Amir Shoxmurod islohotlari.
Buxoro amirligida mang‘itlar sulolasidan Amir Ma’sum al-Ma’ruf, ibn Doniyolbiy otaliq Shohmurodbiy (1785-1800) davlat hokimiyatini mustahkamlash bo‘yicha qator islohotlar o‘tkazgan. U o‘tkazgan islohotlar uning topshirig‘iga binoan 1789 yilda Mirzo Bodi devon tomonidan yozilgan “Majami al-arqam” (Raqamlar va ruqumlar) asarida keltirilgan.
Asar tuzilishiga ko‘ra, 5 bob va mansabdorlar haqidagi ilova-dan iborat. Unda davlat devonida xizmatni qanday o‘tash, kirim-chiqim daftarlari, davlatning ma’muriy xo‘jalik bo‘linishi tamo-yillari yoritilgan. Ma’lumki, davlat kirim-chiqimlari xazina boyliklari miqdorini sir tutish va uni o‘zgartirish, soxtalashtirishning oldini olish uchun faqat katta mirzolargagina ma’lum bo‘lgan devon daftari ruqumlar va siyoqat (alohida raqamlar) bilan yozilgan.
Asarning ikkinchi-uchinchi boblari ana shunday yozuv va ularning sirlariga bag‘ishlangan. Beshinchi bobi-astronomiya. Arifmetik harakatlar jadvalidan iborat, to‘rtinchi bobi esa arifmetika, geometriya, algebra hisob-kitoblari va qoidalariga bag‘ishlangan
Mansablar haqidagi ilovada esa, Buxoro amirligidagi 135dan ortiq katta va kichik mansablar, vazifalar va ularning vakolatlari haqida hikoya qilinadi.
Asarda davlat boshliqlarining birinchi navbatdagi vazifalari armiya ta’minoti ekanligini ta’kidlab, uning esa yig‘im tushumlariga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib o‘tilgan. Soliq yig‘uvchilar oldiga yuksak talablar qo‘yilgan. Soliq yig‘uvchi soliqchilar, to‘la hech qanday aldovlarsiz, qonunlarni buzmasdan o‘z burchlarini bajarish-lari, barcha xalqlarda tartib saqlashlari, ishni oxirigacha olib borishi, xazina egaligidagi mulkni, kishilarning huquqlarini qo‘riqlashi lozimligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek asarda Buxorodagi mulk egaligi shakllari bo‘yicha ham ma’lumotlar uchraydi.
Mamlakatning pul va mablag‘larini 4ta xazinaga bo‘linishi, ya’ni qaysi manbadan kelishiga qarab 4ga bo‘lingan, buni Buxoro amirligi davlat byudjetining 4-moddasi deb atash mumkin::
1-zakot, ushr va Xums (harbiy o‘ljaning kambag‘allar uchun ajratilgan 5/1 qismi) soliqlaridan keladigan mablag‘lar to‘plangan.
2-xiroj, juzya va musulmon bo‘lmagan savdogorlardan olinadi-gan soliqlardan tushadigan mablag‘lar.
3. Egasiz mulklardan xazinaga tushadigan mablag‘lar (ular kambag‘allar, yetimlar bemorlarga sarflangan).
4. Topib olingan mulklardan tushadigan mablag‘lar (u zakotdan foydalanuvchilarga berilgan)
Asarda Buxoro amirligining ma’muriy bo‘linishi haqida ma’lumotlar berilgan, unga ko‘ra davlat, viloyatlar, tumanlar, xazora, yarim xazora, obxor, norma, mazralarga bo‘linganligi, bir qator ariq bilan sug‘oriladigan 100 ming tanob yer bir tumanni tashkil qilishi ularning 12ta nomi ko‘rsatilgan, bir katta ariq bilan sug‘oriladigan 50 ming tanob yer xazora, 25 tanob yer esa yarim (nim) xazora, 10, 15 ming tanob sug‘oriladigan yer esa daryoning obkori, 400 tanob yerli aholi yashaydigan qishloq qoriya, 300 tanob va undan kam yeri bo‘lgan aholi yashaydigan joy mazra’a deb atalgan.
Shohmurod birinchi navbatda, o‘z islohotlarida soliqlarni tartibga keltirishga qaratgan. U butun Buxoro shahri aholisiga Tarxon yorlig‘i berib, xalqni harbiy soliqdan boshqa barcha soliqlardan ozod qilgan. Avvallari joriy qilingan shariatga zid bo‘lgan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, yasoq va boshqa soliqlarni bekor qilgan.
Shohmurod o‘tkazgan sud islohotlariga ko‘ra:
«Har bir musulmon, hatto qul ham qoziga o‘z shikoyati bilan kelishga va o‘zining xo‘jayinining g‘ayriqonuniy ish qilayotgan bo‘lsa, uni javobgarlikka tortishga haqli qilib qo‘ygan» edi. Bundan tashqari qirq a’lam (qonunshunoslar)dan iborat. Oliy sud. (qozixona) palatasini tuzgan. Uning a’zolari shariat huquqi asosida Shohmurodning o‘zi tuzib bergan to‘plamni qo‘llariga ushlab olib, arz va shikoyatlarni hal etishda mana shu risolaga qarab ish ko‘rishgan. Ish ko‘rilayotganda amirning o‘zi bosh bo‘lib turgan. Bundan tashqari ish ko‘rilayotganda da’vogarning shaxsan o‘zi ishtirok etishi talab qilingan. Tumanlar va kattaroq qishloqlarga (kasabalarga) ham qozilar tayinlangan. Amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida yangi sud tizimi: kasabalar, tumanlar, viloyatlar qozilari, Bosh qozi hamda “qirq a’lam” sudi vujudga kelib, eng oliy qozi Amirning o‘zi bo‘lgan.
Amir Shohmurod bundan tashqari obodonchilik ayniqsa Samarqandni qayta tiklashga, unga boshqa joylardan ko‘plab aholini ko‘chirib kelishi ham katta ahamiyatga ega.
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm vohasi 1505 yilda Shayboniyxon tomonidan bosib olingan bo‘lsa, keyinchalik 1510-1512 yillarda esa Eron shohi davlati tarkibiga kirgan. Xorazmning obro‘li shayxlaridan bo‘lgan Shayx ota avlodlari Dashti qipchoqlik o‘zbeklar yo‘lboshchisi Elbarsxonga Xorazm taxtini tak-lif qiladilar. Elbarsxon Xorazm poytaxti bo‘lgan Urganch shahrini egallab, mustaqil xonlikka asos solgan.
1593 yilda Xivadagi o‘zaro urushlardan foydalangan Abdulla-xon II Xiva xonligini bosib olgan. 1598 yil Xiva xonligi yana mustaqillika erishadi. Buxoro xoni, Eron shohi tomonidan bosib olingan Xiva xonligida 1763 yildan hokimiyat o‘zbek urug‘laridan bo‘lgan qo‘ng‘irot sulolasi qo‘liga o‘tgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Urganchda yetti yil ichida to‘rt marotaba xon almashganligini ko‘ramiz. Bu yerda o‘zbek urug‘ boshliqlarining ijtimoiy siyosiy hokimiyatda ta’siri kuchli bo‘lib, o‘larni asosan qiyot-qo‘ng‘irot, uyg‘ur-nayman, qang‘li-qipchoq kabi qabila va urug‘larga birlashgan. 4 guruhga asosiy qabilalarga inoqlar rahbarlik qilib ular hatto xonlarga ham bo‘ysunishmagan.
XIX asrning boshlariga kelib inoqlar faqat amalda emas balki, rasman ham Xiva taxtini egallashgan. Eltuzarxon Inoq Xiva taxtiga o‘tirgan qo‘ng‘irotlar sulolasining birinchi xoni hisoblanadi. Uning vorisi Muhammad Rahim I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan.
Xiva xonligida ham o‘sha davrga xos bo‘lgan yer egaliklari mavjud bo‘lib, ular davlat yerlari, vaqf yer egaligi va xususiy yer mulklaridan iborat bo‘lgan.
Yerning katta qismi davlat yerlaridan iborat bo‘lib, amlok, “mamlakat” yoki “podsholik yerlari” deb atalgan. Bunday yerlar dehqonlarga bo‘lak qilib bo‘lib berilgan, dehqonlar u yerda ishlab davlatga soliq to‘lab turishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, XVII-XVIII asrlarda feodallar yerlarini tortiq sifatida emas, xususiy mulk sifatida sotib olish haqida bitimlar tuzilgan. Bunday yerlar “mulki xurri xolis” deb atalib, barcha soliqlardan ozod hisoblangan. Bitim davlat nomidan tuzilganligi uchun qozi huzurida shaxsan xonning o‘zi ishtirok etgan va yerni sotib olinganligi haqida vasiqalar berilgan.
“Tanho” yerlari xonga yoki davlatga ko‘rsatilgan xizmatlari evaziga berilgan. Buni merosga qoldirish mumkin bo‘lmagan.
Vaqf yerlari ham keng tarqalgan bo‘lib, sug‘oriladigan va aholi yashaydigan yerlarning 40%ga yaqinini tashkil etgan. Vaqf yerlari ishlab foydalanish uchun ijaraga berilgan. Vaqfing nomlanishiga, turlariga kelsak, soliqlardan ozod etilgan vaqf-oq vaqf, soliq olinadigan yer- qora vaqflarga bo‘lingan.
Xiva xonligida shartli yer egaligining o‘ziga xos bir turi mavjud bo‘lib u “otlik” deb atalgan, bu esa boshqa xonliklarda uchra-maydi. Xiva xonligida foydalanish uchun otliqlarga 30-50 tanop yer joriy etilgan. Otliq yerini olgan yer egasi xon talabi bilan bir otliq askarni qurollantirib xon huzuriga yuborgan.
Yerlarni ishlovchi asosan dehqonlar bo‘lib, ular davlat dehqon-lari, xususiy yerlardagi dehqonlar, vaqf yerlaridagi dehqonlar, yersiz dehqonlarga bo‘lingan.
Xiva xonligida qulchilik mavjud bo‘lgan, ulardan uy-ro‘zg‘or ishlaridagina emas, balki dehqonchilikda ham foydalanganlar.
Xonlik iqtisodini asosan dehqonchilik va chorvachilik, hunar-mandchilik va savdo-sotiq tashkil etib, ko‘plab kanallar va ariqlar muhim o‘rin tutgan. Ulardan 11 tasi davlat ahamiyatiga ega edi.
Xonlikning ijtimoiy hayotida yakka xonlikka asoslangan o‘rta asr musulmon davlatlarida bo‘lganidek, xon va uning a’yonlari katta ijtimoiy huquqlarga ega edi.
Saroy amaldorlari, markaziy va mahalliy boshqaruvning yuqori pog‘onalarini egallab turgan ijtimoiy tabaqalar, harbiy ma’muriy amaldorlar va mansab egalari katta huquq va imtiyozlarga ega ijtimoiy tabaqa edi.
Daxlsiz huquqlarga, aholining barcha ijtimoiy tabaqalariga katta ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lgan oqsuyak tabaqa mahalliy shayxlar avlodlari xonlikdagi eng nufuzli ijtimoiy tabaqa hisoblanardi. Katta miqdordagi xususiy yer mulklarga egalik qilishdan tashqari ular odatda vaqf yerlaridan keladigan daromadlarning nazorat qilishda ham ko‘pgina imtiyozlarga ega edilar. Ularning huquqlari va imtiyozlari har qanday vaqt va sharoitda ham saqlanib qolinardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |