Bob. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishning metodik asoslari



Download 95,43 Kb.
bet5/13
Sana15.04.2022
Hajmi95,43 Kb.
#554302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bob. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarini t

Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilarning o'qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: o'qigan kitoblarining sifat o'zlashtirishiga, miqdoriga, o'qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e'tibor beriladi. Bunda o'quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o'qib keladilar, ularning ayrim o'rinlarini ifodali o'qib beradilar, o'qigan asarlarini o'zaro taqqoslaydilar.

Asosiy bosqich oxirida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, kitobni va mustaqil o’qishni sevishlari zarur.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham bo’lib, bular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta’minlaydi, sinfdan tashqari o’qish darslari uchun sharoit yaratadi. Bular:

  1. Kitobni tashviqot qilish. Sinfdan tashqari o’qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati maktabga va sinfga osib qo’yilib vaqt-vaqti bilan yangilanib, to’ldirilib turiladi. Kutubxona yoki o’qituchi tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar yoki bayram kunlari, shuningdek ayrim yozuvchilar yubileyiga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil qilinadi va hokazo. Maktab yoki sinf devoriy gazetasida o’quvshilarning o’zi o’qigan kitobi haqidagi taqrizi bosiladi, yozuvshi ijodi haqida va biror mavzudagi kitoblar haqida montaj tayyorlanadi. Kitob o’qishga kutubxonachining sinfdagi suhbati, o’qituvchining o’quvchilar bilan shaxsiy suhbati orqali ham tashviq qilinadi.

  2. Individual yordam va kundalik nazorat. O’quvchi bilan u o’qiyotgan yoki o’qigan kitobi haqida suhbat, fikr almashish, rasmlarini muhokama qilish, o’qigan kitoblari haqida yozganlarini ko’rib chiqish darajasi, o’qigan kitobi haqidagi insho-taqrizini tahlil qilish, uy kutubxonasi bilan tanishish, o’qishi haqida ota-onasi bilan suhbat kabilar.

  3. Sinfdan tashqari o‘qish yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaliklar, viktorinalar, yozuvchilar, jurnalistlar, adabiyot o’qituvchilari bilan ushrashuv, adabiy ekskursiyalar. Bu ommaviy ishlarni tayyorlashda o’quvchilarning o’zlari qatnashadilar (so’zga tayyorlanadilar, montaj chiqaradilar, ko’rgazma tashkil qiladilar, mehmonlarni kutib oladilar, turli o’yinlar uyushtiradilar). Ommaviy ishlarni tayyorlashga yuqori sinf o’quvchilari ham jalb etiladi, ota-onalar taklif qilinadi.

  4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvshilari o’qish malakalarini egallashlariga qarab o’qituvchining ruxsati bilan kutubxonaga yoziladilar. O’quv yilining ikkinshi yarmidan boshlab barcha o’quvchilar kutubxonaga a’zo bo’lishlari mumkin. O’qituvchi har oyda bir-ikki marta o’quvchilar kartotekasini tekshirib, kutubxonachi bilan suhbatlashadi.

  5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olish. Bunda uiarning kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. l-sinf o'quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo'shib yozadilar. 3-4- sinf!arda o'qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o'z mulohazalarini ham qo'shishlari mumkin. O'quvchilarning o'qigan kitoblari og'zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o'qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o'qish va sinfda o'qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.5



5 Qosimova K., S.Matchonov, X. G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, Sh.Sariyev . O n a tili o'qitish metodikasi. Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun darslik. T.: «NOSHIR» nashri. 2009.

    1. Download 95,43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish