1.4. Tana tuzilishi, konstitusiyasi
1.5. Bo'yi
1.6. Tana vazni, ovqatlanishi
1.7. qaddi-qomati
1.8. Yurishi
1.9. Boshi, yuzi, og'zi, burni, bo'yin ko'rinishi
2. Teri holati
3. Teri osti yog' qatlami
4. Limfa tugunlari holati
5. Mushak tizimi holati
6. Suyak tizimi holati
7. Bo'g'imlar holati
10. Чақалоқлар рефлекслари (камида 10 та рефлексни айтиб беринг).
Chaqaloq bir qator — 3 toifaga bo’linadigan reflekslar bilan tug‘iladi,
umrbod_muslahkam avtomotizmlar, tranzitor harakatga keltiradigan,
analizator
rivojlanish darajasi spesifik sharoitini ko‘rsatadigan rudimentar reflekslar; endi
paydo bo‘!gan va shuning uchun tug‘ilgandan keyin darhol aniqlanmagan
reflekslar yoki avtomatizmlar.
Xartumcha refleksi. Bolaning o g ‘ziga asta urganda aylanma o g ‘iz mushagining
qisqarishi yuzaga kelib, lablar xartumcha shakliga keladi.
Q idiruv refleksi. Bolaning og‘iz burchaklarini silaganda (lablarga tegish mumkin
emas)
lablaming pasayishi, tilning chetlashishi, boshni silagan kishi tomoniga
yo‘na!ishini ko‘rish mumkin. Refleks bola emishidan oldin yaqqol ko‘rinadi. Bir
yoshga to‘lgach bu refleks yo‘qoladi.
Emuvchi reflekslar. Agar bolaning og‘ziga ko‘krak
uchi tutilganda, u faol ema
boshlaydi. Bu bir yoshga to‘lgach yo‘qoladi.
Orbikulopalpebral refleks. Orbitaning yuqori yoyiga qo‘l tekkizganda tegishli
tomon ko‘z qovog'i yumiladi. Bu faqat 6 oylikkacha saqlanadi.
Babkinning k aft-o g’iz refleksi. Bolaning kaftini
bosh barmoq bilan bosganda
(tenor oldini) uning og‘zi ochilib, boshi egiladi. Bu uch oygacha saqlanib, keyin
yo‘qoladi.
Ushlash refleksi. Bu refleks bolaning kaftiga barmoqni qo‘yganda hosil bo‘ladi,
bola barmoqni tutib, qattiq ushlaydi, hatto bunda bolani yengilgina ko‘tarish
mumkin bo‘ladi (Robinson refleksi). Buni oyoqlarda qilish mumkin. Bunda
bolaning oyoq kaftini II-III barmoqlar
orasi negiziga bosilsa, oyoq barmoqlari
buklanadi. 2-4 oygacha saqlanadi.
Moro refleksi. Bu refleks turli yo‘llar bilan hosil qilinadi: shifokor qoMida bolani
tutib turib, uni birdaniga 20 sm pastga tushirib, keyin yana ko‘targanda va bola
yotqizilgan stol ustini urganda (b o lan in g boshidan 15-20 sm uzoqroqda) bu
reaksiyalarga bola quyidagicha javob beradi. 1. Qo‘llarini ikki chetga qiladi yoki
barmoqlarini yozadi. 2. Yana boshlang'ich holatga qaytaradi. Bunda ushlashga xos
harakat yuzaga keladi. Bu 4 oygacha saqlanib, keyin yo‘qoladi.
Kernig refleksi. Chalqancha yotgan bola o yog‘ini chanoqson va tizza bo‘g‘imlari
joyidan buklab, keyin tizza bo‘g‘imini tiklashga harakat qiladi. Ijobiy refleks
holatida buni qilib bo‘lmaydi. Bu 4 oygacha saqlanadi.
Tayanch refleksi. Shifokor bolani qo‘ltig‘idan ushlab, boshini ko‘rsatkich barmoq
bilan tutib turadi. Bu holatda k o ‘tarib tu rilg an b o la oyoqlarini chanoq son va
tizza bo‘g‘im iariga buklaydi.
Tayanch holatiga keltirilib, bolani yarim bukilgan
oyoqlarida «turishini» ko‘rish mumkin. Bu 2 oylikkacha saqlanadi.
Avtomatik yurish refleksi. Bolani tayanch holatida tutib,
uning gavdasini
yengilgina oldinga egiladi, bunda u qo'llarini harakatlantirmasdan, oyoqlari bilan
yurish harakatlarini qiladi. Bu refleks 2 oydan keyin yo‘qoladi.
Labirint tonus refleksi. Bu boshning holatini o‘zgartirish bilan hosil qilinadi.
Chalqancha yotgan bolaning bo‘yin, orqa va oyoqlarini to‘g‘rilovchi tonus yuqori
bo‘ladi.
Gavda to‘g‘rilovchi reaksiya. Oyoq kafti tayanchga tekkanda, bola boshini to‘glri
tutadi. Bu reaksiya 1 oydan keyin shakllanadi.
Oddiy bo‘yin va gavda o ‘rnatish refleksi. Boshni bir tomonga qayirish gavdaning
ham o‘sha tomonga qayirilishiga olib keladi. Lekin birinchi ko‘krak bo‘limi, keyin
tos suyagi bo‘limi qayiriladi. Bu refleks tug'ilgandan keyin paydo bolib, 5-6 oydan
keyin shakli o ‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: