Narx belgilash va bozordagi o‘rnini aniqlash. Mahsulot yoki xizmat mijozlarni ehtiyojlariga javob beruvchi maksimal imkoniyatlar ro‘yxatini tuzish kerak. Biznesning muhim savdo nuqtasini (NSN) iste’molchilar yuqori qadrlaydigan yoki raqobatchilarga nisbatan ustun jihatinzga asoslangan holda topish zarur. Raqobatchilar narxiga e’tibor qaratish va iste’molchilarning ularga qancha to‘lashga tayyor ekanliklarini aniqlash uchun bozor tadqiqotlarini o‘tkazish talab etiladi.
Marketing maqsadlarini belgilash. Marketing maqsadlarini belgilash kerak. Ushbu maqsadlar sotish hajmi yoki veb-sahifaga tashrif buyuruvchilarning qancha foizi mijozga aylanishi mumkinligiga e’tibor qaratish lozim. Masalan, veb-sayt orqali bir hafta davomida 10 ta iste’molchi mijoz bo‘lishi ko‘zda tutilsa, demak uni albatta marketing rejasida inobatga olish kerak. So‘ngra vebsahifaga tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish uchun raqamli reklama, ijtimoiy media va elektron pochta marketingi singari tadbirlarni rejalashtirish mumkin. Natijalarni kuzatib borish. Qabul qilish mumkin bo‘lgan barcha choralarni belgilash kerak: reklamani ko‘rganlar, mijozlar soni, eng ko‘p iste’molchilarni ta’minlab berayotgan marketing kanallari va ushbu mijozlarning qay darajada sodiqligini kuzatib borish lozim. Agar har bir kanaldagi mijozlar holati va marketing kanallari uchun qilingan investitsiyalar tushumini aniq o‘lchay olinsa, sarflayotgan mablag‘ uchun ko‘proq xaridorlar jalb etayotgan kanal topiladi.
Marketing strategiyasi korxona tez o‘zgaruvchan bozor iqlimiga mos kelishini inobatga oladi va raqobatchilardan o‘zishga erishish yo‘llarini rejalashtiradi. Mashhur amerikalik millioner Forddan "Siz qanday qilib millioner bo‘ldingiz?" deb so‘raganlarida, u shunday deb javob berdi: "Juda oddiy. Men avtomobillarimni bozorda boshqalarga nisbatan arzon sotdim, ishchilarimga esa boshqalarga qaraganda ko‘prok haq to‘ladim".
U shu tariqa bozorni egalladi, raqobatchilardan o‘zib ketdi.
Korxonada marketing faoliyati yillar davomida rivojlandi va bu rivojlanish davrida marketing strategiyalari shakllandi. Strategiya–bu aniq bir faoliyat bo‘yicha natijaga erishish uchun shakllantirilgan faoliyat yo‘nalishidir.
Marketing strategiyasi esa talab asosida mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uni sotish orqali foyda olish faoliyatiga yo‘naltirilgan yo‘nalishdir.
Bu yo‘nalish korxonada quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga xaridorlarning tanlab
olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va shu tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish;
2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish;
3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash;
4) strategik majmua-miks hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikatsiya, taqsimlash va sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
Marketing strategiyasida portfel tahlilini olib borish asosiy jarayonlardan biri bo‘lib, bu jarayon quyidagilarga asoslanadi:
*tovar bozori yoki segmentlar bo‘yicha faoliyat yo‘nalishini aniq taqsimlanishi;
*turli yo‘nalishdagi strategik qadriyatni solishtirishga olib keluvchi jalb etuvchanlik va raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari;
*strategik holat bilan iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aloqalar.
Farmatsevtika sanoatida faoliyat yuritayotgan kuplab kompaniyalar marketing bo‘limi zarurligini tan olgan.
Bunday bo‘limlar mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga asoslangan kompaniyani farmatsevtika bozorida rag‘batlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishga, uning muvaffaqiyatli ishlashi va rivojlanishiga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |