Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish.
II. O'tgan darsdagi mavzu uyga vazifa qilib berilgan maqolni so'rash va mazmunini izohlatish orqali mustahkamlanadi.
III. O'qituvchi o'quvchilarga quyidagi matnda berilgan muammoli topshiriqni hal etishni topshiradi.
Nima qilsin?
Karimjonning ota-onasi avtohalokatda bevaqt vafot etishgan. Shundan so'ng amakisi uning tarbiyasini o'z zimmasiga olgan. U voyaga yetgunga qadar Karimjonni yedirib-ichirishi, salomatligiga qarashi, dam olishi va bilim egallashi uchun sharoit yaratib berishi lozim.
Afsuski, amakisi spirtli ichimliklarni ko'p ichadi. Kunda eshikdan qiyshayib, gandiraklab kirib keladi. Shu tufayli ro'zg'orida baraka yo'q. Karimjon u yoqda tursin, o'z bolalarini ham yolchitib boqa olmaydi.
Karimjon darslarini vaqtida qila olmaydi, salomatligiga qaray olmaydi, kino-teatr, muzey, istirohat bog'iga yangi oilasi bilan biror marta ham bormagan. Dam olish maskanlarida bo'lgan emas.
Qani ayting-chi, bolalar, Karimjon o'z huquqlarini himoya qilish uchun kimlarga murojaat qilishi lozim?
IV. O'quvchilar javobi tinglanib, to'ldiriladi.
V. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbat o'tkaziladi.
VI. "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matn o'qiladi va mazmuni izohlanadi.
VII. Darslikdan shoir Shuhratning "Barini sev" she'ri ifodali o'qiladi.
VIII. She'r yuzasidan savollar asosida suhbat o'tkaziladi.
IX. Dars xulosalanib, o'quvchilar bilimi rag'batlantiriladi.
XUyga vazifa: darslikdan Shuhratning "Barini sev" she'rini yod
ohsh va o'z huquqlari haqida kichik matn tuzish.
MRO`TIBO`___________
Sana:
Mavzu: Soglig'ing — boyliging
Darsning maqsadi:
ta'limiy maqsad: o'quvchilarga sog'likni saqlashda kun tartibiga rioya qilishning o'rni haqida ma'lumot berish;
tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda sog'lom turmush tarzi madaniyatini tarbiyalash;
rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning kun tartibiga rioya etish ko'nikmalarini o'stirish.
Dars uslubi: noan'anaviy dars.
Darsning jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
5
|
10
|
5
|
102
|
3
|
3
|
2
|
2
|
Dasning borishi:
I.Darsni tashkil qilish.
II.O`tilgan mavzu Shuhratning “Barini sev”She`rini yoddan ayttirish va uning mazmunini izohlatish orqali takrorlanadi.
III.Darsning kirish qismida O`qituvchi shoir Qambar Otaning “Telebola”she`rini o`qib berib,muommoli savol orqali mustaqil fikrlashga undaydi.
Telebola, telebola,
Sensan injiq fe'lli bola.
Yoqtirganing televizor
Baxsh etarmi orom, huzur.
Bo'lib asl vaqtdan judo,
Tomoshaga joning fido
. U band etib erta-yu kech,
Xayolingni qo'ymaydi tinch.
Telebola, telebola,
Do'stlaringiz bilan baham: |