bob: tadbirkorlik tashkilotlari va manfatli jihatlari barcha tashkilotlarning umumiy jihatlari



Download 246,6 Kb.
bet5/11
Sana31.03.2023
Hajmi246,6 Kb.
#923874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1. Ma\'ruza matni

2.5 Nodavlat notijorat tashkilotlari
Nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) milliy hukumatga bevosita aloqador bo'lmagan organlardir. "NNTlar" odatda asosiy maqsadi tijorat bo'lmagan guruhlarga nisbatan qo'llaniladi, ya’ni, bu atama ijtimoiy, siyosiy yoki ekologik o'zgarishlarni rag'batlantirishga qaratilgan turli xil faoliyatga nisbatan qo'llaniladi. Biroq, NNTlar xayriya tashkiloti bo'lishi shart emas va ular siyosiy maqsadlarga ega bo'lsalar ham, siyosiy partiya hisoblanmaydilar.
NNTlar samarador faoliyat yuritishlarini mablag' yig'ish va resurslarni safarbar qilishni qay darajada tashkil etganiga qarab baholash mumkin (masalan, olingan xayriyalar, ko’ngilli ishchilar yoki materiallar nuqtai nazaridan). Bu jarayon ancha murakkab tashkiliy darajalarni talab qilishi mumkin. Quyida NNTning tashkiliy xususiyatlaridan ba'zilari keltirilgan.
• Ko'ngillilar, shuningdek, to'liq kunlik haq to'lanadigan xodimlar bilan ishlash.
• Grantlar yoki shartnomalar orqali moliyalashtirish
• Reklama va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo'yicha ko'nikmalar.
• Biror milliy "shtab-kvartira"
• Rejalashtirish va byudjetlashtirish bo'yicha tajriba
Shunday qilib, NNT an'anaviy tijorat korxonasi kabi samarali tashkiliy tuzilmani talab qilishi mumkinligini ko'rish mumkin.


Keys
Buyuk Britaniyada tabiatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha ma'lumot beruvchi ko'plab nodavlat tashkilotlar mavjud. Masalan, Qishloq xo‘jaligi va yovvoyi tabiat bo‘yicha maslahat xizmati nodavlat tashkilot bo‘lib, fermerlarga yovvoyi tabiat, landshaft, arxeologiya va boshqa tabiatni muhofaza qilish masalalarini qo‘llab-quvvatlash uchun fermer xo‘jaligi faoliyatini boshqarish bo‘yicha amaliy maslahatlar beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tarkibida YUNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat bo'yicha tashkiloti) va UNICEF (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamg'armasi) kabi turli NNTlar mavjud.
2.6 Kooperativ jamiyatlari va o'z-o'ziga yordam birlashmalari
Kooperativlar - bu o'z xodimlari yoki mijozlariga tegishli bo'lgan foydani bo'lishadigan korxonalar. Uning xususiyatlari quyidagicha:
• Ochiq aʼzolik
• Demokratik nazorat (bir a'zo, bitta ovoz)
• Ortiqcha miqdorni xaridlarga mutanosib ravishda taqsimlash
• Ta'limni rag'batlantirish
Garchi mas'uliyati cheklangan jamiyatlar ham ma'lum darajada demokratik nazoratga ega bo'lsa-da, u bitta aksiya va bitta ovozga asoslanadi. Shunday qilib, bitta aktsiyador, agar u ko'pchilik aktsiyalarga egalik qilsa, kompaniyada ustunlik qilishi mumkin. Kooperativda bunday holat mavjud emas.


Keys

Buyuk Britaniyadagi kooperativning yorqin misoli “Kooperativ chakana savdo do'konlari tarmog'I”dir. Bundan tashqari, “Kooperativ ulgurji jamiyati” va “Kooperativ bank” mavjud. Yana bir misol “Jon Lyuis hamkorligi”.


O'zaro birlashmalarning kooperativlarga o’xshash jihati shundaki, ularda ham "egalik qilish" huquqiga tashqi investorlar emas balki, tashkilot a’zolari ega.


(a) Ba'zi moliyaviy kompaniyalar ilgari o'zaro uyushmalar bo'lgan. Biroq, Buyuk Britaniyaning Abbey National va Halifax kabi qurilish jamiyatlari o'zaro uyushmalardan banklarga o'tishdi. Milliy Qurilish Jamiyati qarz oluvchilarga taqdim etishi mumkin bo'lgan past foiz stavkalari evaziga, bunday o’zgarishga yo’l qo’yishmadi.
(b) kredit uyushmalari o'zaro birlashmalarga misol bo'la oladi. Bu o'z a'zolariga tegishli va nazorat qilinadigan moliyaviy institutlardir.
SAVOL
Florens Nightingale yuridik firmasi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida muvaffaqiyatli va tez rivojlanayotgan kichik biznesdir. U o'z biznesini kengaytirmoqchi va Scutari Ltd kichik xususiy mas'uliyati cheklangan jamiyatini sotib oldi. Sotib olgandan so'ng, u ikkita biznesni xuddi bitta operatsiyadek boshqaradi va ular orasidagi farqni qoldirmaydi. U tadbirkorlikning qanday tashkiliy shakli bilan shug'ullanishi mumkin?


JAVOB
Bu juda qiyin savol. Misol uchun, agar tashkilot Scutari Ltd bilan shartnoma tuzgan bo'lsa, shartnoma shartiga ko’ra Florens kompaniyaning qarzlari uchun qonuniy javobgar emas. Agar aksincha Scutari Ltd va Florensning oldida quyidagi tanlovlar paydo bo’ladi:
(a) U butun biznesni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida olib borishi mumkin, bu holda Scutari Ltd aktivlari unga o'tkazilishi kerak.
(b) U o'zining butun faoliyatini mas'uliyati cheklangan jamiyat sifatida olib borishi mumkin, bu holda u o'z biznesining aktivlarini kompaniyaning kapitali sifatida qo'shadi.
(c) Bu ikki kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari bo'yicha qonuniy ravishda ajratilishini ta'minlashi mumkin.



Download 246,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish