Biznesni tashkil etish shakllari afzalliklari va kamchiliklari



Download 30,9 Kb.
Sana19.11.2022
Hajmi30,9 Kb.
#868366
Bog'liq
Biznesni tashkil etish shakllari afzalliklari va kamchiliklari


Biznesni tashkil etish shakllari afzalliklari va kamchiliklari

Reja


1.Biznesni tashkil etishning qanday shakllari mavjud?
2. Eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllari.
3. Biznesni tashkil etish shakllarining afzalliklari va kamchiliklari.

1.Biznesni tashkil etishning qanday shakllari mavjud?


Bo‘lajak korxonaning tashkiliy –huquqiy shaklini tanlashda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish kerak. Bundan maqsad keyinchalik biron-bir ho‘jalik operatsiyasini yoki biror masalani echish uchun kompaniyani qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi ma’lum bo‘lib qolmasin.
O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 1 yanvardan boshlab, amaldagi qonunchiligiga muvofiq, kichik tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilar kiradi: yakka tadbirkorlar, uncha katta bo‘lmagan firmalar va o‘rtacha yillik xodimlari soni 100 kishi atrofida bo‘lgan kichik korxonalar.
Quyidagi huquqiy shaxslar kichik tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lishi mumkin:
- xususiy korxona
- mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ);
- qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (QMJ);
- to‘la hamkorlik;
- kommandit-hamkorlik;
- ishlab chiqarish hamkorligi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari
O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to'g'risida»gi
Qonuniga ko'ra, kichik biznes bilan shog'ullanuvchi
tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari
quyidagilardan iborat:
• yakka tartibdagi mehnat faoliyati;
• ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish
asosida amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
• bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa
tadbirkorligi;
• yuridik shaxslar va fuqarolarning o'z mulklari va mulkiy
huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan
hamkorlikdagi tadbirkorlik

2.Eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllari
O‘zbekistonda tadbirkorlikning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagilar hisoblanadi;
• huquqiy shaxs shakllantirmay – yakka tadbirkorlik, bu holda biznes jismoniy shaxs tomonidan olingan ro‘yxatdan o‘tkazish guvoxnomasi asosida yuritiladi;
• huquqiy shaxsni shakllantirib:
a) xususiy korxona (bir jismoniy shaxs – mulkdor tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tadbirkorlik tashkiloti).
b) masuliyati cheklangan va qo‘shimcha masuliyatli jamiyatlar (MCHJ va QMJ) (yollanma direktor tomonidan boshqariladigan, bir yoki bir necha jismoniy shaxs yoki xukukiy shaxs tomonidan tuziladigan xo‘jalik jamiyati)
s) Aksiyadorlik jamiyati (AJ) (Nizom fondi ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan jamiyat. AJda har bir boshqaruv organi funksiyasi taqsimlangan ko‘p bosqichli boshqaruv mavjud)
d) Unitar korxona. Unitar korxona deb mulkdor tomonidan unga biriktirilgan mulkga haqdor bo‘magan tadbirkorlik tashkilotiga aytiladi.

3. Biznesni tashkil etish shakllarining afzalliklari va kamchiliklari


Biznesni tashkil qilish shakli
Afzalliklari
Kamchiliklari
Yakka tadbirkorlik
• Yaxshi kasbiy sifatlarga ega odamga o‘ziga zarur ish haqi bilan ta’minlash, ishga joylashish muammosini hal qilish imkonini beradi;
• Oson va arzon ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
• Davlat boshqaruvi kam;
• Ko‘p miqdordagi buxgalteriya hujjatlarini yuritish talab etilmaydi;
Moslashuvchanlik, tezkor qaror qabul qilish imkoniyati.
• Xo‘jalik sub’ektining mavjudlik vaqti jismoniy shaxs umri bilan cheklangan;
• Biznes miqyosi cheklanganligi uchun boshlang‘ich sarmoyani to‘plash qiyin;
• “ Rasmiy ” biznes vakillaridan hech kim bunday ishga jiddiy ravishda sarmoya kiritishni hohlamaydi;
• Kredit resurslarini olish cheklangan;
• Agar siz qarzga pul olsangiz,
sizning mulkingiz xavf ostida qoladi;
• Tadbirkorlikning barcha muammolarini bajarish qiyin; dam olish kuni, kasallik varaqasi, ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq
muammolar.
Xususiy tadbirkorlik
Xususiy tadbirkorlik deb, jimoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi tushuniladi:
• yuridik shaxs tashkil qilmasdan;
• mustaqil ravishda, ishchilarni yollash huquqisiz;
• tadbirkorga tegishli mulk asosida, shuningdek, mulkka egalik qilish va mulkdan foydalanishning boshqa huquqiga asosan.

Qishloq xo'jaligida xususiy tadbirkorlik


Qishloq xo'jaligida xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Fermer xo'jaligi to'g'risida»gi, «Dehqon xo'jaligi to'g’risida»gi Qonunlarida o'z ifodasini topgan, Fermer xo'jaligi o'ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalangan holda mahsulot yetishtiruvchi, qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanuvchi, fermer xo'jaligi a'zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo'jalik yurituvchi subyektdir.
Biznesni tashkil etish shakllarining afzalliklari va kamchiliklari
Biznesni tashkil qilish shakli
Afzalliklari
Kamchiliklari
Xususiy
Korxona
• Biznesni boshqarishning soddaligi;
• Ta’sis hujjatlarini tayyorlash (faqat
nizom) va korxonani davlat tomonidan
rasmiylashtirish (ro‘yxatdan o‘tkazish)
nihoyatda soddalashtirilgan;
• Nizom fondining miqyosi korxona
egasi tomonidan belgilanadi;
• Ishchilarni yollab ishlatish imkoniyati
mavjud;
• Foyda soliq va boshqa majburiy
to‘lovlar to‘langach mulk egasi ixtiyoriga
kelib tushadi va soliqqa tortilmaydi.
• Ta’sischi o‘z korxonasining mas’uliyatiga (javobgarligiga) unga
tegishli mulk bilan javobgar hisoblanadi.
Biznesni tashkil etish shakllarining afzalliklari va kamchiliklari

Biznesni tashkil qilish shakli


Afzalliklari
Kamchiliklari. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ)
• Har bir qatnashchining moddiy javobgarligi jamiyatning Nizom fondiga qo‘shgan summasi bilan cheklanadi;• Nizom fondining eng kichik o‘lchami 50
MHTMO‘ (mehnatga haq to‘lashning
minimal o‘lchami)ga teng;
• Biznesni yollanma ijrochi direktor
yordamida boshqarish imkoniyati mavjud.

• Kreditlash va bitimlar tuzish imkoniyatining cheklanganligi (javobgarlik korxona Nizom fondi


o‘lchami bilan belgilanadi).
Mas’uliyati cheklangan hamda ko’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’јrisidagi konun hujjatlari «Mas’uliyati cheklangan hamda ko’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Konuni va boshka konun hujjatlaridan iboratdir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi MChJning eng yukori boshkaruv organidir. Jamiyat kundalik faoliyatini boshkarish jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishida tayinlanadigan va unga hisobot beradigan jamiyatning ijrochi organi (direktor yoki direksiya) tomonidan amalga oshiriladi. MChJ katnashchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va shirkat faoliyati Bilan bog’lik zarar yuzasidan fakat jamiyatning ustav kapitaliga o’zlari ko’shgan hissa kiymati doirasida tavakkal kiladilar.
Mas’uliyati cheklangan hamda ko’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning hukukiy holati. Mas’uliyati cheklangan yoki ko’shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) konun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yхatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaхs makomiga ega bo’ladi.
Jamiyat konun hujjatlarida belgilangan tartibda boshka yuridik shaхslarning muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshkacha tarzda ishtirok etishga, vakolatхonalar va filiallar tuzishga haklidir.

Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshkacha koida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.


Jamiyat to’lik firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili ko’rsatilgan dumalok muhrga ega bo’lishi kerak. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning iхtiyoriga binoan boshka tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o’zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o’z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yхatga olingan tovar belgisiga va boshka o’z belgi-alomatlariga ega bo’lishga haklidir.

Jamiyat o’zining mustakil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan hukuklarni olishi, majburiyatlarga ega bo’lishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.


Jamiyat konun hujjatlarida takiklanmagan har kanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro’yхati konunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat fakat litsenziya asosida shuјullanishi mumkin.
Jamiyat o’z majburiyatlari yuzasidan o’ziga karashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo’ladi. Jamiyat o’z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaхsning aybi tufayli vujudga kelgan bo’lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo’lmagan takdirda bunday shaхs zimmasiga uning majburiyatlari bo’yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi, хuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatni tuzish usullari. Jamiyat yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaхsni kayta tashkil etish (ko’shib yuborish, birlashtirish, bo’lish, ajratib chikarish, kayta tuzish) yo’li bilan tuzilishi mumkin.
Jamiyatni ta’sis etish yo’li bilan tuzish muassislarning (muassisning) karoriga muvofik amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi karor ta’sis yig’ilishi tomonidan kabul kilinadi. Jamiyat bir shaхs tomonidan ta’sis etilgan takdirda jamiyatni ta’sis etish hakidagi karorni shu shaхsning yolg’iz o’zi kabul kiladi. Jamiyat muassislari uni tuzish to’g’risida o’zaro ta’sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko’rsatish tartibi, jamiyat ustav fondining mikdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi kerak bo’lgan aksiyalarning хillari va turlari, ular uchun to’lanadigan hak mikdori va bu hakni to’lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir hukuk va majburiyatlari belgilab ko’yiladi.
Jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi karor muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, jamiyat ustavini tasdiklash, jamiyatni boshkarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular kabul kilgan karorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiklash to’g’risidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari hakini to’lash uchun topshirilayotgan kimmatli kog’ozlar, boshka mulkiy hukuklar yoki pul bilan baholanadigan boshka hukuklarning pulda baholanishini tasdiklash to’g’risidagi karorlar muassislar tomonidan bir ovozdan kabul kilinadi.
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish O’zbekiston Respublikasining konun hujjatlariga muvofik amalga oshiriladi.
Davlat korхonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni ta’sis etish to’g’risidagi karor davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo’lgan organ tomonidan kabul kilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning ukuklarini himoya kilish bilan bog’lik munosabatlar «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning hukuklarini himoya kilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Konun hamda O’zbekiston Respublikasining boshka konunlari bilan tartibga solinadi. Kishlok хo’jaligi, bank, investitsiya va sug’urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korхonalarini хususiylashtirish chog’ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular hukukiy holatining o’ziga хos хususiyatlari konun hujjatlari bilan belgilanadi. Aksiyadorlik jamiyatining hukukiy holati. Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiklovchi muayyan mikdordagi aksiyalarga taksimlangan хo’jalik yurituvchi sub’ekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Jamiyat konun hujjatlarida takiklanmagan faoliyatning har kanday turlarini amalga oshirish chog’ida hukuklarga ega bo’ladi va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi.
Jamiyat yuridik shaхs hisoblanadi va o’zining mustakil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaхsiy nomulkiy hukuklarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Jamiyat davlat ro’yхatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaхs hukuklarini ko’lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshkacha koida belgilanmagan bo’lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududi va undan tashkarida bankda hisob varaklar ochishga haklidir. Jamiyat o’z firma nomiga ega bo’ladi, bu nom firmaning tashkiliy-hukukiy shakli va to’rini (ochik yoki yopik) aks ettirishi kerak. Aksiyadorlik jamiyati ochik yoki yopik bo’lishi mumkin. Ochik aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopik aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaхsdan iborat kilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo’lishi lozim.
Ochik aksiyadorlik jamiyati Katnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga aksiyadorlarning roziligisiz boshka shaхslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyati ochik aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochik aksiyadorlik jamiyati o’zi chikarayotgan aksiyalarga ochik obuna o’tkazishga va konun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haklidir.
Ochik aksiyadorlik jamiyati o’zi chikarayotgan aksiyalarga yopik obuna o’tkazishga hakli, jamiyat ustavida va konun hujjatlarida yopik obunani o’tkazish imkoniyati cheklab ko’yilgan hollar bundan mustasno. Ochik aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.
Yopik aksiyadorlik jamiyati Aksiyalari fakat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaхslar orasida taksimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopik aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadiBunday jamiyat o’zi chikarayotgan aksiyalarga ochik obuna o’tkazishga yoхud ularni cheklanmagan doiradagi shaхslarga sotib olish uchun boshkacha tarzda taklif etishga hakli emas. Yopik aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo’lishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan takdirda u yopik aksiyadorlik jamiyatlari uchun mikdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaхslar aksiyadorlar reestrida ro’yхatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochik aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.
Yopik aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshka aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni o’zga shaхsga taklif etilayotgan narхda sotib olishda imtiyozli hukukka ega bo’ladilar. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o’z imtiyozli hukuklaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli hukukka ega bo’lishi uning ustavida ko’zda tutilishi mumkin.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli hukukdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab ko’yiladi. Imtiyozli hukukdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga ko’yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko’p bo’lishi mumkin emas.


Download 30,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish