Yakkabog' tumani XTBga qarashli 59-umumiy o'rta ta'lim maktabining amaliyotchi psixologi Yarmatova Gavharning 2020-2021-o'quv yili oktyabr,noyabr oylarda bajargan ishlari
HISOBOTI.
Maktabning yillik ish rejasi bilan tanishib chiqdim.Ish rejaga asoslangan holda quyidagi ishlar amalga oshirildi. O'qituvchilarni va o'quvchilarni pandimiyadan keyin maktabga moslashuv jarayonini kuzatildi. Kuzatishlar asosida1-sinf o'quvchilaridanO'quv motivini baholash(N.G.Luskanovanining metodikasi). Dastlabki o'quv jarayoniga bo'lgan intilish aniqlandi. O'quv motivi past bo'lgan o'quvchilarni ota-onalar yig'ilishida aziz ota-onalar har bir inson o'z farzandiga e'tiborliroq bo'lishligi va farzandining kelajagi o'z qo'lida ekanligi,qolaversa bizdan esa ma'suliyat hissini yanada oshirilishi ta'kidlab o'tildi.5-sinf o'quvchilaridan moslashuv jarayonini aniqlash maqsadida o'ntalik savolnoma asosida birinchi muhitdan ikkinchi muhitga moslashuv jarayoni aniqlandi.
10-11-sinf o'quvchilariga kasbga yunaltirish bo'yicha pedagog xodimlarga biriktirilganligi aytildi. Bu yil alohida Yakkabog' tajribasi o'rganilishi o'quvchilar o'qishi davomida kasb-xunar o'rganib borishi yuzasidan tushunchalar berildi. Sinf rahbari bilan xamkorlikda o'quvchilarni kasbga yo'naltirishda biriktirilganligi va biriktirilgan kasb egalari bilan fikr almashishi o'chquvchilarga tushuntirildi.7-sinf o'quvchilarida uslubiy qo'llanma asosida Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash testi, Maksadga intilish testi, o'quvchilarni qiziqishlarini aniqlash so'rovnomasi tashkil etildi.
Metodika natijalari o'quvchilarga tekshirilib tahlili o'quvchilarga yetkazildi.2-sinf o'quvchilaridan M.Karimovaning Tushunchani to'g'ri topmetodikasi o'tkazildi.7-8-sinf o'quvchilarida Kasb tanlash to'g'risida nimalarni bilasiz " mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
2-sinf o'quvchilaridan o'zlarini qay tarzda baholashini aniqlash maqsadida zina testio'tkazildi. 2-sinf o'quvchilaridan psixik jarayonlarini qay tarzda shakllanayotganligini aniqlash maqsadida Tushunchani to'g'ri top metodikasi o'tkazildi.4-sinf o'quvchilaridan psixik jarayonlarini aniqlash maksadida ortiqcha so‘zni top metodikasi o'tkazildi.
"Yakkabog‘ tajribasi" bo‘ycha 7-11-sinf o‘quvchilarini "profinovigator.uz"platformasi bo‘yicha metodikalar olindi va natijalar tahlil qilindi.Oktyabr oyida 7-sinf o'quvchilari sinflar kesimida "Tashkilotchilik qobiliyatini aniql'sh testi Odam-odam tipidagikasb egalari bilan davra suhbat tashkil etildi.O'quvchilar ,xamshira Yulduz Rahimova,Zamira Xurramova va Barno Berdiyeva kabi ustozlardan o'z kasbining yutuqlari har kasbning o'ziga xos tomonlari borligi to'g'risda fikrlar almashishdilar. 7-11-sinf o'quvchilariga Odam-texnikakasb egalari to'g'risida maktab psixologi G.Yarmatova va sinf rahbarlar tomonidan bu kasb egalari bevosita texnika bilan shug'ullanuvchi texnikaning tilini tushunishga ma'sul insonlardir deya psixologik bilim malaka va ko'nikmalar berildi. Odam texnika tipidagi kasblarga biz montajchilarni, elektriklarni, avtoservischilarni kiritishimiz mumkin.Shuningdek,o'quvchilar sayohatga olib borildi va avtoservis rahbari Sarvar Turopov o'quvchilarga texnika haqida turli misollar bilan tushuntirishlar olib bordi.9-10-11-sinf o'quvchilarida esa informatika o'qituvchilari I.Turdiyeva va H.To'rayeva kompyuterda ishlash va kompyuterda nosozliklarni to'g'rilash bo'yicha musobaqalar olib bordilar.
Biz uchun bu kasb egalarining ishlari oddiy ko'rinishi mumkin,lekin bu kasb egalarining faoliyatlari serqirra va juda murakkabdir. Xulosa o'rnida kasb tanlashda biz har taraflama o'ylab,fikrlab kasb tanlashimiz zarur.3-sinf o'quvchilaridan bilish jarayonlarini qay tarzda shakllanishini aniqlashuchun Ortiqcha so'zni top metodikasi o'tkazildi. Yuqori sinf o'quvchilarida Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish suiitsid holatlarini bartaraf etish bo'yicha voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida psixologik bilim malaka va ko'nikmalar berildi.7-sinf o'quvchilarida O'smirlik yoshiga xos xususiyatlarmavzusida tushunchalar berildi. 9-sinf o'quvchilarida suitsid holatlarini bartaraf etish maqsadida Sog'lom fikrlash psixologiyasi mavzusi tushuntirildi. 9-sinf o'quvchilarida suitsid savolnomasi olindi
Maktab direktori: М.Abdiaxatova
Amaliyotchi psixolog: G.Yarmatova
Do'stlaringiz bilan baham: |