Ana shu tuyg’ularni xis qilgan Shamsi Saloh tund, biroz oliftaroq, jimjima
narsaga o’ch,
biroz kibirliroq, hamma narsaning go’zal bo’lishini istovchi va
hamisha shunga intiluvchi, hashamli va jilvali narsalarni sevuvchi, har bir
manzaraning nihoyatda zebo tomonlarini ko’ra oluvchi, nafis tashbehlarga ustasi
farang, yashashi va kiyinishida ham o’ta ziyolilik barq urib turuvchi kishi edi; u
hayotga ham, tevarak-atrofga ham mana shu ziyolilik “ko’zoynagi” bilan qarardi.
U Muazzamni uch kundan so’ng o’sha qamish chayla oldida uchratdi.
Yozuvchi
Muazzam bilan kitobxonni quyidagicha tanishtiradi: “...u endigina yigirma birga
kirgan, muallimlar bilim yurtini tugatgan, lekin orada bola bo’lib qolgani va
Otaqulni sovxozning chekkasiga birigadir qilib tayinlanganliklari uchun ishga
o’rnasha olmagan, mana ikki yildan beri olti-yetti oyi shu yerda, ko’rimsiz
chaylada o’tar edi. U bir oz mustarlikka moyil, ta’sirchan, ancha ziyrak kelinchak
edi. Otaqul haftalab uyga bormay,
shiyponda yotib qolavergach, issiq-sovug’idan
xabar olib turish uchun u maktabda dars berish istagini ham tashlab, mana shu
chaylaga ko’chib kelgan edi. Bu yil bolasi uch yashar bo’lib qolgani tufayli uni
qishloqqa, qaynonasining qo’liga tashlab kelgan, o’zi esa eri bilan besh oydan beri
dalada edi. Xo’sh, u haqda yana nima deyish mumkin, darvoqye, u rostdan ham
juda suluv edi”
2
. Muazzamning suluvligini qayta-qayta ta’kidlagan yozuvchi “u
suluv juvonlarga ato etadigan barcha fazilatga ega edi – o’ta sodda va ko’ngli
bo’sh edi, vujudidan qishloq kesagining isi kelib turardi”, - deya ta’rifu
tavsifni
tugatgan. Ammo “vujudidan qishloq kesagining isi kelib turishi” muallifning suluv
juvon haqidagi avvalgi nozik ta’riflarini bir qadar dag’allashtirmaydimi? Agar
chuqurroq fikr qilinsa, bu o’rinda yovuvchi ayolning suluvligi ustiga undan ona
zamin isi kelib turishi yanada yoqimli, tarovatli kayfiyat uyg’otishini, bil’aks,
suluvlik mohiyatini ham ayolning ayni ona zamin isi-yu ranglariga mos tabiiy
go’zalligi tashkil etishini ta’kidlash maqsadida qo’llaganligiga amin bo’lamiz.
Afsuski, cho’kayotgan tun, qizargan shafaq, churalay aytib, sigir sog’ayotgan suluv
ayol, dala uzra yugurib yurgan kuzgi shabada... bular hammasi naqadar uyg’un,
naqadar go’zal va betakror ediki, Shamsi Saloh bularning bariga yot, begona odam
edi. Shu bois Momo qo’shiq ham, bu manzara, atrofdagi tabiiy go’zallik – bari
uniki emas edi, uning tasavvuriga zid o’ta jo’n va sodda, ayni chog’da go’zal edi!
Shamsi Saloh uni hayratga solgan go’zallik ana shu jo’nlik, soddalik, samimiylikka
uyg’un ekanini idrok eta olmaydi. Muazzam uning nazarida boshqa dunyo va
boshqa hayot uchun tug’ilganday edi. Chaylada hamma
narsa betartib sochilib
yotar, u odam yashaydigan joydan ko’ra ko’proq tovuq katagiga o’xshardi, bu
yerda hamma narsa qo’pol, ko’rimsiz, xunuk edi. U mana shu qora turmushning
baxtsiz asoratini izlab Muazzamning ko’zlariga tikildi, biroq bu ko’zlar Shamsi
Salohga noma’lum bo’lgan baxtdan yayrab turar, o’zidan baxtsizlik izlayotgan
sovuq ko’zlarga yal-yal yashnab boqardi. Shamsi Saloh qanchalik urinmasin, bu
ko’zlarning sirlarini anglay olmadi, bu juvon nigohlari
ortidagi baxtsizlik
alomatlarining asl sabablarini idrok eta olmadi. “U o’z baxtsizligini odamlardan
ustalik bilan yashirishga urinyapti”, - deb o’yladi. “Ha, u baxtsiz, ammo unga bu
og’ir va zahmatli sharoitdan qutilib, o’z baxtini topish yo’lini ko’rsatish kerak”, -
deb o’yladi va Muazzamni shaharga olib ketish rejalarini tuzdi. Go’yo bu ayolning
chinakam baxtga erishishida Shamsi Saloh kabi tushungan, qo’li uzun, san’atni,
iste’dodni qadriga yetadigan homiy zarurday.
“- Men sizni o’qitish uchun hamma narsani gaplashib qo’ydim. Siz faqat
borsangiz bo’ldi – qo’lingizni sovuq suvga urmaysiz. Faqat ovozingizni parvarish
qilish bilan mashg’ul bo’lasiz; o’qiysiz, o’rganasiz, eng muhimi – yaxshi,
bilimdon, dardi katta odamlar ichida bo’lasiz... Bu yerda esa – mana bu dala, mana
bu paxta, mana bu chang-g’ubor, anavi chayla, chivinlar, sassiq suv, isqirt qozon,
har yili oldi-keti o’ylanmay tug’ilaveradigan kasalvand va chuvrindi bolalar, johil
odamlar, tappilar, tezaklar orasida xor bo’lasiz. Bu yerda na ilmu fanni, na
san’atni, na qo’shiqni tushunishadi; hammalari ota bobolaridan qolgan kataklarda
itday turmush kechirishadi. Bu yerda xor-zor bo’lasiz.
- Meni kechiring, sizni ancha urintirdim... Bizning ham yelkamizga bir kun
oftob tegar, biz o’qimasak, bolalarimiz o’qir,
har qalay, hamisha shunday qoloq
bo’lib qolmasmiz. Agar qo’lingizdan kelsa, ana qishlog’imizda qancha baxtiqaro
ayollar bor, o’shalarga yordam bering... Mening ildizim shu yerda! Shu odamlar
orasida, men boshqa joyda ko’karmayman”
1
.
Shamsi Saloh bu ayolni eridan, tug’ilgandan beri yashab kelayotgan,
johilligi-yu qoloqligi bilan birga qadrdon bo’lib qolgan odamlardan,
hatto har bir
kesagigacha oyog’ining hidiga o’rnashib ketgan bu dalalardan ajratib bo’lmasligini
ich-ichidan his qildi. Qarshisidagi yig’layotgan ayolga o’xshash bepoyon dalalar
bilan shu ayol o’rtasida qandaydir, o’zi tushunmaydigan mutanosiblik borligini his
etdi; o’zining quruq, balandparvoz, puch gaplari bilan Muazzamlar hayotini, yurt
tashvishlarini yengillashtira olmasligini ichdan tan oldi, bo’g’izi achishdi,
oddiygina haqiqatni anglaganday bo’ldi: bog’ ko’rkam va so’lim bo’lishi uchun
bitta daraxtni emas, butun bog’ni obod qilish kerak! Ana shu badiiy umumlashma
Muazzam va Shamsi Saloh obrazlarining o’ziga xos badiiy talqini vositasida
yaratilgan. Binobarin, san’at va adabiyot ravnaqini
belgilovchi asosiy estetik
tamoyillaridan biri – hayot hodisalari va inson shaxsini yangi tomonlardan kashf
etish hisoblanadi. “Momoqo’shiq”dagi qahramonlar faqat shu jihati bilangina
diqqatga sazovor emas, balki asarda qalamga olingan manzaralar, xilma-xil
odamlar beixtiyor yozuvchi tug’ilib o’sgan makon haqida, u yerning bag’ri keng,
dag’al, ammo sodda va samimiy odamlari haqida to’la tasavvur beradi,
qishloq
manzaralari mahorat bilan gavdalantiriladiki, kitobxon beixtiyor o’zini ona
zaminning ajralmas bo’lagi ekanini anglab boradi.
Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasi 1986 yilda, ya’ni yozuvchi
endigina yigirma uch bahorni q arshilagan chog’ida “Yoshlik” jurnalida e’lon
qilingan edi. 1989 yilda bu asar G’afur G’ulom nomli Adabiyot va san’at
nashriyotida alohida asar sifatida nashr qilindi
1
. Bu qissada ham yozuvchi
“Shamolni tutib bo’lmaydi” hikoyasidagi kabi Tersota qishlog’i hayotini qalamga
olgan. Voqyealar qirq to’rtinchi yil dekabrining boshlarida Normat polvonning bir
oyog’idan ayrilib urushdan qaytishi haqidagi xabar bilan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: