Bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi



Download 202,5 Kb.
bet6/8
Sana12.04.2022
Hajmi202,5 Kb.
#547185
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoro xonligi shayboniylar sulolasi davlat boshqaruvi tizimi

Markaziy va mahalliy boshqaruv.
Xiva xonligi xon tomonidan saroy amaldorlari yordamida boshqariladigan, yakka hokimlikka asoslangan davlat bo‘lib, xonlikdagi eng yuqori unvon xon bo‘lib, u siyosiy, harbiy va diniy hokimiyatga ega edi. Xon va boshqa amaldorlarning mansabi bu xonlikda meros tariqasida avloddan avlodga o‘tgan.
Xon davlatni boshqarishda harbiy ma’muriy, harbiy va diniy amaldorlarga tayangan, xonlikdagi mansab va unvonlar 3 toifaga bo‘lingan.
Xondan keyingi eng katta nufuzga inoq, otaliq va biylar unvonlarga ega bo‘lgan. Ular xonning eng yaqin maslahatchilari bo‘lib, davlatning siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, harbiy, hayotini nazorat qilgan.
Inoq – vazirlik, xondan keyingi birinchi mansabdor bo‘lgan. Davlat hokimiyatining markazlashuvi va kuchayishi natijasida XIX asrning birinchi yarmidan boshlab inoqlarning ahamiyati pasayib, qushbegining ta’siri orta boradi. Qushbegi asosan, xonning barcha yorliq va farmonlari uchun javobgar, o‘troq aholiga boshchilik qilish, soliqlarni davlat xazinasiga tushib turishi ustidan nazorat olib borgan. Mehtar esa xonlikning moliya ishlari hamda uning Shimol-dagi o‘troq aholisini boshqarishga rahbarlik qilgan.
Xonlikning siyosiy iqtisodiy hayotida ulardan tashqari naqib, amir-ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi, parvonachi, dasturxonchi, eshik og‘asi, shotir, yasavulboshi, udaychi, mingboshi, mirobboshi va boshqa mansabdorlar ham muhim o‘rin tutgan. Diniy hokimiyat Shayxulislom boshliq din peshvolari qo‘lida bo‘lgan. Mahal-liy shayxlar Said ota Shayx avlodlari, Darvish shayxlari davlatdagi nufuzli diniy amaldorlar sirasiga kirar, barcha diniy man-sablar ularning vakillariga berilar edi.
Barcha farmonlar, davlat ishlari, hujjatlar o‘zbek tilida yozilardi. Dastlab xonlik ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo‘lingan bo‘lsa, keyinchalik (XVIII asrning boshlari XIX asrning boshlaridan) davlatdagi asosiy ma’muriy birlik bekliklar deb yuritila boshladi.
Bu davrda xonlik 16 ta beklik va 2 ta noiblikdan iborat bo‘lgan. Ular Xozarasp, Gurlan, Xonqa, Ko‘hna Urganch, qo‘shko‘prik, Gitraq, Fazovot, Qiyot, Shobboz, Shovot, Toshhovuz, Ambarmanaq, Urganch, Xo‘jayli, Shumanay va qo‘ng‘irot bekliklari hamda Beshariq, Qiyot- Qo‘ng‘irot –noibliklaridan iborat bo‘lgan.
Bu beklik va noibliklarni xon tomonidan tayinlanadigan beklar va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir (inoq) tomonidan boshqarilgan.
Inoqlar ta’siri kuchaygan davrda ulardan 5 kishi a’zo bo‘lgan. Xon Kengashi ham bo‘lib, u maslahat organi hisoblangan.
Xonlikning o‘troq aholi qavmlar bir masjidga birlashgan bir guruh aholi bo‘lib, uning boshida saylanib qo‘yiluvchi oqsoqol turgan. qavmlar eng boshling‘ich soliq va ma’muriy birlik bo‘lgan. Xonlikdagi shaharlarni idora qilish hokimlar va ularning yordam-chilari yuzboshi va oqsoqollarga topshirilgan.
Xonlik tarkibiga kirgan qozoq va qoraqalpoq aholisini biylar, turkmanlarda esa vakil va bek boshqargan. Bir necha avlodga birlashga urug‘larni biylar boshqargan u otaliqga, ular esa beklar begiga bo‘ysungan.
Xonlik qo‘shinlari qo‘shni mamlakatlarga xavflar solib turuvchi, talonchilik urushlari uyushtiruvchi davlat sifatida ma’lum edi.
Qo‘shin Xiva xonligida turli yillarda turli sohada bo‘lgan. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida xonlikda doimiy armiya shakllana boshlagan, ular davlat ta’minotida bo‘lgan. Xiva xonlarining davlat ta’minotida turgan oddiy askar bir yillik maoshi oltita qo‘ydan iborat bo‘lganligi ular davlat ro‘yxati turganligi haqida ma’lumotlar bor.
XIX asring ikkinchi yarmiga kelib, Xiva xonlarining armiyasi 13 mingdan ortiq navkar, 8 mingga yaqin to‘pchi va piyoda askarlardan iborat bo‘lgan, ular xizmatlari evaziga soliqlardan zod etilib, sug‘oriladigan yerlardan berilgan.
harbiy sohada oliy bosh qo‘mondon xon hisoblangan. Xondan keyingi ikkinchi o‘rinda turgan inoq o‘z vazifasiga ko‘ra harbiy-ma’muriy amaldorlarga yetakchilik qilgan. Undan keyingi harbiy mansabdor amir-ul-umaro bo‘lib, qo‘shinlar boshlig‘i sarkarda deb atalgan.
Xonning shaxsiy gvardiyasi boshlig‘i yasovulboshi unvoni beril-gan bo‘lib, u xonni qo‘riqlash, tartib-intizomni saqlashga mas’ul hisoblangan.
harbiy-ma’muriy amaldorlar ichida mingboshi, yuzboshi, kabi harbiy-bo‘linmalar boshliqlari, ishg‘ovul (ayg‘oqchi), kutvol, tug‘begi kabi harbiy mansabdorlar ham katta ahamiyatga ega edilar.
Qo‘shinlar otliq va piyoda navkarlardan tashkil topgan bo‘lib, harbiy talonchilik yurishlari davrida asosan, tez harakat qiluvchi otliq qo‘shinlardan, shahar va qal’alar himoyasida piyoda qo‘shinlardan foydalanilgan.
Asosiy hujum qurollari o‘q-yoy, qilich, nayza dubulg‘a bo‘lib, bu esa qo‘shinni kuchsizligidan dalolat beradi.
Qo‘shinni asosini yollangan turkman sarbozlari turli o‘zbek qabilalaridan tuzilgan qo‘shinlar tashkil qilardi. Jang olib borish usuli esa Chingizxon va Amir Temur davridagi qonun qoidalarga asoslangan.
Davlat boshqaruv apparati va qo‘shin soliqlar evaziga tutib turilgan. Asosiy davlat solig‘i xiroj yoki solg‘ut, ushr (10dan 1 qism), chorvadorlardan olinadigan zakot (mulk qiymatining 40%), o‘tloq va yaylovlarda mol boqqanlik uchun cho‘p puli, shuningdek yil boshida yoki bir necha yillik soliqlarni avvaldan undirib olish, barot kabi turlari bo‘lgan. Zakot natura tartibida olinsa 5 tuyadan 1 qo‘y, har 40 qo‘ydan bitta tartibida olingan.
Muhammad Rahimhon I tomonidan o‘tkazgan soliq islohotlariga asosan soliqlar pulda undirilib, davlat xazinasiga topshiriladigan bo‘ladi.
Soliq undirish asosan yer maydoni hajmiga qarab undirilgan. 10 tanob (4ga)dan ortiq bo‘lsa, 3 tilla soliq, 5-10 tanobgacha 2 tilla 5 tanobdan kam bo‘lsa yiliga 1 tilla to‘lash belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, chorakor dehqonlar ham agarda 15 tanob yerda chorakor bo‘lsa 34 tanga, 10 tanob yerga esa 34 tanganing 3/2 qismi, 5 tanob yeri bo‘lsa 3/1 qismi miqdorida soliq to‘laganlar.
Xonlikdagi soliqlar, ularning turlari, miqdori, undirish tartibi turlicha bo‘lgan. Soliqlardan tashqari aholi turli majbu-riyatlarni bajarishi shart edi. Kanallarni tozalash, yangilarini barpo etish uchun ilk bahorda o‘z yeriga ega bo‘lgan, har bir xonadondan bir kishi jalb etilib, 15 kun ishlab berishi shart bo‘lgan.
Xonlikda asosiy sudlov ishlarini qozilik idoralari tomoni-dan amalga oshirilgan. qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, oliy shaxs xon bo‘lib, og‘ir jinoyatlarni o‘zi ko‘rib hal qilgan. Undan keyingi o‘rinda Bosh sudya – qozikalon turgan. Xonlikdagi barcha viloyat, tuman kasaba, shaharlarda xon tomonidan tayinlangan qozilar bo‘lib, ular o‘z yordamchilari – muftilar yordamida mulkchilik bilan bog‘liq mojoralarni hal qilish, mayda jinoyatlarni ochish va shu kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Viloyatlardagi jinoyatlarni ko‘rib chiqishda mahalliy hokimning ishtirok etish huquqi bor edi. qishloqlardagi mayda mojarolarni qishloq oqsoqollari tomonidan hal qilinardi.
Aybdorlarga nisbatan o‘lim jazosi, tana a’zolarini (barmoq, qo‘lini) kesish, kaltaklash, mol-mulkini musodara qilish, jarima solish va boshqa jazo choralari tayinlanardi.
Xonlik hayotida Muhammad Rahimxon I (1806-1825) tomonidan o‘tkazilgan siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy islohotlarining ahamiyati katta. Islohotlarga ko‘ra xon saroyi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Kengash ta’sis etilgan, soliqlar tartibga solinadi. Ularning muntazam ravishda yig‘ilishi tufayli xazina daromadlari oshib boradi.
Bojxona tashkil etilib, tashqi savdodan keladigan daromadlar ko‘paytirilgan. Ichki muomala uchun oltin va kumush tangalar zarb etilgan. Orolliklar- qoraqalpoqlar Xiva tarkibiga qo‘shilgan.
O‘zaro urushlarga birmuncha barham berishga erishgan Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo‘lgan bo‘lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o‘zbek davlatining oliy hukmdori etib saylanadi. Ubaydullaxon paytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chiradi. O‘sha paytda Samarqand hukmdori bo‘lgan Kuchkunchixonning o‘g‘li Abdulla Sulton ham Ubaydullaxon hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.
XVI asrning 40-yilariga kelib yirik zadagonlar va sulolalar o‘rtasida Movarounnahrning poytaxt shaharlari va mulklari uchun o‘zaro kurashlar yana avj oldi. Hukmdor xonadoni vakillari o‘rtasida ayniqsa Buxoro va Samarqand uchun kurash kuchaydi. Bu davrda Samarqandda Kuchkunchixonning uchinchi o‘g‘li Abdullatifxon (1541-1552 yy.) Buxoroda esa Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550 yy.) hukmronlik qilib har ikkalasi ham o‘zini rasmiy xon deb hisoblar edi.
O‘zaro hamda sulolaviy kurashlar davom etayotgan bir sharoitda Shayboniyxonning nabirasi Muhammad Yorsulton bir necha oy taxtni boshqarganidan so‘ng amaldagi hokimiyat Baroqxon (Navro‘z Ahmadxon, 1551-1556 yy.) qo‘liga o‘tdi. Toshkent va Sirdaryo bo‘yidagi shaharlar hukmdori bo‘lgan Navro‘z Ahmadxon Buxoroda o‘z hokimiyatini tan oldirish uchun Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlariga bir necha marta yurishlar qilib turdi.
1556 yilda Navro‘z Ahmadxon vafot etgach Balx hukmdori Pirmuhammadxon (1556-1561 yy.) Buxoro taxtiga o‘tiradi. Shunga qaramasdan 1556 yilda Axsi va Andijon mulki hukmdorlari Buxoroni egallashga harakat qilib ko‘rdilar. Ammo, o‘sha paytda juda katta nufuzga ega bo‘lgan jo‘ybor shayxi Xo‘ja Islom tomonidan qo‘llab quvvatlangan shayboniy Iskandar Sultonning o‘g‘li Abdulla Sulton bunga yo‘l qo‘ymadi. Pirmuxammadxon Balxda qolib taxtni boshqarayotgan, uning nomiga xutba o‘qitilib, tangalar zarb etilayotgan bo‘lsada, 1557 yildan Buxoroda Abdulla Sulton hukmronlik qila boshlaydi.
Mustaqil mulklar va yirik zadagonlarning o‘zaro urushlaridan ularning o‘zlariga qarshi foydalangan Abdullaxon II asta-sekinlik balan Movarounnahr va Xuroson yerlarini o‘z hokimiyati ostiga birlashtira boshladi. Uning bu harakatlarini jo‘ybor shayxlari Xo‘ja Islom hamda uning o‘g‘li Xo‘ja Sa’dlar faol qo‘llab-quvvatlab turdilar. 1561 yilda Abdullaxon II Pirmuxammad bilan aloqalarni uzdi va otasi Iskandar Sultonni (1561-1583 yy.) xon deb e’lon qildi. Iskandar Sulton nomigagina xon bo‘lib, mamlakatni boshqaruv ishlariga deyarli aralashmas, hokimiyat amalda Abdullaxon II qo‘lida edi. 1583 yilda Iskandar Sulton vafot etgach Abdullaxon II rasmiy xon deb e’lon etildi.
Shayboniy hukimdorlari orasida Abdullaxon II o‘zining qat’iyatliligi, yaxshi siyosatchi va sarkardalik qobiliyati bilan ajralib turadi. U markazlashgan shayboniylar davlatini tiklash maqsadida bebosh va o‘zlarini mustaqil hisoblaydigan amirlar, sultonlar, mulklar hukmdorlari bilan tinimsiz kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Tinimsiz urushlar natijasida 1573 yilda Farg‘ona, 1574 yilda Shahrisabz Qarshi, Hisor viloyatlari, 1578 yilda Samarqand, 1582 yilda Toshkent, Shohruhiya, Sayram, Ohangaron, 1583 yilda Balx, 1584 yilda Badaxshon, 1588 yilda Hirot va uning atroflari,1595 yilda Xorazm Abdullaxon II hokimiyati ostiga birlashtirildi. Tinimsiz urushlardan charchagan joylardagi mahalliy aholi ko‘p hollarda Abdullaxon II ning markazlashtirish siyosatini qo‘llab-quvvatlar edi.
Abdullaxon II uzoq yillik olib borilgan urushlardan so‘ng butun Movarounnahr, Hisor, Xurosonning katta qismi, Xorazm va Turkistonni qo‘lga kiritib Shayboniyxon tuzgan davlatni qayta tiklashga erishdi. Ammo, hududiy jihatdan juda katta bo‘lgan bu davlat siyosiy jihatdan o‘ta mustahkam emas edi. Bu davlatning kuch-qudrati hokimiyat tepasida turgan hukmdorning shahsiy fazilatlariga suyanar hamda unda mustahkam davlatchilik tizimi yaratilmagan edi. Aynan shuning uchun ham 1598 yilda Abdullaxon II vafot etgach, oradan qisqa muddat o‘tib qiyinchiliklar va jangu-jadallar natijasida tiklangan bu davlat inqirozga yuz tutda, hamda hokimiyat tepasiga boshqa sulola vakillari keldilar.

2.3. Shayboniylar davlati boshqaruvida Ma’muriy boshqaruv. Mansab va unvonlar.


XIV asrning boshlarida Movarounnahrning Muhammad Shayboniyxon tomonidan bosib olinishi bu hududlarning xon urug‘i vakillari bo‘lgan o‘zbek sultonlari tomonidan bo‘lib olinishiga sabab bo‘ldi. Ayrim hollarda Shayboniyxon ba’zi qabila boshliqlariga ma’lum mulklarni ham bergan. XVI asrning 60-yilllaridan boshlab Buxoro shayboniylar davlatining ma’muriy-siyosiy markazi sifatida e’tirof etilgannidan so‘ng qonun kuchiga ega bo‘lgan barcha hujjatlar Buxorodan chiqarilgan. Davlatdagi murakkab boshqaruv apparatini tashkil etgan ko‘p sonli amaldorlar guruhi ham aynan Buxoroda markazlashgan.
Ma’muriy jihatdan Buxoro xonligi viloyatlar va tumanlarga bo‘lingan. Mirza Devonning ma’lumot berishicha, Buxoro xonligi boshqaruvida o‘ziga xos an’ana va qonunlar o‘rnatilgan bo‘lib, joylardagi yuqori mansabga ega bo‘lgan zodagonlar davlat boshlig‘i tomonidan hokimlikka ko‘tarilgan.
Yirik hududlarda tashkil topgan shayboniylar davlati xon tomonidan boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida o‘zbek davlatchiligining somoniylardan temuriylargacha bo‘lgan davrida qaror topgan davlat boshqaruvi qonun-qoidalari hamda xususiyatlari bilan birgalikda ko‘chmanchilarga xos an’analar ham mavjud bo‘lgan. Xon-cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, u o‘z atrofida viloyat, tuman hokikimlari hamda nufuzli qabila boshliqlarini birlashtirganidan so‘ng mustaqil siyosat olib borgan. Ammo, ayrim viloyat hokimlari mavqei kuchayib markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ygan holatlar ham bo‘lib turgan. Bunday holat ayniqsa Abdullaxon II davrida kuchayib bo‘lib, u buysunmas hokimlarning barchasini zo‘rlik bilan bo‘ysundirgan edi.
Shayboniylar davlati boshqaruvida islomiy odat va shariat qonun-qoidalariga qattiq rioya qilingan. Davlatdagi oliy hukmdorlik otadan bolaga emas, balki suloladan eng ulug‘ yoshli shaxsga o‘tish tartibi dastlabki shayboniylar davrida saqlanib qolgan bo‘lsada, XVI asrning 40-yillaridan boshlab vorisiylikda otadan bolaga o‘tish an’anasi kuchayadi hamda Abdullaxon II davrida aniq bir shaklga tushadi. Ammo, bu holat uzoq davom etmadi.
Davlat boshqaruvida xon saroyidagi oliy darajali amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv hamda viloyatlar va tumanlar qo‘lida mahalliy boshqaruv asosiy o‘rinda turar edi. Tabiiyki, xon ular yordamida hamda bevosita ishtirokida davlatdagi ma’muriy boshqaruvni amalga oshirgan.
Ilgarigi sulolalar davrida bo‘lgani kabi shayboniylar davrida ham eng oliy davlat idorasi-dargoh hisoblangan. Dargoh tepasida xon turgan bo‘lib, bu idora saroy devonida jamlangan hamda davlatning ichki va tashqi hayotiga oid barcha masalalarni hal qilgan.
Chunonchi, davlatning oliy darajali amaldorlari a’zo hamda odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama davlatning siyosiy, moliyaviy, harbiy, tashkiliy va boshqa masalalarini ko‘rib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdig‘i bilan kuchga kirib, hayotga tadbiq etilgan. Ta’kidlash joizki, ko‘plab ko‘kaldosh, otaliq, naqib, vaziri a’zam, vazir, devonbegi kabi oliy darajali saroy amaldorlari, nuyon, tug‘begi, kutvol, dorug‘a, qurchiboshi kabi harbiy amaldorlar, jo‘ybor shayxlari, sadrlar, shayxulislom kabi diniy ulomolarning fikrlari va manfaatlari ham qarorlar qabul qilinishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Shayboniylar davlat boshqaruvidagi muhim vazifalardan biri naqib hisoblangan. Naqiblik mansabi xon huzurida juda katta vakolatlarga ega bo‘lib, naqib xonning eng yaqin va ishonchli kishilaridan hisoblangan. Manbalarga ko‘ra, rasmiy qabul marosimlarida naqibning oliy hukmdordan chap tomonda birinchi bo‘lib joy olishi naqibning dargohdagi yuksak martabasidan dalolat beradi. Shuningdek, xon tomonidan chiqarilgan farmon va yorliqlarda ham naqibning nomi birinchi bo‘lib zikr etilgan. Naqibga davlatning ichki va tashqi siyosati hamda harbiy masalalarda oliy hukmdorning birinchi maslahatchisi sifatida qaralgan Ayrim hollarda harbiy muzokaralar uchun ham xon raqiblar tomonga o‘z naqibini jo‘natgan.
Harbiy yurishlarni uyushtirish, urushlarni davom ettirish yoki to‘xtatish, raqib tomonning harbiy-strategik tomonlarini o‘rganish kabi vazifalar ham naqibga yuklatilgan hamda xon uning maslahatlari bilan qaror qabul qilgan. Manbalarga ko‘ra, naqiblarga o‘ta ma’suliyatli bo‘lgan elchilik vazifalari ham yuklatilgan. Shayboniy hukmdorlari naqiblik lavozimiga asosan payg‘ambar avlodlari hisoblangan sayidlar xonadoniga mansub shaxslarni tayinlaganlar.
Shayboniylar davlatidagi muhim mansablardan yana biri otaliqdir. Bu mansabga tayinlangan shaxs, avvalo, voyaga yetmagan shahzodaning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan. Mazkur lavozim egasi shahzodaga otaliq qilib, otasining o‘rnini bosadigan darajada tarbiya bergan.
Otaliqlar shahzodalarga mulk qilib berilgan viloyatlardagi xon hokimiyati siyosatini belgilash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lganlar. Xonlar voyaga yetmagan shahzodalarga viloyatlarni mulk sifati taqsimlab berganda ularni doimiy nazorat qilish uchun o‘zining ishonchli kishilarini otaliq qilib tayinlagan. Bunday hollarda shahzodalar voyaga yetguniga qadar ma’lum viloyatlardagi boshqaruv ishlari otaliqlar qo‘lida bo‘lgan. Otaliqlar amalda butun bir viloyat taqdirini, uning markaziy hokimiyat bilan munosabatlarini hal qilganlar.
Davlat ishlarida ko‘kaldosh (aynan ma’nosi-bir onadan sut emgan) mansabi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘kaldoshlar davlat bilan do‘stona va dushmanlik munosabatida bo‘lganlar haqida ma’lumotlar to‘plagan. Shuning uchun ham ko‘kaldosh dargohning eng ishonchli kishilaridan hisoblanib, bu amaldagi kishilarning vazifasi mamlakatda oliy hukmdor olib borayotgan siyosat daxlsizligi, unga fuqaroning munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lgan. Ko‘kaldoshlar yuqori mavqega ega bo‘lib, badavlat kishilar bo‘lgan. Toshkent va Buxoroda ko‘kaldoshlar o‘z mablag‘lari hisobidan madrasa qurdirgani ma’lum.

Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish