2.«Ishlar portfoliosi» - talabaning turli, jumladan ijodiy, loyihaviy, ilmiy-izlanish va boshqa sohalardagi ishlari, uning o‘quv va ijodiy faoliyatining asosiy shakl va yo‘nalishlari, ilmiy anjumanlar, tanlovlar, o‘quv oromgohlari, turli kurslardagi ishtiroki, turli amaliyotlar, sport va badiiy sohalardagi muvaffaqiyatlari aks etadi. Bunday portfolio talabaning ijodiy kitobi sifatida yuritiladi va talabaning turli sohalardagi ishlarining namunalari matn ko‘rinishida, elektron versiyalar, rasmlar, video yozuvlar shaklida ilova qilinadi.
Afzalliklari: Bunday tipdagi portfolio talabaning o‘quv va ijodiy faolligi dinamikasi, uning qiziqish yo‘nalishi, kasbga tayyorgarlik xarakteri to‘g‘risida keng tasavvur beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |