Til faqat kishilar o’rtasidagi oddiygina aloqa vositasi emas, balki til
egalarining o’zini qurshab turgan olamni bilish, qo’lga kiritgan bilimlarini
kelajak avlodga yetkazish vositasi hamdir. Lisoniy birliklar vositasida axborot
Har bir shaxs lisoniy qobiliyatga ega. Bu qobiliyat so’zlovchining faqat
muayyan tildagi so’zlarni va ularning bog’lanish qoidalarini bilishi bilan
cheklanib qolmaydi. Agar so’zlovchi lisoniy strukturalarni o’zlashtirsa-yu,
ammo ulardan qanday va qaysi o’rinlarda foydalanishni bilmasa, lisoniy
qobiliyatga to’liq egalik haqida fikr yuritib bo’lmaydi. Shuning uchun hozirgi
kunda lisoniy qobiliyati kuchli shaxsni tarbiyalamoq uchun ta’lim jarayonida
o’quvchilarning asosiy e’tiborini til sof ichki tuzilishini bilishdan tashqari,
ularning har biridan qaysi vaziyatlarda qanday foydalanishni bilishiga ham
Chunki so’zlovchining til haqidagi bilimi bilan uni qayerda va qanday qilib
qo’llash haqidagi bilimi o’rtasidagi munosabat pragmalingvistikaning tarkibiy
qismi bo’lgan kognitolingvistikaning o’rganish obyekti bo’lishi bilan birga,
amalga oshiradi.
qismlarga ajratish va umumlashtirib idrok etish faqat insongagina ato qilingan
muammolari. Uzluksiz ta`lim jurnali, 2002. № 4.
55
qobiliyatdir. Olloh bandasiga bu qobiliyatni tuhfa etmaganda, odamzot
axborotlar dengizida cho’kib ketgan bo’lardi. Inson olamni o’simliklar dunyosi,
hayvonot dunyosi singari qismlarga ajratganidek, ijtimoiy voqea-hodisalarni
ham to’y, aza, bozor, maktab singari manzaralarga bo’ladi. Bu manzaralarning
har birining o’ziga xos leksik xususiyatlari, muomala andozalari mavjud.
Lisoniy birliklarni ana Shu manzaralar xususiyatidan kelib chiqib, o’rinli
ishlatish shaxsning pragmalingvistik kopmetensiyasi sanaladi. Masalan,
akademik litseylarning II bosqich o’quvchilari uchun "Hozirgi o’zbek adabiy
tili"
darsligining
9-darsi
"Qo’llanilish
doirasi
chegaralangan
va
chegaralanmagan so’zlar"ga bag’ishlanadi. 109-mashq azada, to’yda, bozorda,
maktabda ishlatiladigan so’zlarni topish va ulardan foydalanishga bag’ishlangan
bo’lib, o’quvchilarning pragmalingvistik kopmetensiyasini rivojlantirishni
maqsad qilib qo’yadi.
Har bir kishi muayyan muloqot vaziyatida o’z maqsadiga muvofiq
ravishda ko’plab variantdosh til hodisalaridan ayni shu vaziyat uchun mosini
tanlab qo’llash malakasiga ma’lum darajada ega.
O’zbekistonda mustaqillik tantanasi tufayli ta’lim-tarbiya tizimida tub
o’zgarishlar yuz berdi. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar tizimida ta’lim
olayotgan yoshlarning dunyosini boyitish ma’naviy jihatdan mukammal
rivojlangan insonni tarbiyalash ta’lim va tarbiya jarayonida takomillashtirish,
shu kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuv tobora rivojlanob
o’qituvchi kompetensiyasi, o’quvchi kompetensiyasi, umuman, har qanday kasb
egalari, aholi tilidagi kamchiliklarni tuzatish uchun ham til ta’limiga
kompetensiyaviy yondashish suv va havodek zarur.
Ona tili va adabiyotini o’qitishga kompetensiyaviy yondashuv yoshlarni
til haqidagi bilimlar bilan birga, muammoli vaziyatlarda bu bilimlardan o’rinli
va maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish qobiliyatiga ega shaxs sifatida
tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Shuning uchun ham ona tili va
adabiyot o’qituvchisining bosh vazifasi faqat bilimga ega yoshlarni tarbiyalash
56
emas, balki bu bilimlarga ega bo’lish bilan birga muammoli vaziyatlarda o’rinli
foydalanish malaka va ko’nikmasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat
bo’lmog’i lozim.
Demak,
ta’limning
barcha
turlarida,
xususan,
til
ta’limida
kompetensiyaviylikni rivojlantirishga e’tibor qaratish barkamol avlodni
tarbiyalashning tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: