Malakaviy ishning qo’lyozma nusxasi tugatilgach, ilmiy rahbar ruxsati bilan
kompyuterda teriladi.
Qo’lyozma matnini kompyuterga tushirish jarayonida ketma-ketlik buzilmasligiga jiddiy
e’tibor berish kerak. Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa betlarga o’tkazish man etiladi.
Yangi fikr ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar matnda xorij tilida kelgirilgan
so’zlar, qo’shimchalar bo’lsa, ular asliga to’g’ri holda to’laligicha yozilishi kerak. Malakaviy
ishda raqamli materiallar jadval shaklida berilishi maqsadga muvofiqdir. Mazmun jihatdan ular
analitik va ish jadvallariga bo’linadi. Analitik jadvallar o’rganilayotgan
muammoni yoritib
beruvchi umumiy xulosalar va sharxlarni talab etadi. Malakaviy ishda analitik materiallarning
ko’p bo’lishi ma’lum darajada talabaning o’zi tadqiq qilayotgan muammoni tushunish darajasini
ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharxlab berish, statistik
ko’rsatkichlar tizmini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Qaysi manbadan olinganligani ko’rsatmay turib, matbuotda chop etilgan jadvallardan
foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan hollarda jadvalning nomi
albatta qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning davomi» deb yozib qo’yilishi kerak.
Malakaviy ishning har bir bobi yangi betdan yoziladi. Bobning nomi yoki sarlavhalari asosiy
matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak. Bobning nomidan keyin paragraf nomi
yoziladi.
Malakaviy ish talabaning istagi bo’yicha o’zbek, rus va xorijiy tillarda yozilishi mumkin.
Betlarning tartib raqami varaqning yuqori o’ng tomoniga qo’yiladi.
Malakaviy ishning sar
varag’i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi (Ilova ) va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
malakaviy ish nomi 16 shriftda;
muallifning ismi, familiyasi va sharifi 12 shriftda; malakasi
12 shriftda; kafedraning nomlanishi 12 shriftda; ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi.
Izoh. Tadqiqot
mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, malakaviy ish
hamda so’z boshi katta harflarda teriladi.
Malakaviy ishni Times New Roman shriftida bajarish maqsadga muvofikdir.
Malakaviy ish A4 shaklidagi qog’ozning chap tomonidan 2.5 sm, o’ngdan 1.5 sm, yuqori
va pastdan 2 sm dan kam bo’lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi.
Tugallangan malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni avval, kafedradagi
dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan taqriz beriladi (Ilova ).
Ba’zi materiallar malakaviy ishning oxirida ilova sifatida berilishi mumkin. Malakaviy
ish tipografiya talablariga mos ravishda muqovalangan bo’lishi lozim.
Mavzuni bayon qilishda avvalambor bu mavzuni mohiyatini ochib berish, ikkinchidan
qo’yiladigan masalalar va ularni yoritilishi bir biriga bog’liq holda bo’lishi lozim.
Shu bois
malakaviy ishga qo’yilgan asosiy talablardan biri tanlangan mavzuni chuqur va qamrovli bayon
qilish, ko’rilayotgan savollarni uzviy bog’liqlikda yoritib berish. Malakaviy ishda ko’riladigan
savollar uning maqsadini ochib berishga qaratilgan bo’lishi lozim. Malakaviy ish matnida uning
mavzusiga taaluqli bo’lmagan mant va amaliy materiallar keltirilmaydi. Barcha paragrflarda
g’oya birligi va izchilligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat hollarda malakaviy ishning birinchi
bobida tanlangan mavzuning nazariy jixatlari yoritiladi. Unda talaba shu mavzuni nazariy
jixatdan qanchalik darajada bilishini, turli mualliflarning asarlari va shu soxadagi fikrlarini
o’rganganligini, mazmuniy va mantiqiy jixatdan tadqiqot qilinayotgan mavzuga o’z
fikrini
bildira olishini ko’rsata olishi juda muhim sanaladi. Biror fikr yoki ta’riflarni keltirganda yoki
ularni qiyosiy taqqoslaganda ular o’z asliga to’g’ri xolda, hyech qanday qo’shimchalarsiz
qo’shtirnoq ichida (........) keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi,
nashr joyi, nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Malakaviy ishni bajarish uch bosqichda quyidagi amalga oshirish texnologiyasi bo’yicha
bajarilishi mumkin:
Malakaviy ish loyihasi tavsifiy xususiyatlar,
amalga oshirish texnologiyasi
Ayrim hollarda agar talaba izlanish mobaynida o’rganilayotgan masalani yangi qirralarini
ochsa, malakaviy ish mavzusiga va rejaga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Shu bilan birga agar
o’rganilayotgan mavzu bo’yicha korxonaning ma’lumotlari tijorat siri bo’lib talaba berilmagan
va shunga o’xshash boshqa hollarda ham talaba malakaviy ish
mavzusini hamda amaliyot
bazasini o’zgartirish huquqiga ega.
Malakaviy ish oliy o’quv yurtining, odatda, ushbu maksadga maxsus ajratilgan
xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish korxonalar, muassasalar, ilmiy,
loyixalash
va boshqa muassasalarda bajarilishi mumkin.
Malakaviy ishning bajarilishi kalendar grafigini nazorat qilish kafedra hamda dekanat
tomonidan amalga oshiriladi.
Malakaviy ish loyihasi
Malakaviy ishning tayyorlash ilmiy tadqiqot mantiqiga bo`ysunib haqiqiy
ilmiy tadqiqot tizimiga o`xshash yoki aynan shunday tuzilmaga ega
1.1.
malakaviy ish mavzusining dolzarbligini aniqlash
1.2. Malakaviy ish muammosini, uning predmeti va ob`ektini
shakllantirish
1.3. Qaror tahminini
oldinga sursh
1.4. Malakaviy ish vazifalarini belgilash
1.5. Ma`lumotlar manbalarini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: