2. Agrar siyosat- davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi



Download 95,17 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2022
Hajmi95,17 Kb.
#489370
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu (2)



2. Agrar siyosat- davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi



...bu siyosatni, ayniqsa, 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshida mustabid tuzum asorati tufayli xalqimiz o’ta og’ir va nochor ahvolda qolib ketgan, aytish mumkinki, boshi berk ko’chaga kirib qolgan bir sharoitda, respublikamizni ana shunday g’oyat murakkab va fojiali vaziyatdan chiqarish maqsadida faqat o’z kuchimiz, iroda va imkoniyatlarimizga ishonib-tayanib ishlab chiqdik. Shu ma’noda, bu siyosatning asosiy yo’nalish va tamoyillari aynan mana shunday tahlikali zamonda yaratildi, desak, haqiqatni aytgan bo’lamiz” [30, 11].
I.A Karimov


1.Agrar iqtisodiyot agrar siyosatni amalga oshirishning sohasi sifatida.
2. Davlatning agrar siyosati, uning maqsadlari va vazifalari. Agrar siyosatda maqsadni belgilash.
3. Agrar siyosatning bo’g’inlari, bosqichlari va rivojlanish tamoyillari.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Agrar siyosatning maqsadi, tamoyillari va vazifalari, agrar iqtisodiyot, agrar tarkib, agrar qonunchilik.

1.Agrar iqtisodiyot agrar siyosatni amalga oshirishning sohasi sifatida.
“Siyosat” termini (grek tilidan politika-davlat va jamiyat ishlari) aholi turli guruhlari o’rtasidagi munosabatlar sohasidagi faoliyat, shuningdek davlat ishlaridagi ishtirok, uning faoliyati mazmuni, shakl va vazifalarining aniqlanishi tushuniladi.
Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik vazifalaridan kelib chiqib jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va ne’matlarni taqsimlash jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qo’llaniladigan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi.
Davlatning iqtisodiy siyosati o’z ichiga tashqi iqtisodiy, tarkibiy-investisiyaviy, institusional, agrar, sanoat, ijtimoiy, narx, moliyaviy, soliq-byudjet, pul-kredit, hududiy (mintaqaviy) siyosatlarni oladi (2.1-rasm).
Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u qishloq xo’jaligi va unga bog’liq xo’jalik sohalarini qamrab oladi, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini·va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash, agrar sektor ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, qishloqlarni obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish vazifalarining amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Uni davlatning agrar iqtisodiyot doirasida harakatga keltiriladigan jarayonlar shakli va metodlari ko’rinishidagi faoliyati deb ham tushunish mumkin. Agrar siyosatni agrar iqtisodiyot sohasida eng ta’sirchan shakl va usullar orqali yuz beradigan iqtisodiy jarayonlarning o’zaro ta’siri orqali amalga oshuvchi agrar sektorda xo’jalik-moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan davlatning faoliyati sifatida belgilash mumkin.
Davlatning agrar siyosati qishloq xo’jaligi va hududlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.
2.1-rasm. Davlatning iqtisodiy siyosati.

Qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi deganda ularning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o’sishi, qishloq xo’jaligi samaradorligining oshishi, qishloq aholisi to’liq bandligiga erishish va turmush darajasining oshishi, yerlardan oqilona foydalanish tushuniladi.


Agrar siyosat o’zida qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar bozor, investisiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish agrar siyosatning asosiy sohalaridir.



Download 95,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish