Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Download 2,57 Mb.
bet110/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

Qisqacha xulosalar:
Amaliy (empirik) sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish orqali talabalar, mutasaddi mutaxassislar hamda keng jamoatchilik ommasi sotsiologik axborotlar tizimini yaratishda katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Sotsiologik tadqiqotlar jamiyatning turli sohalari faoliyatini mo’`tadil rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida jamiyatning turli sohalarini bir-biriga muvofiqlashtirish lozim bo’ladi. Buni amalga oshirishda sotsiologiya fanining imkoniyatlaridan to’la foydalanish maqsadga muvofiqdir. empirik tadqiqotlar tajribasidan har xil sohadagi va kasbdagi xodimlar ham o’z ishlarida keng foydalanishlari mumkin.
Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy izlanish muhim ahamiyat kasb etib, tadqiqot­larning nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda bo’lishini ko’rsatuvchi mo’ljal va­zifasini o’taydi.
Sotsiologik tadqiqotlar dasturida ilmiy izlanishga sabab bo’lgan ij­timoiy ziddiyatli muammolar va ularni asosiy atama va tushunchalari at­roflicha izohlab beriladi.Ayni vaqtda ba`zi ilmiy tushunchalarni empirik tarzda izohlash va tushunchalar dialektikasini real ko’rinishda kuzatish imkoniyatlari ilmiy so’zlar, faktlar va ijtimoiy ko’rsatkichlar tarzida batafsil bayon etila­di. Masalan, bilim olish samarodorligini ta`minlashning prolong (uzayti­rish) usuli haqida fikr yuritiladigan bo’lsa, ana shu usul zarur fanlarni yoki za­rur ko’nikma va hunarlarni o’zlashtirishning boshqa fanlar mazmuniga uyg’un­lashtirish natijasida qay usulda o’zlashtirish mumkinligi aniq-oydin bayon etilishi lozim.
Interv’yu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi. Bu muloqotni qog’oz yoki magnit tasmasiga qayd etish mumkin. Interv’yu (inglizcha-uchrashuv) usulidan sotsiologiya, psixologiya, jur­nalistika, etnografiya, statistika, pedogogika kabi sohalarda foydalani­ladi. Interv’yu o’tkazilish tajribasiga ko’ra erkin standart va yarim standart ko’rinishiga ega bo’ladi. erkin standart ilgaridan tayyorlangan sa­vollar asosida emas, balki suhbat mazmunidan kelib chiquvchi savollar asosida qurilib, dastur yo’nalishida bir necha soat davom etish va tadqiqot muammosini aniqlash, razvedka vazifasini bajarish maqsadida foydala­nishi ko’zda tutadi.
Ijtimoiy xizmatchilar uchun eng qiziqarli bo’lgan sotsiologiya bo’limlaridan biri oila sotsiologiyasi va oilaga yordam ko’rsatish strategiyasini ishlab chiqishdir. YOrdamga muhtoj bo’layotgan oilalarni sotsiologik guruhlash uchun odatda, quyidagilar asos bo’ladi: 1) oila a`zolarining jon boshiga olinayotgan daromad, bunda minimal turmush darajasini ham hisobga olish lozim; 2) oila qaramog’idagilar va undagi bolalar soni; ota-onalardan birining yoki har ikkisining borligi yoki yo’qligi; 3) oila a`zolarining salomatligi; 4) oila katta yoshli a`zolarining mehnatga layoqatliligi; 5) turar joy, jamg’armalar, er uchastkasining mavjudligi; 6) oila a`zolarining jamiyatdagi ijtimoiy holati, mavqei va boshqalar. Turli yoshli oilalar va birga yashash davomiyligi turlicha bo’lgan oilalar turmush tarzini o’rganish ijtimoiy ish uchun ham, sotsiologiya uchun ham birday muhimdir. Turli xatar guruhlari turmush tarzidagi anomaliyalarni o’rganish to’g’risida ham xuddi shu fikrni bildirish mumkin.
“Xatar guruhlari” hayotiy faoliyati va ekstremal vaziyatlarini ijtimoiy ishda ilmiy tahlil qilish sotsiologik tahlilga asoslanadi. quyidagilar tahlil qilinadi: hayotga tahdidlar; boshqaruv faollarining maqsadga muvofiq qarorlar qabul qilish va ularni ijrosini nazorat qilish qobiliyati; xavfli sharoitlarda aholi turli guruhlarining xulq-atvori, ularning hayotlariga tahdid to’g’risidagi axborotga egaligi; hayotni ta`minlash sohalari ijtimoiy infratuzilmasining (naqliyot, aloqa, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash va boshqalar)ning rivojlanish va saqlanish darajasi; ijtimoiy makonga va aholiga keltirilgan zarar va h.k.
Ijtimoiy ish sohasidagi tadqiqotlar sotsiologik ma`lumotlar yoki ijtimoiy voqelikni tahlil qilish metodlariga asoslanib olib boriladi. Xatar guruhidan bo’lgan mijozlarning ijtimoiy tarjimai holini yozib olishda, bunday hol ijtimoiy ish muammolari bo’yicha tadqiqotlarda ko’plab uchraydi, odatda, sotsiologiyada an`anaviy tarzda qo’llanib kelinadigan intervyu, anketalar, so’rov varaqalari, arxiv hujjatlari, tarjimai hol va axborot to’plashning boshqa manbalaridagi ma`lumotlardan keng foydalaniladi.
Jamoangiz a`zolari o’rtasida ijtimoiy ishning sotsiologik metodlarini bo’ling. Ularning o’ziga xos xususiyatlari va qo’llashdagi qoidalar to’g’risida qisqa-qisqa ma`lumotlar tayyorlang. xikoya qilish paytida mazkur usuldan o’z guruhingizda foydalaning. Bunday “taqdimot” natijasida: kitoblar, o’quv predmetlari, ijrochilar, artistlar, videokliplar, guruhlar, mikrorayon, shahar hududidagi maktablar “xit-paradini” tuzish mumkin; guruh a`zolarini turli ijtimoiy ko’rsatkichlar: ijtimoiy kelib chiqishi, oilasidagi jon boshiga daromad, vrachga murojaatlar miqdori, xastaliklar xarakteri va boshqalarga ko’ra tasnif qilish mumkin; guruhning har bir a`zosi uyquga, o’qishga, hordiqqa, ishga, ovqatlanishga va boshqalarga sarf qiladigan o’rtacha vaqt miqdorini hisoblab chiqish mumkin.

o ’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar


Sotsiologiya sohasidagi bilimlar bilan ijtimoiy ish sohasidagi aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amaliy vazifalarni hal qilish o’rtasidagi bog’liqlikning asosiy ma`nosi nimada?
Sotsiologik metodlardan ilmiy tadqiqotlarda, amaliy kasbiy faoliyatda, siyosatda qaysi maqsadlarni ko’zlab foydalaniladi?



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish