Kurs ishi Mavzu: Aktsiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosatini asoslash va tanlash



Download 38,61 Kb.
bet1/6
Sana03.08.2021
Hajmi38,61 Kb.
#137293
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi


Kurs ishi

Mavzu: Aktsiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosatini asoslash va tanlash

Guruh: KB 62

Talaba: Ibragimov Sherzod



Toshkent 2021

Aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosatini asoslash va tanlash

Reja:

Kirish


  1. Aksiyadorlik jamiyatilari dividend siyosatining mohiyati va zaruriyati.

  2. Aksiyadorlik jamiyatida dividend siyosatiga ta’sir etuvchi omillar.

  3. O’zbekiston Respublikasi AJlari dividend siyosatining me’yoriy-huquqiy asoslari.

  4. Aksiyadorlik jamiyati dividend siyosatining asosiy turlari.

  5. … AJ dividenti siyotining tahlili.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar royhati.



Kirish

Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini yaxshilash va ularda samarali korporativ boshqaruvni yoʻlga qoʻyishni talab etadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishda oqilona dividend siyosatining alohida oʻrni borligini ta’kidlashimiz lozim. Hozirgi davrida mamlakatimizda korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda va bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli yangi tahrirda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi1.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘kidlagandek “Xalqaro tajribani o’rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo’lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo’l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to’g’risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi2.

Mamlakat raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, korxonalar, tarmoqlar raqobatbardoshligi ta‘minlab beradi, bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliyalashtirish manbalari uchun raqobatini kuchayishiga olib keladi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida mamlakat miqyosida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda ular faoliyatining asosiy mezonlaridan biri bo’lgan dividend siyosati muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksariyatida davlat ulushi yuqoriligi e’tiborli jihat hisoblanadi. Bu jihat ushbu aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga salbiy ta’sir oʻtkazmoqda va iqtisodiyotda ham ushbu ta’sir sezilmoqda. Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Byudjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yoʻnalish – davlat aktivlari. Oʻtgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami 1,6 trillion soʻm dividend toʻlangan, xolos”, deya ta’kidladilar. Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ulushini kamaytirish va ularda samarali korporativ boshqaruvni tashkil etish orqali aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini yaxshilash zarur.

Dividend siyosatida aks etadigan olingan foydani taqsimlash boʻyicha korxona va mulkdorlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar murakkab va koʻp qirrali hisoblanadi. Investor tomonidan korxona kapitaliga pay, ulush, aksiyalarga tikilgan pul mablagʻlari haqiqatda uning korxonaga egalik qilish huquqini va oʻz navbatida, olingan foydani taqsimlashda ishtirok etish huquqini beradi.Bu esa dividend siyosatining ahamiyatini oshiradi.Shuning uchun dividendlarning iqtisodiy mohiyati va paydo boʻlish tabiatidan boshlab uning tarkibiy qismini koʻrib chiqish zarur.

Dividend siyosati kompaniyalar moliyaviy strategiyasining ajralmas qismi bo’lib, uni tanlash juda murakkab jarayondir. Chunki dividend siyosatining eng muhim vazifalaridan biri kompaniya rivojlanishi uchun yetarli darajadagi moliyalashtirish zaruriyati bilan aksiyadorlar manfaatlarining optimal kombinatsiyasini ta‘minlash hisoblanadi.

Oqilona dividend siyosatida dividend va reinvestitsiya oʻrtasidagi me’yoriy nisbatni aniqlash, minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish va bular orqali investitsion jozibadorlikni oshirish, boshqa kompaniyalar tomonidan kompaniyaning qo’shib olinishining oldini olish,agentlik nizolarining yuzaga kelish ehtimolligini pasaytirish, aksiyalarning bozordagi narxining oʻsishiga erishish, biznes faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari yuzaga kelishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda dividend siyosatining amaldagi holatinioʻrganish va milliy amaliyotimizga moslashtirish maqsadga muvofiq.




  1. Download 38,61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish