MARKETING REJASI TARKIBI
Maqsadli auditoriyani aniqlash. Marketing faoliyati samaradorligi xaridorlar va ularning ehtiyojlarini qay darajada tushunishga bog‘liq. Iste’molchilarning jinsi, yoshi, joylashuvi va xarid qilish odatlariga oid ma’lumotlarni to‘plash uchun bozor tadqiqoti o‘tkazish kerak. Maqsadli iste’molchilar nimani yoqtirishini o‘rganish kerak, masalan: sifatmi yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatishmi? Iste’molchilardan qancha vaqt oralig‘ida sotib olishi, qanday mediadan foydalanishi, brendga qay darajada sodiqliqligi va qanday qoniqtirilmagan ehtiyojlari mavjudligi haqida so‘rash lozim. Marketing rejasida maqsadli auditoriyani uch yoki to‘rtta segmenta ajratish zarur. Keyinchalik har bir segment uchun marketingning o‘ziga xos kanali, imij va reklamasini tanlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |