zal ko`rilsa, kufr ham ayni shaklda go`zal ko`rilur. Biri Hodi, biri Mudill ismining mazhari namoyon bo`lur…Husayn bin Mansur Halloj shu kufrdan bunday xabar bermish, shu kufr sohibi bo`lmish va shu kufrdan o`lmishdir:

Kufr ettim Allohning dinigaki, kufr vojibdur

Manimcha, ammo musulmonlarning nazdinda qabihdur…”

Xullas, kufr maqomi “kahl va hayrat maqomidir. Ammo bu maqomning jahli go`zaldir, hayrati ham latifdir”. Mana shu go`zallik va hayrat Yassaviyni ham zavqlantirgan. Shuning uchun u “Mansurtek jondin kechib, dorda qo`nsam , Dor uzra shavqlanib Haqni aytsam”, degan so`zlarni bayon etgan. Shu sababli ham Yassaviy Allohsevar oshiqlarga Mansur Hallojni qayta-qayta ibrat va namuna qilib ko`rsatgan:

Oshiqlikning oson ishi bosh bermaklik,

Mansur sifat o`zdin kechib jon bermaklik. [43,11]

Yassaviyning fikricha, mullalar Mansurni tushunmadilar, uni nohaq qatl etdilar, nodon va johillar “ Anal-Haq” ning ma’nosini bilmaydilar:

“ Anal-Haq” ni ma’nosini bilmas nodon,

Dono kerak , bu yo`llarda poki mardon…

Mansur Halloj “yo`lni topgan, u bizga o`xshash gumroh emas” deydi shoir. Bu yo`ldan mardona yurish uchun Halloj darajasiga erishish, uningdek dono , uningdek Ilohga oshiq bo`lish kerak deya ta’kidlaydi Yassaviy.

Yassaviy hikmatlaridagi markaziy obraz- Olloh. U ishqi Ilohiyni tan oladi, o`zi ham shu ishqqa duchor bo`lganini, oshiqlardan biri ekanligini aytadi. Oshiq Yor vasliga erishish uchun Mansur Halloj singari boshini dorga berishga, “ishq dori” ga qo`yishga tayyor:

Qirq to`rtimda muhabbatni bozorida,

Yaqom yertib yig`lab yurdim gulzorida,

Mansur yanglig` boshim berib ishq dorida,

Zoyi ulug` Xojam, sig`nib keldim sango. [23, 65]

Bir necha yillardan so`ng oshiq dardi uning qalbini o`rtay boshlaydi, yor visolida kuyib-yonadi. Bu ishq oshiqni Mansur singari hushidan ayiradi:

Qirq to`qqizda ishqing tushdi kuyib-yondim,

Mansur sifat holu hushdin qochib, tondim.

Shoir keyingi baytlarida Mansur singari jondan kechib boshimni dorga tutsam deya nola chekadi. Dor ustida turib haq so`zni aytsam Ollohni toparmumen deya oshiq zorlanadi, yo`l izlaydi:

Ma’rufdek (ham ushbu yo`lg`a qadam qo`ysam),

Mansurdek (ham ) jondan kechib dorg`a qo`nsam.

Dor uzra shavqlanibon haqni aysam,

Bu ish birla , yorab , seni topgaymumen ?

Shu o`rinda Yassaviy bir qiziq rivoyatni keltiradi: Mansurni qatl etganlaridan so`ng, uning jasadini kuydiradilar. Olov ko`kka chiqqanda, maloikalar, bo`zlab haqqa nola qiladilar, jannat ,hurlari yo Mansur deb aza tutadilar.

“Shariatdur” deb olimlar buyurdilar ,

“Kofir Mansur o`lmadi” deb kuydurdilar,

Axgar qilib, kulni ko`kka sovurdilar,

Tog`, tuzlar “Anal –Haq!” teb turar ermish. [18,194]

Podshoh Mansurning kulini yig`ib daryoga otishni buyuradi. Qishda daryo toshib, xalq chora istab shoh oldiga keladi. Podshoh nima qilishni bilmay, Zunnun Misriyga odam yuboradi. Zunnun Misriy Mansurning qatl oldidan qilgan bashoratini aytadi:

G`arib Mansur qulog`iga bir so`z dedi,

Xokistarin bir kaf olib mango berdi,

“Daryo toshsa , yo Mansur” deb , soling dedi ,

Insholloh , toshqin daryo qaytar ermish [18,195]

Zunnun Misriy bashoratga binoan, uning kulidan bir hovuch olib qolgan edi . Zunnun ”Yo Mansur” deb shu kulni daryoga tashlaganda , daryo orqasiga qaytib , xalq omon qoladi.

Xokistarin “Yo Mansur!” teb suvga soldi,

Qudrat birla daryo qurub, xomush bo`ldi.

Xoja, mullo muni ko`rub shokur bo`ldi,

Ilkin ochib, shayxg`a duo qilar ermish…

Podshoh Zunnunga katta boylik tuhfa bermoqchi bo`ladi, ammo u “zohir gado, botin ichra man shahanshoh” deb mukofotni rad etadi . [23, 85]

Yassaviy “Devoni hikmat” asarida Mansur Halloj haqida yana bir rivoyat keltiradi: Unda oshiqlar yor ishqida kecha-kunduz tentirab yuradilar. Ularning maqsadi bitta: yor visoliga yetishish. Shunday oshiqlardan biri Mansur Halloj edi. Unga bir kuni “sharbat” ichirishadi. Shu “sharbat”ni ichgandan so`ng uning qalbida muhabbat o`ti alanga oladi va Mansur Halloj shunday deydi:

Mansur aytur “Anal-Haq”, eranlar ishi barhaq,

Mullolar aytur nohaq, ko`ngliga yomon olib. [18,228]

Mullolar uning bu so`zidan g`azabga tushib “Anal-Haq” demagil, yo`qsa sen kofir bo`lasan deydilar. Halloj bu yo`ldan qaytmasligini aytgandan so`ng mullolar tosh otib Mansurni o`ldirdilar:

Aytmagil “Anal-Haq” deb, kofir bo`lding Mansur deb,

Qur’on ichra budur deb o`ldirdilar tosh otib.

Shayxlar, mullolar bu so`z ma’nosini bilmadilar. Ular hol ilmidan xabardor bo`lganlarida Halloj aytgan so`zlar ma’nosini bilar edilar. Masurning yoronlari g`am chekib qoldilar, xalq faryod chekdi. Bu voqeadan so`ng Halloj haqida rivoyatlar bitildi. Shundan beri oshiqlarga munosib bo`lgan shariat afsonaga, haqiqat farzonaga, tariqat durdonaga aylangan:

Xalqi olam yig`ildi, Mansur deb faryod qildi,

Mansurni yoronlari qoldi anda yig`lashib.

Tavba qilg`il, Xoja Ahmad , bo`lg`ay Haqdin inoyat,

Yuz ming valilar o`tti sirni sirga uloshib. [18,228]

Iloh oshig`i bo`lgan valiulloh zotlarning amali va so`zini anglash, ularni tanish oson emas. Mansur Hallojni, Nasimiyni va Mashrabni qatl etganlar “ko`zlari botil”, qalbsiz va zohirbin kishilar edilar. Afsuski, bundaylar yaqin-yaqingacha mavjud bo`lib keldilar. Ilgarigi zohirbinlar din nomidan tasavvuf ahliga tosh otgan, ba’zilari esa dinga qarshi kurash vasvasasiga berilib, Yassaviy va uning maslakdoshlarini badnom qilishga urindilar. Zolim boylar, poraxo`r qozilar, nodon-johillarni nafrat bilan mazammat etgan ulug` shoirni “diniy-mistik shoir” deb, uning ta’limotini xalqqa zid, g`ayriinsoniy deb talqin etdilar.

Halloj vafotidan bir necha asrlar o`tsa-da, u ko`rsatgan jasorat shoirlar yaratgan ijod namunalarida kuylandi, madh etildi. Hazrat Navoiy ham ana shunday shoirlardan biri edi. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar) ning hayoti va faoliyati xususida gapirganda Mansur Halloj haqida shunday yozadilar: “Shayx Abu Abdulloh Xafif ani (Hallojni) “imoni rubboniy” debdur, shayx ul-islom debdurki, ul imomdur, ammo barcha elga dedi va zuafog`a haml qildi va sha’r rioyati qilmadi. Ulcha anga voqe bo`ldi, sabab bu erdi. Ul kechakim kunduzi maqtul bo`ldi, besh yuz rak’at namoz qilib erdi.”

Navoiy “Lison ut-tayr” asarida vodiylarga bir-bir ta’rif bera turib, tavhid vodiysi hamda bu vodiyni qanday bosib o`tish mumkinligi, vodiyning mashaqqatlari haqida gapiradi:

«Vodiyi Tavhid ondin so'ngra bil,

Fard o'lub tajrid ondin so'ngra bil.

Chun bu vodiy sori sayring qo'ydi gom.

Fardu yaktolig' sanga bo'ldi maqom [10,260].

Yuqoridagi misralarda shoir tavhid vodiysi ta’rifini keltira turib, tavhidning ma’nosini tushuntiradi.So`fiylikda tavhid (arabcha) – bitta (yakka) deb bilish, yolg`izligiga ishonish, yagona deb hisoblash; tasavvuf ta’limotida- Haqiqatga yetishish, kishi ruhining iloh bilan qo`shilib ketishi, so`fiylikning beshinchi davri. Navoiy tavhid vodiysida o`tish uchun (bu vodiyda sayr qilish uchun gom-qadam qo`ygandan so`ng) yolg`iz o`zing bu yo`l sir-u sinoatlariga dosh berishing, ortiqcha narsalardan holi bo`lishing (tajrid) kerak deydi. Bilginki, Birdan o`zga barcha hech, ya’ni o`tkinchidir. Haq bilan birlik hosil qil, shundan so`ng “ bir bo'lu, bir ko'ru, bir de, bir tila”. Qalbingda ikkilikka mayl bo`lmasin. Bu yo`lda ikkilik xatodir, agar unga berilsang, chetlashsang to`g`ri yo`ldan ozasan, adashasan, vahdatning siridan xabarsiz qolasan- deya shoir bu vodiy ta’rifini yakunlab, endi shu vodiy mashaqqatlarini yenggan, vahdat sirini anglagan ikki buyuk shaxs: Payg`ambarimiz hamda Mansur Halloj haqida so`z boradi:

“Bo`ldi chun Mansur tavhidi durust,

Kim “Anal-Haq!” erdi alfozida chust [10, 261].

Navoiy Mansur Hallojning tavhid g`oyasini to`liq anglaganligini, u “Anal-Haq” degan so`zlarida mahkam, qat’iy turganligini ta’kidlaydi. Ilohiy «muhabbat bahrining g'avvosi» bo`lgan yurak faqat tavhid zavqiga muhtojdir. Uni Haqdin boshqa «na borliq», na «yo`qlik» — hech nima sevintirmaydi. U tahayyul va vahdat mayidan mast, xalq-u olamdan qochib, «ko`ngul taxtining shohi»— Haq dargohiga uchmoq shavqida yonadi, Navoiy g`azalida ham «Man»likdan kechib, «San»likka yuz burgan lirik qahramonning sirli kechinmalari, olami g`ayb sari parvozi tasvirlangan.

Din arboblari Hallojga ko`p nasihatlar qilib, uni bu yo`ldan qaytarmoqchi bo`ladilar. Sababi, ular hamda yaqin atrofdagilar bu so`zlar mag`zini chaqa olmaydilar.

Halloj Iloh bilan birlik hosil qiladi, uning ruhi Ilohiy ruh bilan qo`shiladi. U shu tufayli buyuk maqomga erishdi. Albatta, bu maqomga erishish oson emas. Shoir Hallojning buyuk maqomga erishishini Payg`ambarimiz Rasulullohga qiyoslaydi. Ammo Payg`ambarimiz erishgan maqom barcha maqomlardan ustunligini shoir eslatib o`tadi va bu maqomga faqat Rasulullohgina erishganligini ta’kidlaydi. Habib (ma’nosi suyukli- Payg`ambarimizning nomlaridan biri) yetti birlik gavharidan toj kiyib ko`kda kezib yuruvchi Buroq oti bilan birlik poyasidan yuqoriga ko`tarilgan edilar. Tangri Payg`ambarga neni istaysan deya murojaat qilganda, ummatlarning qilgan gunohlaridan o`tishni, ularni afv etishini so`raydi. Bu esa Payg`ambarimizning haddan ortiq rahmdilligi, ummatlariga mehribonligi edi. Ummatlar gunohini afv etishni so`raguncha, podshohlikni so`rashi ham mumkin edi. Ammo barchaning gunohidan o`tishni, shafqat qilishni so`raydilar. Har bir narsaning asli to`g`rilik va poklikdir. Rasululloh bunga amin bo`lganlar va shu yo`ldan borganlar.

Endi shoir Mansur Halloj maqomi xususida fikr yuritadi:

K-ey fuzul (telba, sarkash) ayvonida o`lturg`uchi,

Lofi vahdatdan “Anal-Haq” urg`uchi.

Bilmadingkim, ul sifat oliy buruj,

Kim men aylab erdim ul oqshom uruj.

Ey so`z ayvonida o`ltiruvchi , “Anal-Haq” , birlikdan so`zlovchi inson, sen bu sifat oliy burch ekanligini bilmading- deya shoir Hallojning o`limiga sabab bo`lgan shayxlarga murojaat qiladi. Hallojda “men” lik alomati qolmagan edi, bu so`zni u xayolidan chiqargan, “men”likdan asar ham qolmagan edi, u o`lmay turib, tanadan ruh chiqmay turib “men”likdan ajralgan edi. Eltgan ham, boshlagan ham, istagan ham, bag`ishlagan ham Udir. Sen qisqa o`ylading, kaltafahmlik qilding,, uzoqni ko`ra olmading. Bu qanday nodonlik, “ko`rlik ” bo`ldi? Sen uningdek ( Halloj) tavhid vodiysida kezib, ortiqcha narsalardan holi bo`la olmading (tajrid), o`zingni dunyodan chetda tutib, yolg`izlikda yashay olmading (tafrid). Sen men-u senga ajratgan maqsad Halloj qalbida yo`q edi. Bu ikki ta’rif uning uchun yo`qolgan, faqat vahdat- birlik mavjud edi unda. Halloj uchun hayotni beradigan ham, oladigan ham, ehson-u hadyalarni sochadigan ham, teradigan (qaytarib oladigan) ham U edi. Halloj men, senlikni xayoliga ham keltirmagan , bu ikkilik naqshi xususida fikr ham yurgizmagan. Xotirangdan chiqmasinki, u aqldan ozmagan edi.

Navoiyning “Xazoyin ul- maoniy” devonidan joy olgan “Navodir ush-shabob” asarida ham shoir Mansur Hallojni yodga oladi. Tarkibbandda shunday deyiladi:

Gar yaqin ahlini Mansur kebi qatl etmas,

Bas nedindur shajaru sunbuli doru rasani [9,488].

Tarkibband har biri hajman g`azalga teng bo`lgan va g`azal singari (a-a, b-a, d-a,…) qofiyalanuvchi bandlardan tuzilgan she’r ( arabcha “bandni biriktirish”) bo`lib, bunda har qaysi band oxiridagi ikki misra band qofiyasidan ajralib turuvchi mustaqil ohangdoshlikka ega bo`ladi. Ular bir-biriga qofiyalanadi. Tarkibband fors-tojik adabiyotida X-XI asrdan, o`zbek adabiyotida XV asrdan boshlab yozila boshlangan.

Mansur Hallojni o`z davrining shayx va eshonlari qatorida uning do`stlari ham yakkalab qo`yishdi hamda dorga osilishini xalq ichidan turib “tomosha qilishdi”. Agar daraxt uning (Hallojning ) sevgilisi bo`lsa, daraxt novdalari sevgilining sochidir (sunbul). Dor uchun shu daraxt novdalaridan arqon olishdi (rasan). Endi oshiq yorning shu sochlariga bog`lanib, uning uchun jonidan kechadi, oshiq uchun bundan ortiq baxt yo`q edi.

Yassaviy hamda Navoiydan biroz keyinroq yashab ijod qilgan Gadoiy ham Mansur Halloj hamda uning taqdiriga befarq bo`lmagan, uning maqomini atrofdagilarga tushuntirishga harakat qilgan. Buni quyidagi misralarda ham ko`rish mumkin:

Ul qadu zulfi mu’anbar bo`lsa gar doru tanob,

Shak degulkim, bo`lg`usi (dur) bu g ado Mansuri husn.

Aytish joizki, Gadoiy ham hazrat Navoiyning yuqorida keltirilgan bayt mazmuniga yaqin g`azal bitganlar. Buni shoirning yuqoridagi misralarida ko`rish mumkin. Yorning zulfi, ya’ni qop-qora(mu’anbar) kokillari dor arqoniga qiyoslanadi. Gadoiy ham Halloj singari dor ostiga borishga tayyor, u ham dor oldiga boorish orqali yor vasliga erishishni istaydi. Baytda talmeh san’ati qo`llanilgan.

Demak, Halloj maqomi, uning tariqat yo`li o`zbek mumtoz adabiyotida Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Gadoiy singari buyuk siymolar tomonidan chuqur o`rganilgan, ular yaratgan g`azallar, hikoyatlar esa ko`plab bahs- munozaralarga sabab bo`lgan. Hallojiylik tariqati g`oyalari nafaqat o`zbek adabiyotida, balki fors-tojik adabiyoti, jahon adabiyotida ham keng muhokamalarga sabab bo`lgan. Jumladan, Fariduddin Attor, Jaloliddin Rumiy singari adabiyot vakillari ham o`z asarlarida Halloj tariqatini kengroq , to`liqroq bayon qilishga harakat qilganlar.


Download 96,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish