Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Download 2,57 Mb.
bet85/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

Dinning (I.N.YAblokovga ko’ra) dunyoqarash, kompensator, kommunikativ, regulyativ, madaniy translyatsiya va boshqa funktsiyalari ko’rsatiladi. Ulardan ba`zilari amaliy ijtimoiy yoki kasbiy faoliyat hisoblanadigan ijtimoiy ishning maqsadlariga mos keladi. Boshqalarini esa ijtimoiy ish jarayonida hisobga olish zarur.


Din o’zining dunyoqarashlik funktsiyasini avvalo o’zidagi insonga, jamiyatga, tabiatga nisbatan mavjud qarashlari orqali amalga oshiradi. Din dunyoni tushunish (dunyoni umuman va undagi alohida hodisalar va jarayonlarni) tushuntirish, dunyoni hissiy qabullash (dunyoni sezgilar va idrokda aks ettirish), dunyoni his qilish (emotsional qabul qilish yoki rad qilish), dunyoga munosabat (baholash) va h.k. Mavjudlikka mazmun bag’ishlash dinga ishonuvchilar uchun hech bo’lmasa tasavvurlarida cheklanganlik doirasidan chiqish, yorqin kelajakka, farovonlikka erishish, azob-uqubat, baxtsizliklar, yolg’izlik, axloqsizlikdan qutulishga umid baxsh etadi.
Din kompensator funktsiyani bajarar ekan, odamlarning tasavvurlari, ongini qayta qurishdagi, shuningdek, mavjudlikning ob`ektiv sharoitlarini o’zgartirishdagi cheklanganligi, ojizligini to’ldirib turadi. Real mazlumlik “ruhdagi erkinlik” tomonidan engiladi, ijtimoiy tengsizlik aybdorlik, azob-uqubatdagi “tenglik”ka aylanadi; cherkovning xayr-saxovati, mehribonligi, daromadlarni qayta taqsimlashi qashshoqlarning qiyinchiliklarini engillashtiradi; bo’linganlik va ihotalanganlik jamoadagi va “xudo oldidagi birodarlik” bilan almashadi; bir-birlariga befarq bo’lgan individlarning shaxsiyatsiz, moddiy munosabatlari xudo bilan shaxsiy muloqot va diniy jamoadagi muloqotlar bilan qoplanadi. Kompensatsiyaning ruhiy jihati – stresslar oldini olish, taskin, ruhiy lazzat berish va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
Din muloqotni ta`minlar ekan, kommunikativ funktsiyani bajaradi. Muloqot diniy va nodiniy faoliyatlarda, jumladan, axborot almashish, o’zaro ta`sir qilish, insonning inson tomonidan idrok qilinishi jarayonlarida vujudga keladi. Diniy ong ikki asnodagi: 1) dindorlarning bir-birlari bilan; 2) dindorlarning ilohiy mavjudotlar (xudo, farishtalar, o’lganlarning ruhlari, aziz-avliyolar va h.k.) bilan, ya`ni insonlarning o’zaro muloqotlari - liturgiya, ibodat, meditatsiya kabilarda ideal mediatr vazifasini o’tovchilar bilan muloqotni taqdim qiladi.
Regulyativ funktsiya muayyan g’oyalar, qadriyatlar, ustanovkalar, stereotiplar, fikrlar, an`analar, urf-odatlar yordamida faoliyatlar va munosabatlar, individ, guruh va jamoa xulq-atvorini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me`yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.k.), ibrat (taqlid qilish uchun ko’plab namunalarning mavjudligi), nazorat (qoidalarning bajarilishini tekshirish), rag’batlantirish va jazolash (real va va`dadagi farovonlik) muhim rol o’ynaydi.
Dinning madaniy translyatsiya funktsiyasi shundan iboratki, din o’zi madaniyatning tarkibiy qismi bo’lishi bilan birga uning muayyan qatlamlari bo’lgan yozuv, matbaachilik, san`atni ba`zi dinlar qabul qilgan, ba`zilari esa rad etgan. Diniy qadriyatlarning muhofaza etilishi va rivojlanishi, jamlangan merosning bir avloddan ikkinchisiga o’tishi ta`minlangan.
Diniy an`analar, bir tomondan, yuqori baho berish orqali o’ziga bino qo’yishni cheklasa, ikkinchi tomondan, shaxsning “ideal”ini taklif qiladiki, oddiy fuqarolar unga eta olmaydilar, biroq yaqinlashishlari mumkin.
Turli diniy ta`limotlarni tahlil qilish juda foydalidir, chunki ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi ijtimoiy ishning ildizlari diniy saxovat va diniy axloqqa borib taqaladi. Narigi dunyodagi jannat lazzatlari faqat halol, taqvodor kishilarga, oxiratdagi umrboqiylik esa faqatgina erdagi hayotni u yoki bu (konfessiya) din aqidalariga rioya qilib kechirganlarga va`da qilingan. YAqinlarga yordam qilish barcha dinlarda savob ish hisoblanib bu xayriya ishlarning din tomonidan boshqarilmaydigan norasmiy, biroq jamoatchilik fikri tomonidan rag’batlantiriladigan ijtimoiy ish sifatida vujudga kelishi va rivojlanishiga ko’mak bergan. Ibodatxona va monastirlar xayriya ishlar markaziga aylanib, ularning faoliyati hatto hozirgi kun nuqtai nazaridan ham juda keng ko’lamli bo’lgan. Ibodatxonalar o’z qavmlari orqali etim-esirlar, qariyalar va nogironlarning boshini silagan, bechorahol odamlarga kiyim-kechak va oziq-ovqat tarqatgan, ba`zan butun boshlik qishloqlarni ocharchilikdan qutqargan, odamlarni davolagan, o’qitgan, ko’ngildagi yaralarga malham bo’lgan.
Dunyoviy jamoatchilik ijtimoiy ishni tashkil qilishni, uning mazmuni va shakllarini cherkovdan o’rgandi. xozirgi kunda ham diniy tashkilotlar o’zlarining ijtimoiy ishga bo’lgan ta`sirlarini yo’qotganlari yo’q. Bundan tashqari aholining alohida guruhlari: bolalar, yoshlar, oliy o’quv yurtlari talabalari, nogironlar, harbiy xizmatchilar, ma`jusiy xalqlar va boshqalar bilan ijtimoiy ish olib borish ustuvor yo’nalish hisoblanadi. Alohida konfessiyalar ijtimoiy soha xizmatchilarini tayyorlash bo’yicha o’zlarining o’quv yurtlariga ega va bu o’quv yurtlarida ta`lim turli fan sohalari bo’yicha eng yangi yutuqlarga tayanib tashkil etiladi. Masalan, Varshavadagi xristianlik tarbiyasi Salezia instituti dunyoviy tashkilotlarda ishlaydigan ijtimoiy pedagoglarni quyidagi uch yo’nalish bo’yicha tayyorlaydi: dezadaptatsiyalashgan bolalar va o’smirlar bilan ishlovchi mutaxassislar, oila ijtimoiy pedagoglari, nogiron bolalar bilan ishlovchi xizmatchilar. Fin protestant cherkovi esa Finlyandiya bolalari va qizlari uchun xristian uyushmasi (Christian Association for Boys and Girls in Finland - PTK) faoliyatini qo’llab-quvvatlab turadi. Unga cherkovlardan binolar ajratish, bolalarning yozgi lagerlarini tashkil qilishda ko’maklashib moliyaviy yordam ko’rsatadi.
Ijtimoiy ishning ikki yo’nalishi-diniy va dunyoviy yo’nalishlar hamkorligi eng ilg’or va samarador texnologiyalarni ishlab chiqish va harakatlarni birlashtirish uchun juda zarur.

o ’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish