Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. O'tilgan mavzu "Buni bilib oling" shartli belgisi orqali berilgan
matnning mazmunini qaytarish orqali mustahkamlanadi.
III. O'qituvchi darsning kirish qismida o'quvchilarga Ollobergan
Po'latning "Mehmon-mehmon" she'rini aytib beradi:
Bog'da inoq dugona, Hulkar bilan Zeboxon, Ikkalasi o'tirib, O'ynadi mehmon-mehmon.
Patnis bezadi Hulkar, Olma, nok, konfet qo'yib, O'yin bahonasida Zeboxon oldi to'yib.
IV. Mehmon-mehmon o'yiniga tayyorlanib kelgan o'quvchilar ijrosida
sahna ko'rinishi qo'yiladi.
V. Darslikdan "Esonmisiz-omonmisiz?" she'ri ifodali o'qiladi.
-Esonmisiz-omonmisiz,
Omonmisiz-esonmisiz?
Dilga yoqar so`zingiz.
Hay-hay,ko`zim tegmasin,
O`rtoqjonim bormisiz?
She'rga ilova qihb berilgan savollar asosida suhbat o'tkaziladi.
1.”Mehmon-mehmon” o`yini qanday o`ynaladi?
2.”Iltimos,oling”,”rahmat”,”kechirasiz”,”marhamat”,”labbay’,”xush kelibsiz” so`zlarini ishlatib,gaplar tuzing.
VII. Dam ohsh daqiqasi.
VIII. Darslikdan mavzuga oid rebus-jumboq yechiladi: unda tushirib qoldirilgan "mandarin, esonmisiz, handalak, murabbo, osh, non va mehmon" so'zlarini o'quvchilar mustaqil ravishda topadilar.
IX. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi baholanadi.
X. Uyga vazifa: yozma ishga tayyorlanib kelish (bolalarga Leonardo da Vinchining "Til va tishlar" zamonaviy ertagi o'qib berilib, uning asosida ijodiy matn yozishga tayyorlanish topshiriladi). MRO`TIBO`_____________
Sana:
Mavzu: 3-Nazorat ish
Maqsad:
ta'limiy: o'quvchilarni o'z fikrlarini yozma ifodlashga oid boshlang'ich ko'nikmalarni tarkib toptirish.
tarbiyaviy: o'quvchilarda so'zlashish odobini tarbiyalash.
rivojlantiruvchi: o'quvchilarda so'zlashish odobini rivojlantirish.
Dars uslubi: an'anaviy.
Dars jihozi: metodik qo'llanma.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
5
|
10
|
22
|
2
|
1
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
O'qituvchi o'quvchilarni yozma matn tuzish qoidalari bilan tanishtiradi.
O'qituvchi Leonardo da Vinchining "Til va tishlar" zamonaviy ertagini tinish belgilariga rioya qilgan holda, ifodali o'qib beradi
Til va tishlar
Bir bor ekan, bir yo 'q ekan, qadim zamonda bir bola yashagan ekan.U ko`pincha kattalarda uchrab turadigan vaysaqilik kasaliga chalinibdi.
— Bu til boshimizga balo bo'ldi-ku, — deyisharkan tishlar.
U qachon tinib, bir oz dam olarkin-a?
Men bilan necha pullik ishlaring bor?~ surbetlarcha javob berar ekan til. — Ovqatingizni chaynang-u ovozingizni o 'chiring. Shaxsiy ishlarimga hech kimning aralashishiga yo'l qo'ymayman, ayniqsa, ahmoqona maslahat berishlaringga, — bola shunday deb javrashda davom etibdi. Bundan taltayib ketgan til esa o'zi ham ma'nosiga tushunmagan "aqlli iboralar"ni topib vaysabdi.
Kunlardan bir kuni bola javrab turib, o 'zi bilmagan holda dakki yeb qolibdi. To'satdan tilidan yolg'on gap chiqib ketibdi. Sabr kosasi to'lgan tishlar esa yolg'onchini qattiq tishlab olishibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |