MAVZU: “ BIZNING MAKTABDAGI VAZIFAMIZ ”
Darsning maqsadlari:
ta’limiy maqsad: o’quvchilarga bilim olish huquqi va uning qay tarzda amalga
oshirilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’la yetkazish;
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga inson hayotida bilimning nechog’lik katta
ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish, ularni bilimli, aqlli shaxs qilib tarbiyalash;
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish.
Asosiy tushuncha va atamalar: Konstitutsiya, bilim, bilim olish huquqi, maktab va hokazo.
O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: Bilimlar:
bilim olish nima ekanligini bilish; - bilim olish huquqi nima ekanligini bilish; - konstitutsiyamizning 41-moddasini bilish. Ko’nikma va malakalar:
bilimning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirish;
umumiy o’rta ta’lim olish qay tarzda amalga oshishini aytish;
vatanning munosib farzandi bo’lish uchun nimalar qilish lozimligi haqida gapirish. V. Darsning metodlari: aqliy hujum, “BBB”. VI. Dars shakli: suhbat-ma’ruza.
Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
Darsda qo’llaniladigan vositalar: 4-sinf “Konstitutsiya alifbosi” darsligi, mavzuga oid rasmlar, ko’rgazmali qurollar.
IX.Darsning borishi:
Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbat.
O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Dam olish va mehnat qilish huquqi. Takrorlash yuzasidan savollar:
Konstitusiyamizning 37-moddasida nima deyilgan?
38-moddasida-chi?
Mamlakatimiz qonunchiligiga ko’ra, har bir ishchi yoki xizmatchi qancha muddatdan so’ng ta’til olish huquqiqiga ega?
X. Yangi mavzu bayoni: aqliy hujum:
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, bilim olish haqida qanday maqollar va ibratli fikrlarni bilasizlar?
O’quvchilar:
Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni.
Ilmli kishi xor bo’lmas.
Beshikdan to qabrgacha ilm izla.
Ilm olish igna bilan quduq qazishga teng.
O’qituvchi: Barakalla, aziz o’quvchilar, insonning ko’rki uning tashqi ko’rinishida emas, balki uning aql-u odobidadir. Aynan mana shunday intiluvchan, sog’lom, bir so’z bilan aytganda bilimli yoshlar jamiyat tayanchidir. Bugun biz sizlar bilan darsligimizdagi “ Bilim olish huquqi” mavzusi haqida gaplashamiz.
XI. Darslik bilan ishlash.
Bilim olish huquqi.1 Har kim bilim olish huquqiga ega.
O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi, 41 – moddasidan.
Siz bilan bilim olish huquqi haqida 3 – sinfda ham o’qigan edik. Har bir inson qobiliyati va intilishiga qarab istaganicha bilim olish huquqiga ega. Aholi uchun yetarlicha umumta’lim maktablarini ochish davlatning zimmasidadir. Davlat moddiy jihatdan kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga moddiy yordam ko’rsatadi. Bilim olish huquqi barchaga barobar bo’lib, har bir bola ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar o’qish imkoniyatiga ega.
O’zbekistonda umumiy o’rta ta’lim olish barcha uchun majburiy va bepuldir. Bu har bir bolaga bilimli bo’lish imkoniyatini beradi. Kelajakda jonajon vatanimizning munosib farzandlari bo’lish uchun o’qimishli, bilimli bo’lishimiz lozim. Shuning uchun ham bilim olish bizning nafaqat huquqimiz, balki burchimiz hamdir.
XII. Mustahkamlash uchun metodlar: “BBB” metodi.
Ushbu metod o’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin.
O’quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi.
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
..............
..............
..............
|
..............
..............
..............
|
..............
..............
..............
|
Metoddan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi, ya’ni:
O’quvchilar o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi.
O’quvchilar mavzuga oid bilimlar bilan to’la tanishtiriladilar.
o’quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;
o’quvchilarning ehtiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib boriladi;
bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib boriladi;
mashg’ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi.
M.M.I.B.D.O’. QO’CHQOROVA G.
O’QITUVCHI: AHMEDOVA N.
Do'stlaringiz bilan baham: |