Darsning borishi:
Darsni tashkil etish.
Boshlovchi-o'quvchi bugun muhokama qilinadigan mavzuni umumlashtirib e'lon qiladi: "Aziz do'stlar, biz bugun birgalikda barchamiz do'stlashish qoidalari va do'stlikni saqlab qolishning zarurligi haqida suhbatlashamiz. Bugungi suhbat mavzuimiz: "Do'stlik-ulug' tuyg'u. Do'st tanlash va tanishuv qoidalari. Do'st bo'lish osonmi?" deb ataladi.
Bir o'quvchi chiqib, do'stlashish va tanishish qoidalarini yoddan ifodali aytib beradi.
Boshlovchi-o'quvchi: Do'st topish oson emas. Lekin uni yo'qotib qo'yish juda oson. Keling, birgalashib, sinfdoshlarimiz tayyorlab kelgan sahna ko'rinishini tomosha qilaylik.
Uch o'quvchi ishtirokida "Fil bilan Maymun" ertagi sahnalashtirib ijro etiladi. O'quvchilarning biri muallif, biri Fil, uchinchisi Maymun rolini ijro etadilar. Muallif ertakni ijodali va badiiy qilib aytib beradi.
Dam olish daqiqasi. Do'stlik haqida qo'shiq tinglanadi.
Boshlovchi-o'quvchi: "Mana, aziz do'stlar, do'stlikka sodiq qolishning zarurligini o'z ko'zingiz bilan ko'rdingiz. Yo'lbars o'z qilmishidan pushaymon bo'ldi. Endi nima qilsa, uni kechirish mumkin?". O'quvchilar: "Kichiklarni xafa qilmasa, kechirish mumkin". Boshlovchi: "Biz ham uni kechiramizmi?" (O'quvchilar: "Kechiramiz").
Boshlovchi-o'quvchi: ushbu ertak "Odobnoma" darsligimizda berilgan. Qani, birgalashib uni o'qib, ostiga yozilgan savollarga javob izlab ko'raylik-chi (Boshlovchi-o'quvchi ertakka ilova qilib berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashadi).
IX. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi rag'batlantiriladi.
X. Uyga vazifa: Do'stlikni saqlab qolishning zarurligi haqida ertak yoki
maqol topib kelish.
MRO`TIBO`___________
Sana: Mavzu: Do'stlikni qadrlang .Obod mahalla.
Maqsad:
ta'limiy: o'quvchilarni turli millat va elatlar bilan do'stlashishning fazilatlari bilan tanishtirish;
tarbiyaviy: o'quvchilarda turli millat va elat bolalari bilan do'stlashishga intilishni tarkib toptirish;
rivojlantiruvchi: o'quvchilarga turli millat bolalari bilan do'stlashishning insoniy va intellektual rivojlanishga ta'sirini anglatish.
Dars uslubi: an'anaviy dars.
Darsning jihozi: "Odobnoma" darsligi, qo'shimcha adabiyotlar (P.Mo'min va G'.G'ulom she'rlari).
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
5
|
10
|
5
|
10
|
3
|
3
|
2
|
2
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. O'tilgan mavzu uy vazifasini so'rash orqali mustahkamlanadi.
III. Darsning kirish qismida ikki o'quvchiga oldindan topshirilgan
topshiriq asosida o'qituvchi Po'lat Mo'minning "Bu juda soz" she'rini
yoddan o'qitadi:
Turli-tuman
Bolalar ko'p
Do'stlaringiz bilan baham: |