Bob. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishning metodik asoslari


BOB. SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI



Download 95,43 Kb.
bet8/13
Sana15.04.2022
Hajmi95,43 Kb.
#554302
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bob. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarini t

BOB. SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI.


    1. Ertaklarning janr xususiyatlari va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati

Hammamiz bolaligimizdan turli-tuman ertaklar tinglab katta bo‘lganmiz. Ba’zilarimiz balog‘at yoshiga yetganda ham ertak kitoblar o‘qish, film-ertaklar, multfilmlar ko‘rish ishtiyoqini saqlab qolganmiz. Bu – ertaklarning sehrli olami g‘oyat maftunkor ekanidan, albatta. Ertak – hikoya tarzidagi xalq og‘zaki ijodi asari bo‘lib, eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janr. Yurtimizning turli hududlarida ertak xalq orasida matal, ushuk, varsaqi, cho‘pchak, o‘tirik, tutal kabi nomlar bilan ham ataladi.


Ertaklar turmushdagi biror qiziq voqeni yoki xayoliy va hayotiy uydirma asosiga qurilgan ibratli g‘oya asosida ajoyibu g‘aroyib tarzda, jozibali, ixcham va mukammal holda aks ettirishi bilan kishida zavq uyg‘otadi. O‘zbek xalq ertaklarini shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar sifatida farqlash mumkin. «Bo‘ri bilan tulki», «Hiylagar bedana», «Chivinboy» kabi ertaklarning bosh qahramonlari hayvonlar, qushlar, hasharotlardir. «Yalmog‘iz», «Semurg‘», «Zumrad va Qimmat» ertaklari sirli va sehrli voqealar asosiga qurilgan. «Uch og‘a-ini botirlar», «Malikai Husnobod»,
«Ayoz» kabi ertaklarda barkamol shaxslarning ibratli hayoti va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Shoir va yozuvchilar ham o‘z xalqining eng chiroyli, ta’sirchan ertaklari asosida adabiy ertaklar, dostonlar, qissa va xayoliy hikoyalar yaratadilar. Ertaklar asosida badiiy va multiplikatsion filmlar olinadi, sahna asarlari qo‘yiladi.
“Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, deydi xalqimiz. Oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga hayot haqida bilim berish, o‘git-nasihat qilish, nutq o‘stirish, mehru e’tiborini amalda ifodalash uchun ertaklar aytiladi. Bola ulg‘aya borgan sari ertaklarning hajmi kengayib, mazmuni va mundarijsi murakkablashib boradi. Ertaklar ta’sirida farzandlarda hayotga muhabbat, oilaga, ota-onaga mehr, do‘stu yorga sadoqat, kelajakka umid, yaxshilik va adolat tantanasiga ishonch
hislari kamolga yetadi. Ota-onasi, buvi va bobolaridan, donishmand keksalardan eshitgan, kitoblaridan o‘qigan ertaklarini eslab qolib, ularni qiziqarli va ta’sirchan qilib hikoya qilib beradigan odamni ertakchi deyish mumkin.
Ertakchilar har bir ertakni tinglovchining diaqqtini tortib, uni mahliyo qiladigan holda taqdim etish uchun maxsus kirish, boshlama va tugallamadan foydalanadilar. Kirish qism ertakchi mahoratini namoyish qiladi, boshlama va tugallama esa ertakning yaxlitligini ta’minlash bilan birga unga sirlilik va an’anaviylik baxsh etadi.
Ertakchi: “Ertagimning eri bor, yetti qavat yeri bor, yetti qavat yerida dumi kalta bo‘ri bor.”, “Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. G‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan. Toshbaqa torozigar ekan, qurbaqa undan bir tanga qarzdor ekan. Uzoq o‘tgan zamonlarda bir podsho bo‘lgan ekan...”. Tugallanmada esa ko‘pincha: “Shunday qilib, hammalari murod-maqsadlariga yetishibdi” deyiladi.
Xalq og’zaki ijodiyoti, xususan, ertaklar bilan shug’ullanuvchi olimlar o’zbek xalq ertaklarini mavzu jihatidan bir-birlaridan farqli tarzda tasnif qilganlar. Ammo ko’pchilikka ma’qul bo’lgan tasnif quyidagichadir:

  • Hayvonlar haqidagi ertaklar.

  • Sehrli-fantastik ertaklar.

  • Hayotiy-maishiy ertaklar.

Bundan tashqari, satirik ertaklar ham mavjud. Ammo hajviyot elementlari boshqa turdagi ertaklarda ham ko’p yoki ozroq darajada uchrab turadilar. Qisqaroq hajmli, kulgili ertaklar toifasi borki, ularni yumoristik ertaklar deyish mumkin.
Hayvonlar haqidagi ertaklar o’z ichida olib tahlil qilinsa, sof hayvonlar haqidagi ertaklar va hayvonlar va odam ishtirokidagi ertaklarga bo’linishi mumkin. Sof hayvonlar haqidagi ertaklar ayrim jihatlari bilan, ya’ni ixchamligi va ibrtaliligi bilan masallarga ham o’xshab ketadilar. Aynan mana shunday xarakterdagi kichik hikoyalar Sharq xalqlari orasida ko’p uchrashligini bir qator olimlar ta’kidlab o’tganlar.
Uzoq asrlar davomida xalqimiz o’zining badiiyatga bo’lgan ehtiyojinining katta bir qismini ertaklar aytish va tinglash orqali qondirib kelgan. Uzun qish kechalarida ertaklar aytilmagan oilani topib bo’lmagan. Bu bilan aytmoqchimizki, ertaklar folklor janrlari orasida eng ommaboplaridan biri bo’lgan.
Ertak aytuvchilar vaziyatga, auditoriyaga qarab, ya’ni tinglovchilarning kimlar ekanligiga qarab, ertakning voqeasini bir oz o’zgartirib, tarbiyaviy maqsadlarda o’zgarishlar kiritib hikoya qilganlar.
Fantastikasiz ertak yo’q. Ertakchi doimo haqiqatni bo’rttirib, voqealarni o’ta fantastik liboslarda bayon etadi. Bizning nazarimizda, tasvir ob’ekti me’yoridan oshirilib, buzib berilayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida bunday emas.
Ertaklarda hayot voqeligi fantastik libosda beriladi. Bunday libos xalqimiz uchun istalgan maqsad va g’oyalarni ilgari surish uchun qulayliklar tug’diradi. Ertaklarni o’qir ekanmiz, biz ajoyib va g’aroyib o’lkalarga safar qilamiz, devlar va ajdaholar, sehrgar va jodugarlarni uchratamiz. Ammo ertak nihoyasiga yaqinlashib borar ekan, biz hayotiy voqealarga qaytamiz. Ertak qahramonlari barcha yovuz kuchlar ustidan g’alaba qilganligi bizni quvontiradi, yengil nafas olamiz.
Ertaklarning qiziqarli va ta’sirli bo’lishini ta’minlashda boshqa janrlarning o’rni va ahamiyati katta bo’ladi. Chunki ertaklar bag’ridan qo’shiqlar, topishmoqlar, tez aytishlar, maqol va matallar o’rin olar ekan, ertaklar tag’in ham mazmunli va tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi asarlar bo’ladilar. Masalan, ayrim ertaklarda maqollar ko’p qo’llaniladi, hatto maqollar ertakning nomiga aylanishi ham mumkin. «Botir echki» ertagida «o’zingni bil, o’zgani qo’y», “Qambarjon» ertagida «Itining fe’li egasiga ma’lum», «Hasan va Zuhra» ertagida; «Qush tilini qush biladi» maqollari ertakning badiiyligini oshirib qolmasdan, balki uning g’oyasini ham oydinlashtirgan.8
8 Qarang: Afzalov M., Rasulov X., Husanov Z. O’zbek xalq ertaklari. Toshkent,1963.-7-b.
Ertaklarning qiziqarli va o’qimishli bo’lishida topishmoq janrining ham hissasi bor. Ertaklarning qahramonlari sehrli vositalarni qo’lga kiritish uchun yoki malikaga uylanish uchun topishmoqning javobini topishlariga to’g’ri keladi.
Masalan, «Baliqchi va Malika» ertagining qahramoni sehrli kavushni qo’lga kiritish uchun sehrgarning uchta topishmog’ini topishi kerak edi.Bular quyidagilar:
«Qanday narsa suvdan chiqadi-yu, qaytib suvga tushmaydi?» (Baliq);
«Qanday narsa suvga tushadi-yu, qaytib chiqmaydi?» (Yomg’ir); «Qanday narsa suvga tushadi-yu, yana qaytib chiqadi, ammo hech yeriga suv tegmaydi?» (Oy)
Ko’rinib turibdiki, topishmoqlarning ertak tarkibida uchrashi, bu ertaklarning o’quvchilarini tag’in ham qiziqtiradi, o’ylantiradi, fikr qilishga majbur qiladi. Ular javoblarni bilib olganlaridan keyin qoyil qoladilar, ularning zehni ortadi, saviyasi yuqorilashib boradi.
Ertaklarda maqol, matal, topishmoq, qo’shiqlarning uchrashi ertaklarning badiiyligini oshiradi, o’quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, qisqasi, ertakning o’quvchi ongiga oson singishiga yordam beradi.
Madaniy-ma’naviy, badiiy ozuqa olishning imkoniyatlari ko’p bo’lgan bizning davrimizda ham ertaklar o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Hozir ham bolalar bor oilalarda kunda bir-ikki ertak aytiladi. Radio va televidenie orqali ertaklar hikoya qilinadi yoki ular asosidagi filmlar namoyish qilinadi. Bolalarning eng sevimli asarlari ham ertaklarga to’g’ri keladi.

    1. Download 95,43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish