Biznes reja aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi



Download 380,51 Kb.
Sana14.03.2021
Hajmi380,51 Kb.
#61667

𝙳. 𝚃𝚘𝚕𝚒𝚙𝚘𝚟:

Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi. Biznes reja da loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va haridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi. Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ("birinchi rahbar"), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Kichik va oʻrta biznes - mustaqil mulk egaligiga, xoʻjalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan va oʻz tarmogʻida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli mamlakatlarda K. va oʻ.b. subʼyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band boʻlgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi, aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Mas, AQShda koʻpgina tarmoqlarda ishlovchilar soni 100 kishidan, ishlov beruvchi sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ishlaydigan korxonalar kichik biznesga kiritiladi.

Oʻzbekiston K. va oʻ.b. subʼyektlarini aniqlashda korxonada ishlovchilar soni mezon qilib olingan. Kichik biznesga, mulk shaklidan qatʼi nazar, yiliga sanoat korxonalarida oʻrta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan mikrofirmalar; ishlab chiqarish sohasida yiliga oʻrta hisobda 40 nafargacha, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan kichik korxonalar kiradi. Kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdo, xizmat koʻrsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sox.alarda 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega boʻlgan korxonalar oʻrta biznes korxonalari qisoblanadi.

K. va u.b. rivojlangan va rivojlanayotgan har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. K. va oʻ.b. sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib turadi, uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. K. va oʻ.b. yirik biznes uchun qulay boʻlmagan sohalarda avj oladi. K. va oʻ.b. kichik bozorlarda faoliyat olib borish, mahalliy resurslardan foydalanish, ishsizlik muammosini xal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, oʻrta mulkdorlar qatlamini shakllantirish va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishda muayyan afzalliklarga ega. Kichik korxonalar odamlarda sohibkorlik, tadbirkorlik, mulkka egalik qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ularda ishbilarmonlik koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Oʻzbekistonda K. va oʻ.b. tarixiy ildizga ega. Bu yerda azaldan hunarmandchilik rivojlangan. Toʻqimachilik, kosibchilik, kulolchilik, amaliy sanʼat, ganchkorlik, temirchilik, oʻymakorlik bilan shugʻulla-niladigan kichik-kichik ustaxona va doʻkonlar koʻp boʻlgan. Oʻzbekistonda mavjud K. va oʻ.b. korxonalari sanoat, qurilish, savdo, maishiy, tibbiy, transport xizmatlari koʻrsatish, ilmiy, texnikaviy axborot xizmati sohalarida, qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatadi. K. va oʻ.b.ni qoʻllabquvvatlashga xizmat qiladigan sugʻurta kompaniyalari, injiniring va lizing xizmati tashkilotlari mavjud. K. va oʻ.b. korxonalariga koʻmaklashadigan Respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "Biznes-fond", "Madad" sugʻurta kompaniyasi tashkil qilingan. K. va oʻrta korxonalar uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit ajratish tizimi ham mavjud.

K. va oʻ.b. korxonalari fukarolar, oila aʼzolari va boshqa hamkorlikda mehnat yurituvchi shaxslar, davlat, idora, jamoa, qoʻshma korxonalar, jamoat tashkilotlari, shirkat, hissadorlik jamiyatlari, xoʻjalik uyushmalari, oʻrtoqlik tashkilotlari, yuridik tashkilot maqomiga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin. Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan K. va oʻ.b. korxonalarining soni 202 mingtaga yetdi. Ularning 57,7% ishlab chiqarish, 42,3% noishlab chiqarish tarmoqlariga toʻgʻri keladi. Ular ishlab chiqargan mahsulot mamlakat YAIMning 24,5% ni tashkil etdi, jami ish bilan band aholining 53% shu biznes sohasida ishladi (2002). Oʻzbekistonda K. va oʻ.b. iqtisodiy va huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatinin

g kafolatlari toʻgʻrisida" (1999 yil 14 aprel) va "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida" (2000 yil 25 may) qonunlari bilan tartibga solinadi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida R. korxonalar darajasida biznes rejalar tuzish shaklida (ichki firma R.) (qarang Biznes reja), kompaniyalar guruchlari darajasida korporativ rejalar shaklida amalga oshiriladi. Bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda makrodarajada R. davlat tomonidan tartibga solishning muhim va keng tarqalgan shakli boʻlib keldi. 1950-yillar oʻrtalaridan bu mamlakatlarda indikativ R., yaʼni tavsiya etiladigan, maslahat tarzidagi R. amalga oshirila boshladi. Bunday R. Fransiya va Yaponiyada oʻtgan asrning 70-yillariga qadar, ayrim mamlakatlar, Mas, Koreya Respublikasi va Tayvanda 80-yillar oʻrtalarigacha amal qildi. Indikativ rejalarda i.ch. va isteʼmol hajmlari, tuzilmasi, oʻsish surʼatlari, narxlar dinamikasi, eksport va import, investitsiyalar va boshqalarning asosiy koʻrsatkichlari belgilanadi. Shuningdek, bu rejalarda bozor subʼyektlarini qoʻyilgan maqsadlarni bajarish, rejali indikatorlar (koʻrsatkichlarni amalga oshirish) sari yoʻnaltirilgan iqtisodiy stimullar tizimi, daromadlar va bandlik, soliklar boʻyicha bevosita va bilvosita dastaklari ham keltiriladi.

Bu umumiy rejalar tizimi, shuningdek, milliy iqtisodiyotning ayrim sektorlari va tarmoqlarini rivojlantirish rejaprognozlarini ham oʻz ichiga oladi. Reja boʻyicha tanlangan ustuvorliklarni moliya va sanoat guruhlari, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari va boshqa manfaatli guruhdar bilan kelishib olish tartibi indikativ R.ning tarkibiy unsuri hisoblanadi. Xuddi shu mexanizmlar muayyan davr davomida davlat boshqaruvidagi bunday shaklning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini taʼminladi. 70-yillarning oʻrtalaridan boshlab boshqarishni markazlashtirmaslik jarayonlari taʼsirida indikativ R. tizimi parchalanib ketdi va uning oʻrniga uzoq muddatli strategik rejalashtirish usuli qaror topdi.

Davlatning R. faoliyatida davlat buyurtmalari (qarang Davlat buyurtmasi), kontraktlar tizimi vositasida amalga oshiriladigan biron-bir tarmoqni rivojlantirishga doir umumiy va maxsus davlat dasturlari hamda loyihalari — dasturlar boʻyicha boshqarish markaziy oʻrinni egalaydi. Mas, Fransiyada umummilliy 5 yillik rejalar aksariyat holatda tadqiqot harakteriga ega. Uning tarkibiy qismi sherik hamkorlar — tadbirkorlar, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik intlari tomonidan birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutadigan loyihalardan iborat. Yaponiyada 5 yillik rejaning mohiyatini kelajak davrda mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning konsepsiyasi tashkil etadi.



Oʻzbekistonda ham xukumat tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar ishtirokida strategik rejalashtirish tizimini barpo etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning 10—15 yilga moʻljallangan uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004—2006 yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi (2003), Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi (1995) va boshqa oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda davlataksiyadorlik korxonalarining rejalari negizini davlat buyurtmasi tizimi tashkil etadi.

R.ning turlari orasida ijtimoiy R. alohida ahamiyatga ega. Bunday R. milliy iqtisodiyotning ijtimoiyiktisodiy samaradorligini oshirish, ijtimoiy jarayonlarni okilona boshqarishning oʻziga xos shakli hisoblanadi. Bunday R.da ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi turmush darajasi va sifatini tavsiflaydigan boshqa barcha koʻrsatkichlarni rejalashtirish nazarda tutiladi.
Download 380,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish