Men shuni xulosa qildimkiy. Korxona va tashkilotlarda tadbirkorlik subyektlari xo‘jalik yuritishning shaxsiy manfaatdorlik tashabbuskorlik va mulkiy javobgarlik tamoyillariga tayanib, iqtisodiyotda turli mulk shakllarining teng huquqlilik va sog‘lom raqobat asosida rivojlanib borishiga asoslanadi. Ular yetishtirgan mahsulotiga egalik qilishiga, mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil tasarruf etishiga, mulkka bo‘lgan egalik xissiga ko‘ra, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos tushadi. Bunda esa boshqaruvni to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv esa uning o‘ziga xos usullari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda bandlik muammosini hal etish, bozorning mo‘l-ko‘lligini ta'minlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdagi imko- niyatlarini inobatga olib, strategik boshqaruvni rivojlanishiga alohida e'tibor berilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi boshqaruv strategiyalarini rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan xarakterlanadi. Kichik korxona shaklidagi tadbirkorlik subyektlariga boshqaruv strategiyalarining samarali qo‘llash yo‘llarini o‘rgatish ularda faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi.
Kurs ishining yuqorida tahlil qilingan barcha qismlarini umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin:
Kurs ishidan, mehnat resurslari korxona oldiga qo‘yilgan maqsadlarni aniq natijalarga aylantirishda personal imkoniyatlarining majmui bo‘lib, o‘z ichiga personalning professional va kvalifikatsion tarkibini jamlaydi va unumdor mehnat orqali samarali natijaga erishishni nazarda tutadi.
Ikkinchidan, inson omiliga insonning shaxsiy xususiyatlar majmuining yuzaga chiqishi sifatida qarash kerak. Bu esa uning mehnat jarayonidagi faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ushbu tushuncha insonning ishlab chiqarish jarayonidagi hal qiluvchi rolini ko‘rsatib beradi.
Uchinchidan, texnologiyalar va kapital tezkorligining oshishi bilan raqobatbardoshlik faqatgina mehnat resurslarining sifati, ularning ishlab chiqarish
qobiliyati va egiluvchanligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu bevosita menejmentning inson omilini faollashtirishga, ishchilardan nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatdan ham foydalanishga, ya’ni faqatgina uning ish bajarish qobiliyatidan emas, balki ijodiy, tashkilotchilik qobiliyatlaridan ham unumli foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur bo‘lib borayotganligidan dalolat beradi.
To‘rtinchidan, korxona faoliyatida mehnat resurslaridan foydalanish holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, “FOTON” AJ da so‘nggi yillarda kadrlar sonining kamayib borishi, unda moliyaviy ko‘rsatkichlarning sustlashayotganligidan darak beradi. Fikrimizcha, yuqorida bildirilgan takliflar asosida xodimlar idora qilinsa hamda ularning ijodiy salohiyatidan foydalanilsa, korxonada samaradorlik ko‘rsatkichlari birmuncha barqarorlashtirilgan bo‘lar edi.
Boshqaruv strategiyalarining asosiy vazifasi korxonalar ishchi, xizmatchilarini boshqarish tizimini takomillashtirish, shuning negizida bozorni zarur yuqori sifatli xalq iste'moli mahsulotlari bilan boyitish, jahon bozoriga chiqishga keng yo‘l ochish va o‘z mahsulotlarini xorijiy davlatlarda raqobatbardosh qilib tayyorlash, uni valyutaga sotish va bu bilan respublika iqtisodiyotini boshqarishni xalqaro andozalarga olib chiqadigan boshqaruv usullarining ilmiy negizini yaratishdir.
Tashqi sharoitlardagi raqobat, kiritilgan yangiliklar, iste'mol talabi va davlat siyosati kabi o‘zgarishlar korxona loaqal erishilgan ishlab chiqarish darajasini saqlab qolishi uchun yangi yondashuvlar, ish usullari va mahsulotlar ishlab chiqarishni talab qiladi.
Korxona mavjudlik shartlarining vaqtdagi o‘zgarishlari tashkiliy rivojlanishning mohiyatidir. Odatda rivojlanish yangiliklar kiritish, o‘sib boruvchi quvvatlar va ishlab chiqarish miqyosining ortishi sifatida tushuniladi. Biroq ushbu ijobiy jihatlar rivojlanishning yagona xususiyatlari emas.
Korxonalar vaqtda gullab-yashnash tomon ham, tanazzul va halokat tomon ham rivojlanishi mumkin. Garchi bu ta'rif aniq holda vaqt o‘lchovlarini taqozo etsa-da, korxona vaqtda nima uchun, qay tariqa va qanday vositalar yordamida o‘zgaradi, degan asosiy masalalar unda hal etilmaydi. Bu masalalar rivojlanish
korxonaning vaqtda mavjudlik shartlarining o‘zgarishi sifatida ta'riflanganida batafsilroq ko‘rib chiqiladi. Tashkilotlarning o‘zgarib borayotgan sharoitlarda yashashga qodir birliklar sifatida saqlanib qolishi ularning siyosati, faoliyati va tuzilishi muayyan darajada rivojlanishini taqozo etadi. Boshqa tomondan, tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining hozirgi tamoyillarini tahlil qilish ular rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida tashkiliy jihatdan o‘sishga intilayotganidan dalolat bermoqda. Demak, tashkiliy rivojlanish zarurati tashkilotni saqlab qolish, shuningdek o‘stirishga intilish oqibati sifatida yuzaga kelishi mumkin. Bunda o‘sishning o‘zi yashab qolishni kafolatlovchi vosita sifatida tanlangan rivojlanish strategiyasi bo‘lishi mumkin.
Barcha islohotlar, amalga oshiriladigan ishlar inson va uning manfaatlari, uning muvofiq turmush kechirishi uchun amalga oshirilishi, bu esa jamiyat hayotining yaxshilanishi va mehnatga bo‘lgan munosabatining ijobiy o‘zgarishi bilan aks etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, barcha imkoniyatlardan, insonda mujassamlashgan tuganmas qobiliyatlardan, umuman, mehnat resurslaridan samarali foydalanish nafaqat firma darajasidagi muvaffaqiyatni, balki butun jamiyatning rivojini ta’minlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |