Bitiruv ishining ilmiy yangiligi. Ijtimoiy munosabatlarning yangilanishi, ma`naviy olamdagi o`zgarishlar o`zbek adabiyotining o`ziga xos jihatlarini o`rganishni taqozo qilmoqda. Mashrab ijodiga hamda uning Mansur Hallojga bag`ishlangan g`azallariga, muxammaslariga, mustazodlariga bugungi kun talabi bilan yondashish, undagi qahramonlarni yangicha nuqtayi nazar yuzasidan tahlilga tortish ishning kichik yangiligini belgilaydi. Shu bilan birga, shoir Mashrabning badiiy mahoratini ko`rsatib berish,uning Halloj tanlagan oqim, yo`lga munosabatini o`rganish lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |