Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Download 2,57 Mb.
bet111/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

Vaziyat


Rossiya mehnat vazirligining 1998 yildagi ma`lumotlariga ko’ra mamlakatda 2 mln ishsiz qayd qilingan edi. Ulardan 32 %i - yoshlar. 1998 yilda o’rta maxsus va kasbiy bilim yurtlarini tugatgan yoshlarning 20 %i ishsiz bo’lib qoldi. Buning ustiga ish izlash zaruratiga birinchi marta duch kelayotgan yoshlar o’zlarining imkoniyatlarini xolis baholay olmaydilar, ko’pincha yuqoriroq baholaydilar: bir oyda 1000 dollardan kam olishga rozi bo’lishmaydi.
Kasbiy ta`lim bitiruvchilarining ishsiz qolayotgani sababi nimada? Tokarlar, frezerovshiklar, to’qimachilarni sotuvchilik, buxgalter va reklama agenti kasblariga qayta o’qitish kerakmi? Sizning mintaqangizda qaysi kasblar ko’proq talab qilinadi? Bizning davrimizda kasbiy bilim yurtlari bitiruvchilariga nisbatan rejali davlat buyurtmasini joriy qilish mumkinmi7 Bu muammo xorijda qanday hal qilinadi?

AMALIY TOPSHIRIQLAR


Sotsiometrik tadqiqot o’tkazish
Tadqiqot o’tkazish uchun ta`lim olayotganlar javoblarini yozish mo’ljallangan kartochkalarni oldindan tayyorlash lozim, ularning yuqoridagi o’ng tomonida o’quvchilar o’z familiyasini, pastroqda esa o’zlari tanlab olganlarning familiyalarini navbat bo’yicha yozadilar.
o’qituvchi 3 ta savolga javob berishni so’raydi, ya`ni kartochkalarga jamoa a`zolari orasidan tanlab olingan 3-5 kishining familiyasini yozishni iltimos qiladi. SHuni ta`kidlash zarurki, tanlov faqat jamoa a`zolari doirasida cheklangan va familiyalarni navbatga ko’ra, ya`ni birinchi navbatda – falon bilan, ikkinchi navbatda piston bilan va h.k.

  1. Jamoadagi o’rtoqlaringdan qaysi biri bilan poxodga borishni istar eding?

  2. Jamoa a`zolaridan kim bilan qo’shni bo’lishni hohlar eding?

  3. Jamoa a`zolaridan kimlarni tug’ilgan kuningga taklif qilishni istar eding?

Natijalarni grafik qayta ishlashning bir-birini to’ldiradigan ikki usuli bor: sotsiomatritsa va sotsiogramma.
Sotsiomatritsa tashqi ko’rinishi bo’yicha sport musobaqalarining turnir jadvalini eslatadi. Vertikal chiziq bo’yicha joylashgan raqamlar yoniga o’rganilayotgan guruh a`zolarining barchasi familiyalari alfavit bo’yicha yoziladi, gorizontal chiziq bo’yicha esa faqat ularning tartib raqamlari ko’rsatiladi. qatorlar bir-birini kesib o’tadigan joyda 1, 2, 3 va h.k. raqamlar bilan sinalayotgan odam birinchi navbatda kimni, ikkinchi navbatda kimni, uchinchi navbatda va h.k. kimni tanlagani qayd etiladi. o’zaro bir-birini tanlaganlar doira ichiga olinadi. Sotsiomatritsa turlaridan biri quyidagi jadvalda keltirilgan:
Sotsiomatritsa” jadvali


t/r



Familiyasi



1



2



3


4


5



6


7


8


9


10


1
2.


3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.

A.
B.


V.
G.
D.
E.
J.
Z.
I.
K.

3
3
3



3


1
1

2


1


1

2
3

2


3


1
3

2


1




2

3


2


1
2
2
1

2


1

1

3


Tanlovlar soni



3


4


2


3


2


4


0


2


7


3


o’zaro tanlovlar soni

1

3

1

1

1

2

0

2

1

2

Sotsiomatritsa asosida sotsiogramma, ya`ni sotsiometrik tanlashlar xaritasi tuzilishi mumkin. Bunday xarita shit ko’rinishiga ega bo’lib, unda kontsentrik joylashtirilgan 4 doira bo’ladi. Birinchi doirada 6 va undan ortiq tanlovga ega bo’lganlar, ikkinchisida - 3-5 tanlovga ega bo’lganlar, uchinchisida - 1-2 tanlovga ega bo’lganlar joylashtiriladi, to’rtinchi doiraga esa bir marta ham tanlanmaganlar tushadi.
SHunday qilib, birinchi va ikkinchi doirada joylashgan jamoa a`zolari, guruhda yaxshi mavqeni egallaydilar, uchinchi va ayniqsa, to’rtinchi doiraga tushganlar noqulay holatda bo’ladilar. Demak, guruh a`zosi doira markaziga qanchalik yaqin joylashsa, uning mavqei shunchalik baland bo’ladi va buning aksicha. Sotsiometrik tadqiqot jamoada korrektsiya ishi o’tkazishga imkon yaratadi. o’quv-tarbiyaviy va shaxslararo o’zaro ta`sirning samaradorligini nazorat qilish uchun qayta-qayta qo’llanilishi mumkin.

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish