6-topshiriq. Matnni o’qing. Ma’lumotlardan foydalanib dialogik nitq tayyorlang.
Nashr turlari va xillari rang-barangdir va ularning tahririda o‘ziga xos talab, muammolar mavjud. Siyosiy, ijtimoiy-ommaviy, adabiyotlar matnining tahriridagi asosiy mezonlar – ishonarlilik, dalillanganlik, asoslanganlikdir. Quruq bayonchilik va safsatabozlikdan, yuzaki va sayoz sharhlardan, ko‘chirma (sitata)bozlikdan qochish zarur.
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar matn qurilishidagi o‘ziga xoslik - tashviqot va targ‘ibot bo‘lib, unda lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo‘llash tamoyillariga e’tibor beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo‘llashning o‘ziga xosligi – ommaviylik, tushunarlilik va ta’sirchanlikni ta’minlovchi omillarga asoslanadi. Ijtimoiy-siyosiy nashrlar tahririda rasmiy nutq uslubi maromlariga asoslanish lozim.
Ilmiy-texnikaviy nashrlar oldiga qo‘yiladigan talablar juda jiddiydir va nashrning kimga mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Ilmiy adabiyotning janr turlari va lisoniy-uslubiy, matniy o‘ziga xos bo‘lib, ularning turlari va ularning bayon qilish tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda milliy atamalardan, ko‘chirmalardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi.
Ilmiy nashr matnida ilmiy uslub marom va mezonlarga asoslaniladi: bayonning xosliligi, mantiqiyligi, isbotlanganligi, tasvirlash, ta’riflash, tahlil va muhokama yuritishning lisoniy-uslubiy o‘ziga xosligi. Ilmiy matnlarda turli xil ishoralar, chizma va formulalar, hisob-kitoblarni berish usullari va tartiblaridan foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni ruknlash va sarlavha tanlash muammosi alohida ahamiyatga ega.
Ilmiy-ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma’rifiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy-ommabop bayon oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar - matnning mantiqiy, lisoniy, uslubiy sifatlariga asoslanadi. Sof ilmiy bayondan “qochish” zarur. Ilmiy-ommabop nashrlar uchun xos bo‘lgan matniy, lisoniy, uslubiy nuqsonlarni bartaraf etish zarur.
Ilmiy axborot beruvchi adabiyot turlari ko‘p bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi axborotlardan tashkil topadi: nashr etilgan va nashr etilmagan axborotlar. Bularda axborotni qayta tahlil qilish, umumlashtirish va baholash xususiyatining ustuvorligiga e’tibor beriladi. Ilmiy axborotning kimga mo‘ljallanganligi va bayon uslubi ham alohida ahamiyatga ega.
Bibliografik ko‘rsatkichlar va bibliografik sharhlarni, referativ jurnallar, referativ to‘plam yoki maxsus nashrlarni tahrir qilish talablari o‘ziga xosdir: ularning matniy tuzilishi, tarkiblanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Bildirgich adabiyot turlariga: qomuslar, lug‘atlar, bildirgichlar kiradi. Qomuslar va ularning turlari bir-biridan farq qiladi: umumiy, sohaviy, kasbiy. Bular hajman turlicha bo‘lishi mumkin. Qomuslarni tuzishning o‘ziga xos qoida va mezonlari mavjud. Lug‘atlar va ularning turlari rang-barangdir: umumiy lug‘atlar, tarjima lug‘atlari, izohli lug‘atlar, imlo lug‘ati, talaffuz lug‘ati; sheva va lahja lug‘atlari, olinma (o‘zlashtirma) so‘zlar lug‘ati, terminlar va kasb-hunar lug‘ati. Bularning tahririda oldindan tayin etib olingan tamoyillariga amal qilinadi.
Matnni tahrir qiluvchi matn bibliografiyasiga, keltirilgan ko‘chirmalarning yozilishiga e’tibor berishi lozim. Masalan, bibliografik ma’lumotlar quyidagi tartibda beriladi: muallif (familiyasi, ismi, otasining ismi), asarning umumiy sahifasi: Do‘stmurodov R.D., Fayziyev SH.N. Audit- T., «IQTISOD–MOLIYA», 2008, 178-b; Abdurahmonov G‘. So‘z mulkining sultoni // O‘zbek tili va adabiyoti, 2002, 1-son, 20-23 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |