Bmt tashkiloti va uning tarixi


-2002 yillari BMTda o`tkazilgan islohotlar solnomasi



Download 233 Kb.
bet37/41
Sana31.12.2021
Hajmi233 Kb.
#241011
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
BMT va uning tarixi

1996-2002 yillari BMTda o`tkazilgan islohotlar solnomasi

1996 yil

17 dekabr

Bosh kotib Kofi Annan mazkur lavozimda faoliyatini boshlashi munosabati bilan so`zlagan nutqida o`z faoliyati davomida amalga oshirajak quyidagi vazifalarni qayd qilib o`tdi:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yanada ixcham, yanada ratsional va samarali, a`zo mamlakatlarning talab va ehtiyojlariga yanada e`tiborliroq bo`lishini, o`z oldiga yanada real vazifa va majburiyatlar qo`yilishini ta`minlash.

1997 yil

Yanvarning oxiri

Bosh kotib BMT departamentlari, jamg`armalari va dasturlarini to`rt guruhga bo`ldi: tinchlik va havfsizlik, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar. gumanitar masalalar va rivojlanish.



1 fevral

Bosh kotib, mazkur lavozimdagi faoliyatini boshlaganidan so`ng bir oy o`tgach, Davosdagi (Shveytsariya) Jahon iqtisodiy forumida biznes vakillarini qashshoq davlatlar iqtisodiyotiga yanada ko`proq sarmoya kiritish va BMT departamentlari, jamg`armalari va dasturlari bilan kengroq hamkorlik qilishga chaqirdi.



17 mart

Bosh kotib Bosh Assambleya Raisiga yo`llagan xatida o`zining tashkiliy islohot dasto’rining "birinchi bosqichi" to`g`risida ma`lumot beradi:

uch departamentni Iqtisodiy va ijtimoiy masalar bo`yicha yagona departamentga (IIMD) birlashtirish;

Kotibiyatning ma`muriy harajatlarini byudjetning 38 dan 25 foizigacha qisqartirish borasida chora-tadbirlar ko`rish;

rezident-koordinatorning BMT "davlatlar guruhi" rahbari sifatidagi rolini kuchaytirish va binolar va xizmatlardan umumiy foydalanishga harakat qilish.

27 iyun

1997 yil aprelda Bosh kotib tomonidan ta`sis etilgan BMTning jamoat axboroti jabhasidagi faoliyati yo`nalishini o`zgartirish bo`yicha maxsus ishchi guruh "Global nazar, mahalliy ovoz - BMT uchun strategik kommunikatsiya dasturi" (A-AC.198-1997-CRP.1) ma`ruzasini taqdim etdi. Ma`ruzada BMT "bayonotlarini" ommaga yanada g`ayrat va aniq maqsad bilan yetkazish maqsadida Jamoat axboroti departamenti ishining yo`nalishini o`zgartirish yo`llari va usullariga oid takliflar bildirilgan.



14 iyul

Bosh kotib "Birlashgan Millatlar Tashkilotini yangilash: islohotlar dasturi" (A-51-950) ma`ruzasini taqdim etdi. Ma`ruza ikki qismdan iborat. Birinchi qismida o`tkazilajak islohotlarning asosiy yo`nalishlariga oid umumiy ma`lumotlar berilgan. Alohida e`tibor Bosh kotib tomonidan tuzilayotgan rahbariyat va boshqaruvning yangi tizimiga qaratildi. Shuningdek, Bosh kotib qabul qilgan va BMTga a`zo davlatlarga taklif etayotgan har bir sektordagi asosiy chora-tadbirlar umumlashtirilgan. Ma`ruzaning ikkinchi qismi islohotlarning umumiy paketi hamda aniq amallar va takliflarni chuqurroq mulohaza etishga bag`ishlangan.



16 iyul

Bosh kotib Bosh Assambleyaga o`z rejasining "ikkinchi bosqichi"ni quyidagicha taqdim etdi:

sektorlarni o`z ichiga olgan guruhlar koordinatorlari, mintaqalardagi komissiyalar rahbarlari va Bosh kotibning boshqa o`rinbosarlaridan tashkil topajak yetakchi rahbarlar guruhini tashkil etish;

BMT Rivojlanish dasturlari, BMTning aholishunoslik bo`yicha jamg`armasi va BMT Bolalar jamg`armasini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish masalalari bo`yicha guruhiga birlashtirib, ishining "umumiy chegaralarini" belgilab qo`yish;

BMTning jinoyatchilik, giyohvandlik va terrorizmga qarshi kurashga yo`naltirilgan faoliyatini Giyohvandlikni nazorat qilish va jinoyatchilikning oldini olish yagona boshqarmasiga birlashtirish;

Bosh Assambleyaga ayrim departament va muassasalar faoliyati doirasidan tashqaridagi ishlarga rahbarlikni takomillashtirish va nazorat qilishni yaxshilash maqsadida Bosh kotibning birinchi o`rinbosari lavozimini tashkil etishni taklif qilish;

Bosh Assambleyaga 2000 yilda "Ming yillik Assambleyasini" chaqirishni taklif etish;

Gumanitar masalalar bo`yicha departamentni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi sifatida qayta tashkil etish.



25 iyul

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) rivojlanish sohasidagi siyosatni muvofiqlashtirish borasida bretton-vud muassasalarida Xalqaro valyuta jamg`armasi boshqaruvchi-direktori Mishel Kamdessyu, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Renato Rujero, Jahon banki vitse-prezidenti Jan-Fransua Rishar hamda BMTning Savdo va rivojlanish bo`yicha konferentsiyasi (YuNKTAD) bosh kotibi Rubens Rikupero ishtirokidagi oliy darajadagi yig`ilishda muloqotga kirishga oid rejasini ma`qulladi.



15 sentyabr

BMTning Bosh qarorgohi Jenevada bo`lgan Inson huquqlari bo`yicha dasturlari Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari yagona boshqarmasiga birlashtirildi; Oliy komissar lavozimiga Meri Robinson tayinlandi.



22 sentyabr

Bosh kotib Bosh Assambleyaning "Islohotlar Assambleyasi" deb nom olgan 52-sessiyasida o`z takliflari bilan chiqdi.



4 noyabr

Bosh kotib "Birlashgan Millatlar Tashkiloti islohoti: chora va takliflar" yalpi majlisi ochiq norasmiy kengashlarida bayonot berdi.


19 dekabr

Bosh Assambleya BMT Bosh kotibining islohotlar dasto’rini ma`qullovchi 52-12 rezolyutsiyasini qabul qildi.




Download 233 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish