Darsning borishi:
I. Darsning tashkiliy qismi amalga oshiriladi.
II. O'tgan dars maqollarni yoddan so'rash
III.Yangi dars mavzusi e'lon qilingach, quyidagi hikoya o'quvchilar tomonidan sahnalashtirib ko'rsatiladi:
"Birni kessang, o'nni ek Alisher Navoiy Astrobod viloyatida hokimlik qilgan kezlarida shahar tashqarisidagi baland Mr tepalikda keksa Mr terak bor ekan. Navoiy kechki payt mulozimlari Mian shu yerga kelar ekan. Ulug' shoir keksa terakning mayin shabbodada shivirlab kuylashini tinglashni xush ko'rar ekan.
Bahor kunlafining birida Navoiy har galgidek mulozimlari bilan birga g'azalxon terakni qumsab shahar tashqarisiga chiqibdi. Borib qarasaki, g'azalxon terakni kimdir o'ldirib ketibdi. Alisher Navoiy og'ir xo'rsinib, mulozimlariga qotilni topib kelishni buyuribdi. Mulozimlar tezda afti-angori sovuq, barzangidek bir kishini ot oldiga solib haydab kelishibdi. Navoiy qattiq g'azablanganidan:
- Ey qotil, nega azim terakni nobud qilding? Yo bu bilan mendan o'ch olmoqchi bo'ldingmi? — debdi. Keyin mulozimlariga bu yaramasni qirq darra uringlar deb buyuribdi-da, har darra urganda, "Birga — o'n" degan hikmatni takrorlatib turishni ham tayinlabdi. Terakni to'sinbop deb kesgan odam mahalla imomi ekan, qirq darra yegandan keyin mulla mingan eshakdek yuvosh bo'lib, tavbasiga tayanibdi. Keyin u Navoiyning "Birga — o'n" deb aytgan hikmatining ma'nosiga ham tushunib olibdi. Qotil imom shundan keyin o'sha tepalikka o'n tup terak ekib, parvarish qilishga kirishibdi.
Bir-ikki yil ichida teraklar ko'kka bo'y cho'zib, gurkirab qolibdi. Alisher Navoiy o'z mulozimlari bilan yana o'sha tepalikka kelib qarasa, yosh teraklar bahor shabadasida shivirlab kuylayotgan ekan.
Shu terak bahona bo'libdi-yu, Astrobodda bog'-rog'lar ko'paya boshlabdi. Elu yurtga fayz kiribdi"
IV.Sahna ko'rinishidan so'ng o'qituvchi quyidagi savollar bilano'quvchilarga murojaat qiladi:
1. Alisher Navoiy nima sababdan terak kesgan imomni qattiq jazoladi?
2. Siz tabiatni ardoqlashga qanday hissa qo'shasiz?
V. Darslikdan "Xonguli haqida ertak"ni ifodali o'qish.
VI. Ertakka ilova qilib berilgan savol asosida suhbat o'tkazish.
Tabiatni asrash jamiyati xodimlari qahratonning sovuq kunlarida qo'shimcha ozuqalar bilan
ta'minlab, ularga g'amxo'rlik ko'rsatishadi.
Agar har birimiz jonivorlarga munosabatimizni o'zgartirib, ularga birdek g'amxo'r bo'lsak, jonivorlar bizdan qochmay, do'stlashadilar. Shunda hayotimiz yanada chiroyli va mazmunli bo'ladi".
VII. Darsni yakunlash va o'quvchilar bilimini rag'batlantirish.
VIII Uyga vazifa: "Tabiatni asrang" hayotiy ertakni o'qib, o'z fikrini aytishga tayyorlanib kelish. MRO`TIBO`___________
Sana: Mavzu: 4-Nazorat ishi.
Maqsad:
ta'limiy: o'quvchilar bilimini nazorat qilish.
tarbiyaviy: o'quvchilarda odob-axloqqa oid tuyg'ularni o'stirish.
rivojlantiruvchi: o'quvchilarda mutahkam axloqiy qarashlarni tarkib toptirish.
Dars uslubi: an'anaviy dars. Dars jihozi: darslik.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
5
|
20
|
7
|
3
|
Do'stlaringiz bilan baham: |