Darsning borishi: I . Tashkiliy qism.
II. O'tgan mavzularni takrorlash.
III. O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi.
IV. O'qituvchi o'quvchilarga darslikdan "Buni bilib oling" shartli belgisi orqali taqdim etilgan matnni o'qitib, har bir kishi shirin so'zlik va yoqimli suhbatlasha olish fazilatiga ega bo'lishi zarurligini ta'kidlaydi.
Farzandlarim,Luqmoni Hakimkabi shirin til,to`g`ri so`z va halol bo`ling. Bir kuni Luqmoni Hakimdan so`rabdilar: -Qanday qilib bu darajaga erishdingiz? - Doimo shirin so`zli bo`ldim,to`g`ri gapirdim,omonatga xiyonat qilmadim.Shu uch xislat meni hurmatli qildi.-deb javob beribdi.
V. Didaktik o'yin: odob bilan yoqimli so'zlashish va shirinso'zlik mazmunini ifodalovchi tushunchalarni ketma-ket aytish: masalan,yomon va uyat so'zlami og'izga olmaslik, qichqirib gapirmaslik, muloyim so'zlash, "xo'p bo'ladi", "rahmat", "marhamat" kabi so'zlami ishlatish
VI. Dam olish daqiqasi: Shirinso'zlik haqida qo'shiq tinglanadi.
VII. Matnni ifodali o'qish. Darslikda taqdim etilgan "Qo'pol so'zdan saqlan" hikoyasi ifodali o'qiladi.
VIII. Unga ilova qilib berilgan rasm hamda savollar asosida suhbat
IX. Darslikda berilgan jumboqlar yechiladi (til va shirin so'zlari).
X. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi rag'batlantiriladi.
XI. Uyga vazifa: Darslikninh 24-sahifasida berilgan jumboqlarni yechib kelish.
MRO`TIBO`_____________
Sana: Mavzu: So'zlashish odobi.Yaxshi so`z.
Maqsad:
ta'Iimiy: o'quvchilarga telefonda so'zlashish odobi haqida ma'lumot berish;
tarbiyaviy: o'quvchilarda telefonda so'zlashish odobiga oid ko'nikmalarni shakllantirish; rivojlantiruvchi: o'quvchilarda telefonda so'zlashish odobi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish. Dars uslubi: interfaol dars.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.
O'tgan mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilar bilan so'zlashuv odobi haqida suhbat o'tkazish.
Yangi mavzu yuzasidan qisqacha ma'lumot berish (o'qituvchining badiiy kirish so'zi).
IV. Mavzu yuzasidan didaktik materiallar asosida suhbat o'tkazish. Bunda o'quvchilar e'tiborini muloqot holatlarining o'zaro qiyosiy tahliliga yo'naltirish va telefonda so'zlashish odobi haqida mustaqil xulosa chiqarishga sharoit yaratish
lozim.
Telefonda so`zlashish qoidalari *”Labbay” deb go`shakni ko`taring. *Suhbatdoshingiz bilan,albatta ,salomlashing. * Suhbat chog`ida”Labbay”,”Marhamat”,”Uzr”so`zlarini ishlating. * Bir joyga telefon qilsangiz,qisqa va aniq gapiring.
V. Darslikdan "Labbayga nima yetsin" hikoyasini o'qish; unga ilova
qilib berilgan savolga javob berish;
VI. Darslikdagi lug'at ustida ishlash.
Muomala - so`zlashish Hijolat bo`ling - uyaling.
VII. "Telefonda so'zlashish" haqida quvnoq qo'shiq tinglash.
VIII. Darsni yakunlash.O`quvchilar bilimini baholash.
IX. Uyga vazifa: telefonda so'zlashish odobiga oid so'zlarni yozib kelish.
MRO`TIBO`_____________
Sana: Mavzu: Yaxshi fazilat –insonga ziynat.Yolg'onchi –Yo`lchi. Maqsad:
ta'Iimiy: o'quvchilarga yolg'onning umri qisqa ekanligi haqida ma'lumot berish;
tarbiyaviy: o'quvchilarda to'g'riso'zlik fazilatlarini shakllantirish;
rivojiantiruvchi: o'quvchilarda yolg'onning umri qisqa ekanligi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish Dars uslubi: interfaol dars.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar.