Bob. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar tomonidan o‘rganilishi



Download 0,82 Mb.
bet1/8
Sana24.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#196466
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi-конвертирован (1)



Mavzuy
Kirish

  1. bob. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar tomonidan tomonidan o‘rganilishi

    1. Mahalliy tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida.

  1. Xiva xonligi tarixiga doir xorij olimlarining asarlaribob. Xiva xonligi tarixining Sovet va Mustaqillik yillarida o‘rganilishi

    1. Xonlik tarixining sovet tadqiqotchilari tomonidan o`rganilishi.

    2. Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarlar tahlili.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
.

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek davlatchiligi tarixiga katta e'tibor qaratila boshlandi. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori o‘zbek davlatchiligi tarixi muammosining maqsadli rivojlanishiga imkon yaratdi1. Respublika Prezidenti I.A. Karimovning bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvidagi tarix fani borasida bildirgan fikrlari o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasining yaratilishiga g‘oyaviy asos bo‘lib, unda “ilmiy nuqtai nazarga tayangan davlatchilik tarixini yaratish”2 asosiy maqsad sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida3, “Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonida4 Xorazmning shaharsozlik va davlatchilik tarixini o‘rganish masalasi ilgari surilgan.O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida Xorazm vohasining XIX asr ikkinchi yarmi-XX asrning 20-30 yillari davri tarixshunosligini yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida davlatchilik muammosining o‘rganilishiga haqqoniy baho berish muhim vazifalardan biriga aylandi. Zero, Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari davri tarixi keng o‘rganilgan bo`lsa-da, lekin sovet davri tarixshunosligida turlicha qarashlar mavjud bo`lgan. XIX asr boshida ushbu sulola vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan keyin jamiyatda mavjud bo‘lgan nisbatan barqarorlik va osoyishtalik jarayoni xonlikning taraqqiy qilishiga asos
1Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 27 июля 1998 г. «О
совершенствовании деятельности Института истории Академии наук Республики Узбекистан»
//Народное слово. 1998, 28 июля.
2Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тарихчи олимлар ва журналистлар билан учрашув / Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 1999. VII-жилд.– Б. 136.
3Каримов И.А. Хива шаҳрининг 2500 йиллигига бағишланган маросим нутқи / Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1997. VI-жилд. – Б. 374-380.
4Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг «Хоразм Маъмун академиясини қайтадан ташкил этиш тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи. 1997, 11 ноябр.
bo‘ldi. Bu davrda Xorazm tarixnavislik maktabi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar xonlik tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga, Rossiyadan ko‘plab elchilar, savdogarlar,harbiylarning xonlikka yuborilishi natijasida hisobot, xotira va monografiyalarning paydo bo‘lganligi xonlik haqida keng ma'lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Xiva xonligiga oid ilk yozma manbalar o‘rganila boshlangan bo‘lsa ham, ularning mazmuni kam tadqiq etilgan. XX asrning 20 - 30-yillariga kelib, arxiv ma'lumotlarini tarixiy adabiyotlardagi ma'lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yuzaga kelgan.Ammo, sovet tarixshunosligida Xiva xonligining davlatchilik tarixi alohida ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu davrda davlatchilik yagona bo‘lgani holda, milliy respublikalarning davlatchiligi ko‘pincha yo‘l-yo‘lakay, u yoki bu davlatning mavjud bo‘lganligini qayd etish shaklida tavsiflanar edi.
Mustaqillik yillarida mavzuning yoritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoliga oid asosiy ma'lumotlarni chuqur o‘rganish, yangicha qarash va yondashuvlarni umumlashtirish imkoniyati vujudga keldi.
Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari tarixshunosligini o‘rganishning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, bunday tadqiqot vatan olimlari tomonidan muammoni o‘rganishning manbalarini aniqlash, sovet va xorij tarixchilari tomonidan uni o‘rganish bosqichlarini tavsiflash, XXI asrda Xiva xonligini o‘rganish tarixining dolzarb yo‘nalishlarini ta’riflashga imkon beradi. Shunday qilib, XIX – XXI asrning boshlarida ushbu muammoni kompleks tadqiq etish va qayta baholash tahlillarning yangi yo‘nalishlarini belgilab, mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining ko‘p jildli tarixini yaratish maqsadlariga xizmat qiladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish