Bob. Psixik rivojlanishni t u sh u n ish n in g madaniy-tarixiy konsepsiyasi. L. S. Vigotskiy va un in g maktabi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#823950
1   2   3   4   5   6   7   8
10.4. Ta’lim va rivojlanish muammolari
Dastlab bu muammo L.S.Vigotskiy tomonidan inson ongi va 
oliy psixik funksiyalar rivojlanishi doirasida ko‘rib chiqilgan edi. 
L.S.Vigotskiyga ko‘ra, ong shakllanishi inson rivojlanishining eng 
m uhim yo‘li hisoblanadi. Insoniyat ongini alohida psixik funk- 
siyalarga taqsimlab bo‘lmaydi, u o‘zida mexanik yig‘indini emas, 
balki oliy psixik funksiyalar tuzum ini tuzilmaviy tuzilishini aks 
ettiradi. Ya’ni ong tizimli tuzilishga ega. Hech bir psixik funk­
siya alohida holatda izolatsiyada rivojlanmaydi. Aksincha, uning 
taraqqiyoti, u qaysi tuzilishga kirish va unda qanday o‘rin egal- 
lashiga bogliq. Masalan, ilk bolalikda ong markazida idrok, mak- 
tabgacha tarbiya yoshida asosiy psixik funksiya xotira, maktab 
yoshida tafakkur boladi. Qolgan barcha psixik jarayonlar ustu-
180


vor bo'lgan funksiyalar ta’siri ostida rivojlanadi. Bola asta-sekin 
inson va olam o‘rtasida doimo mavjud bo'lgan madaniy vositalar 
nutq belgilari m azm un ma’noni o‘zlashtirib borib, ularning juda 
m uhim bo'lgan tom onlarini kashf etadi. Ongning mazmuniy tu- 
zilishi bu ushbu insonning og'zaki umumlashtirish so'zlar mohi- 
yatini rivojlanish darajasidir. L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivoj- 
lanishiga ta’lim ning ta ’siri haqidagi tezisni ongning tuzilishi va 
mazmuniy hamda uni ontogenezdagi taraqqiyoti haqidagi farazlar 
ko'rinishida shakllantirgan. L.S.Vigotskiyning flkriga ko‘ra, ong- 
ga faqat nutq orqaligini kirish mumkin. Psixik rivojlanish jarayoni 
ongning tizim li tuzilishini o'zgartirish qayta tuzish umumlashti- 
rishning mazmuniy tomonlari rivojlanish darajasining o'zgarishi- 
ga asoslanadi. So'z mazmun mohiyatini boyitib, umumlashtirish 
darajasini oshirib, odam larning nutqiy muloqoti orqali ongning 
tizimli tuzilishini o'zgartirish m um kin, ya’ni ta’lim orqali ong 
taraqqiyotini boshqarish mumkin. Bolada insonga tarixiy xos 
bo'lgan xususiyatlarni rivojlanish jarayonida ta’lim ichki m uhim
va umumiy holat hisoblanadi.
1931—1934-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan aqliy taraqqiyot 
va ta’lim ning aloqasi muammosiga bevosita taalluqli bo'lgan ek­
sperimental tadqiqot o'tkazilgan bo'lib, unda bolalarni kunda- 
lik va ilmiy tushunchalarni ona tili va chet tillarini og'zaki va 
yozma nutqni o'zlashtirishlari qiyosiy o'rganilgan. Bu tadqiqot 
m a’lumotlari ta’lim va rivojlanish muam m olarini tushunishda 
yangi darajaga chiqishga imkon berdi. Ta’lim rivojlanishga aynan 
o'xshash emas. H ar qaysi ta’lim rivojlanishni harakatga keltiruv- 
chi kuch rolini bajarmaydi, hatto u befoyda bo'lishi yoki rivoj­
lanishni tormozlab qo'yishi ham mumkin. Ta’lim rivojlantiruv- 
chi bo'lishi uchun u rivojlanishning tugallangan sikliga, davriga 
emas, balki bolaning yaqin rivojlanish chegarasida, doirasida yu­
zaga keladigan e’tiborini, diqqatini, ahamiyatini qaratishi kerak. 
Yaqin rivojlanish chegarasi shakllanayotgan funksiyalarni rivoj­
lanish mahsuli emas, balki rivojlanish kurtagi, rivojlanish gullari 
deb atash mumkin. L.S.Vigotskiy tom onidan yaqin rivojlanish
181


chegarasi bolaning zarur, m uhim , aktual aqliy rivojlanish daraja­
si hamda ehtimoli mavjud b o lg an rivojlanish darajasi o‘rtasida- 
gi oraliq tafovut sifatida aniqlanadi. Bola tomonidan mustaqil ra­
vishda hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi zarur 
aktual rivojlanish darajasini anglatadi. Kattalar ishtiroki ostida 
hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi potentsial im- 
koniyat darajasini aniqlaydi. Yaqin rivojlanish chegarasida bola 
va kattalarning hamkorlikdagi faoliyatida shakllanadigan psixik 
jarayonlar turadi, shakllanish bosqichi tugallangandan so‘ng u 
bolaning o‘zini aktual m uhim zarur rivojlanish shakliga aylana­
di. Bolaning yaqin rivojlanish chegarasidagi o‘zgarish dinamikasi 
rivojlanishi va ta’lim o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqani yashi- 
radi. Yaqin rivojlanish chegarasi fenomeni bolaning aqliy rivojla- 
nishida ta’limning yetakchi roli haqida dalolat beradi, biroq har 
qanday ta ’lim ta’sirli hisoblanmaydi, L.S.Vigotskiyning ta’kid­
lashicha, faqatgina rivojlanishni oldinga undaydigani ta ’sirlidir.
H ar bir bolada yaqin rivojlanish chegarasining kengligi farqla- 
nadi va uning chuqurligini aniqlash amaliy prognostik taxminiy 
ahamiyatga ega. M e’yoriy yoshga bog‘liq diagnostika erishilgan 
rivojlanishning faqat tashqi, aniq ko‘rinishini kolleksiya qilmas- 
dan, to‘plamasdan, balki rivojlanishning ikkala darajasi — aktual 
m uhim va ehtimolli mavjud bo‘lganini aniqlashni o‘z ichiga olishi 
kerak, yaqin rivojlanish chegarasi bolaning potensial imkoniyat- 
larini chuqur xarakterlaydi, ilmiy asoslangan prognoz, bashorat, 
taxm in qilishga hamda amaliy tavsiyalar berishga yordam bera­
di. L.S.Vigotskiy bolalar taraqqiyotining 4 ta asosiy qonuniyatlari 
yoki o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi.
1. 
Davriylik. Davr mobaynida rivojlanish murakkab tuzilmaga
ega b o lib , rivojlanish tempi, tezligi sur’ati hamda tuzilishi bolalik 
davri mobaynida o‘zgarib boradi. 0 ‘sish jadal rivojlanish, susa- 
yish, sekinlashish, so‘nishga o‘zgaradi. Bolaning hayotida oyning 
ahamiyati, u rivojlanish davrlarida qanday o‘rinni egallashi bi­
lan aniqlanadi, go‘daklikdagi oylar o‘smirlikdagi oylarga nomu- 
tanosib.
182


2. Rivojlanishning notekisligi. Shaxsning turli tomonlari, xu- 
susan psixik funksiyalar ham notekis rivojlanadi. Funksiya ustun- 
lik qiladigan davrlar mavjud, bu uning birmuncha darajada ja- 
dal muvofiq sur’atda rivojlanish davridir qolgan funksiyalar esa 
ong ustida bo'ladi ham da ustun bo'lgan funksiyadan tobe bog'liq 
bo'ladi. H ar bir yangi yosh davri funksiyalararo aloqalarni o'zgar- 
ganligidan dalolat beradi — markazga boshqa funksiya chiqadi, 
boshqa funksiyalar o'rtasidagi bog'liqlikning yangi munosabati 
aniqlanadi.
3. Bola taraqqiyotidagi «metamofozalar». Rivojlanish miq- 
doriy o'zgarishga olib kelmaydi bu o'sish emas, balki sifat jihat- 
dan o'zgarish qatoridir (zanjirdir). H ar bir yosh bosqichida bola­
ning psixikasi o'ziga xos bo'lib u sifat jihatdan avvalgilaridan va 
keyingilaridan sifatliroqdir.
4. Bola taraqqiyotida evolutsiya va involutsiya jarayonlari- 
ning muvofiqligi. Involutsiya jarayonlari jadal rivojlanishga tabiiy 
sur’atda hosil bo'lganlar yo'q qilinadi yoki (yangidan tuziladi) 
tubdan yangilanadi. Masalan, (gapirishni) so'zlashni o'rgangan 
bola g'uldurab (noaniq) gapirmay qo'yadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish