Sinfdan tashqari o‘qish darslarining turlari.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinshidan, sinfdan tashqari o’qish sistemasining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari, ya’ni dastur bilan, uchinchidan, o’qituvchining oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinshidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.
1-sinfda o’quv yilining birinshi yarmida – tayyorlov bosqichida yangi matnni o’qituvchi o’qib beradi; ikkinchi – boshlang’ich bosqichdagi sinfdan tashqari o’qish darslarida yangi kichik hajmli kitobni o’quvchilar o’qiydilar, ammo bu vaqtda o’quvshilarda mustaqil o’qish malakasi hali o’smagan bo’ladi.
Tayyorlov bosqichida o’tkaziladigan 20 minutlik sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotida 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos va qiziqarli bo’lgan, 5-6 minutda o’qishga mo’ljallangan hikoya, ertak, she’rlar tanlanadi; o’qilganlar yuzasidan suhbat, mazmunini qayta hikoya qilish, kitob muqovasini, rasmlarni ko’rishga ham vaqt ajratiladi.
1-sinfda o’quv yilining ikkinshi yarmida o’tkaziladigan mustaqil o’qishga rahbarlikning asosiy turi sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslarda o’qituvshi kishik hikoyacha yoki she’rni o’qib beradi, so’ng o’qilganlar va o’quvchilar oldin o’qiganlari yuzasidan suhbat o’tkaziladi, qisqa umumlashtiriladi, kitob muallifi bilan tanishtiriladi. Keyin o’quvchilar yangi kitob bilan tanishadilar va uni o’zlari mustaqil ichida o’qiydilar; suhbat o’tkaziladi. Boshlang’ish bosqish davomida sinfdan tashqari o’qish darslarida bir necha marta mavzuga qaratilgan yoki bir muallif yozgan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Albom yoki montaj tayyorlanadi, konkurs o’tkaziladi, sinf kutubxonasi tashkil qilinadi, ertalik tayyorlanadi. Yordamshi vosita sifatida 2-3 darsda diafilm yoki kinofilmdan parsha ko’rsatiladi; 3 – 4 dars muzika eshittirish bilan, 4 – 5 dars o’qilganlarga rasmlar chizdirish bilan o’tadi. Bir dars kitobni qanday saqlash, uni yamashni o’rgatish maqsadida kutubxonada o’tkaziladi. Har bir sinfdan tashqari uqish darsida kitobning muqovasi, nomi rasmlariga qarab, unda taxminan nima haqida yozilganini aytish mashq qilinadi.
Boshlang’ich bosqichda bolalar hali yaxshi o’qiy olmaydilar, natijada o’qiganlarini yaxlit idrok etish qiyin bo’ladi, shuning uchun darsning qiziqarli, hayajonli o’tishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish ushun o’qituvshi hikoya, ertak yoki she’rni ifodali, jonli o’qib berishga puxta tayyorlanishi, o’kuvshilarni sinfda o’qib berishga tayyorlashi, muzikadan, rasmlar chizdirishdan, diklamatsiya qilish, rollarga bo’lib o’qish singari ishni jonlantiradigan vositalardan foydalanishi zarur. O’qilganlar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatda mazmunni qayta tiklashga oid savol va topshiriqlardangina emas, tahlilni rivojlantirish, o’quvchilarni o’ylashga, taqqoslashga, xulosalashga o’rgatadigan savollardan ham foydalanish zarur. Bu bosqichda bolalar o’qilganlarga munosabat bildirishga o’rgatib boriladi.
Bolalar boshqalarning yutug’iga xursand bo’ladilar, xafaligiga achinadilar, halol, odil kishilar ularni quvontiradi, yolg’onchi, pastkash kishilardan nafratlanadilar. Bolalarda faraz qilish, tasavvur etish qobiliyati kuchli bo’ladi, qayta hikoya qilishda asar qahramonlari roliga kiradilar. Darsni tashkil etishda bularning hammasini hisobga olish zarur. Boshlang’ich bosqichda «Ertaklar bayrami» mavzusida o’tkalidigan sinfdan tashqari o’qish darsi ko‘rinishini beramiz. Bu darsni o’tkazishga tayyorgarlik ikki xafta oldin boshlanadi. O’qituvchi topshirig’iga ko’ra bir guruh o’quvchilar kitob – ertak ko’rgazmasi tayyorlaydilar. Bu ko’rgazmaga o’quvchilarning o’zlari to’qigan ertaklari ham qo’yiladi. Bolalar ertaklarga rasmlar shizadilar. «Ertaklar bayrami» ga 1-sinf o’quvchilarning har biri o’zining ertak kitobini olib keladi.
«Ertaklar bayrami» darsi yuqori emotsionalligi, barcha ishlarning ijobiy yo’naltirilganligi, uni tayyorlash va o’tkazishga hamma o’quvchilar jalb qilinganligi bilan ajralib turadi. O’kituvshi boshlang’ich bosqichda o’quvchilarning aqliy faolligini o’stirish haqida g’amxo’rlik qiladi, darsda ishlashning uslubi priyomlarini tanlashda, kishik yoshdagi bolalar o’quv mehnatini tashkil etishda shu maqsadni ko’zda tutadi. Uchinchi – asosiy bosqichda o’tkaziladigan sinfdan tashqari o’qish darslari 2-sinfda xafta davomida, 3-4-sinflarda esa ikki xafta davomida o’qilganlarni yakunlashga, xulosalar shiqarishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |