nuqsonlari, ikkinchi o'rinda skelet tug'ma displaziyasi turadi. Ular xondro- va
osteodisplaziyaga bo'linadi va skeletning turli xil deformatsiyasi bilan kechadi,
bolaning o'sish jarayonida yuzaga keladi. Erta yoshdagi bolalarda orttirilgan
suyak kasalliklaridan raxit ko’p uchraydi, unda suyaklar yumshoqligi, suyaklarning
yoysimon
qiyshiqligi, oyoqlarning O va X-simon qiyshiqligi, shuningdek raxitik
gidrosefaliya uchraydi. Orttirilgan suyak kasalliklaridan ba'zida osteomielit uchrab
turadi. Maktab yoshidagi bolalarda suyak to'qimasining jarohatlanishi ko'p
kuzatiladi. Suyak sinishlari. Suyak tizimini ob'ektiv tekshirish ko'rik, palpatsiya va
o'lchash bilan o'tkaziladi.
Ko'rikni yotgan, o'tirgan va tik turgan holatda, qo'llari erkin tushgan holda
o'tkazish kerak. Keyin boladan yotish, otirish, qo'l-oyoglarini bukish,
ochish va
boshqalar talab qilinadi. Kichik yoshdagi bolalarda suyak - boqim tizimini
baholash uchun bola oynayotgan vaqtda uni kuzatish kerak. Old tomondan korik
bosh, boyin, ko'krak qafasining shakli, xolati va proporsiyasini aniqlashga yordam
beradi. Orqa tomondan ko'rikda kurak, umurtqa pog'onasi, oyoq-qo'l bo'g'imlari
burchaklari bukilishi va yozilishiga e'tibor beriladi.
Suyak tizimi quyidagi ketma-ketlik tartibida tekshiriladi: bosh, umurtqa
pog'ona, ko'krak qafasi, oyog va qo'llar. Bosh ko'rigida uning olchami va shakli
aniqlanadi, bosh aylanasi o'lchanadi. Normada bosh aylana shaklida bo´ladi.
Paypaslash
bilan liqildoq,
choklarning holati, suyaklarning zichligi aniqlanadi.
Paypaslash ikkala qo'l bilan o'tkaziladi, bosh barmoq peshonaga, kaft, chakka
soxasiga, o'rta va ko'rsatgich barmoqlar bilan tepa suyaklar tekshiriladi, ensa
sohasi, choklar va kichik liqildoq ham tekshiriladi.
Katta liqildoq peshona va tepa suyaklar o'rtasida joylashgan, to'g'ri romb
shaklida bo´ladi. Kichik liqildoq ensa va tepa suyaklar o'rtasida joylashgan.
Tug'ilgandan keyin ko’pgina chaqaloqlarda kichik liqildoq yopiq, 25% bolalarda esa
4-8 haftada yopiladi. Yetuk tugilgan bolalarda yon lihildoqlar yopiq bo´ladi.
Chaqaloqlarda o'qsimon, ensa choklari ochiq va 3-4 oylikda yopiladi. Katta
liqildoqni paypaslab, liqildoq o'lchami aniqlanadi, liqildoqning ikkita qarama -
qarshi tomonlaridagi masofasi o'lchanadi, diagonali bo'yicha o'lchanmaydi.
Tug'ilganda katta likildoq o'lchami 2,5x2,5 sm yo’ki 3,0x3,0 smga teng, 1-1,5
yoshda katta liqildoq yopiladi (normada). Oxirgi yillarda, uning 9-10
oylarda
yopilishi kuzatilmoqda. Boshni ko'rish vaqtida kallaning miya va yuz qismi
taqqoslanadi, ularning taqqoslanishi bolaning biologik shakllanishini belgilaydi.
Miya va yuz qismini taqqoslash erta yoshdagi bolalarda 2:1, kattalarda 1:2 ga
teng. Ko'krak qafasini ko'rganda uning shakli baholanadi. Chaqaloqlarda ko'krak
qafasi shakli bochkasimon, ya'ni old-orqa o'lchami ko'ndalangiga teng. Ko'krak
qafasi keng va kalta. Maksimal nafas olish holatini egallaydi, qovurg'alar gorizontal
joylashgan. Erta yoshdagi bolalarda silindrik, 7-8 yoshdan keyin epigastral burchak
o'lchamini aniqlash uchun quyidagi usul qollaniladi: ikkala qo'l kafti qirrasi
(qovurg'asi) bilan to'sh va qovurg'alar yoyi o’rtasitda
hosil bolgan burchak
tomonga yo'naltiriladi, 15- yoshda - ko´krak qafasi ko'ndalang diametri
kattalashadi.
Mushak tizimini tekshirishda mushak vazni yoki rivojlanish darajasi
aniqlanadi. Tonusi, kuchi, shuningdek hajmi va harakat xarakteri baholanadi.
Mushaklarning og'irligi, mushaklarni ko'rish va paypaslash bilan aniqlanadi,
bolaning tanasi va oxirlari xolatiga qarab, mushaklar tonusi vizual baholanadi.
Sog'lom chaqaloqlarning qo'llari tirsakka bukilgan, tizza va son qorniga tortilgan
bo´ladi. Mushaklar
tonusi palpator aniqlanadi, navbat bilan turli xil muskul
guruxlari palpatsiya qilinadi, oxirlar sekin bukiladi va yoziladi. Ko'krak
yoshidagi
bolalarda yuqori oxirlar muskul tonusi traksiya sinamasi yordamida tekshiriladi.
Orqasi bilan yotgan bola kaftidan ushlanib va sekin o'ziga tortiladi, uni o'tirgan
holatga keltirishga harakat qilinadi. Bola oldin qo'llarini ochadi, keyin xuddi
shifokorga yordam bergandek butun tanasi bilan tortiladi. Ko'krak yoshidagi
bolalarda mushak kuchi o'yinchoqni olib qo'yish bilan aniqlanadi, katta yoshda
(5-6 yosh) dinamometr yordamida tekshiriladi. Shifokor passiv harakatlar hajmini
aniqlaydi, bo'g'imlarni bukish va yozish bilan aniqlanadi, bo'g'imlarda aktiv
harakatlar hajmini bola o'zi aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: