Biznes boshqarish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 99,32 Kb.
bet5/7
Sana11.07.2022
Hajmi99,32 Kb.
#777650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdurahmonov Muzaffar kurs ishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
2.2. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH, ISHBILARMONLIK MUHITINI YANADA YAXSHILASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Biznes yuritish shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida:
1. 2021-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralari joriy etilsin:
a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan : Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik beriladi;
Tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat’i nazar beriladi. Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd so‘mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 mlrd so‘mdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oshmasligi lozim
b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda (shu jumladan korxonalar tomonidan qayta ishlash mahsulotlarini “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilganda), ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va olib chiqilayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafillik va kompensatsiyalaridan foydalanish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizi kichik biznes loyihalariga, 30 foizi ustuvor ravishda o‘zini o‘zi band qilishga (tomorqadan unumli foydalanish, uy sharoitida hunarmandchilikni va kasanachilikni rivojlantirish) yo‘naltirilsin. Bunda, ajratiladigan mablag‘larning kamida 15 foizi joylarda, ayniqsa shaharlarda xizmat ko‘rsatish sohasida kichik loyihalarni moliyalashtirishga qaratiladi.
4. Quyidagilarga:.
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini auksionga qo‘yishda ularning boshlang‘ich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini auksionga qo‘yishda boshlang‘ich narxga chegirma belgilanadigan olis va chekka hududlar chegaralarini belgilash vakolati berilsin.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
5. 2021-yil 1-iyundan boshlab infratuzilmaga yaqin joylarda, shu jumladan respublika ahamiyatidagi yo‘llarga tutash bo‘lgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlarini sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish uchun loyiha asosida investorlarga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali ajratishga ruxsat berilsin.
6. Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Qo‘chqorov va Sh. G‘aniyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 15-mayga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini xatlovdan o‘tkazgan holda sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish uchun ajratiladigan unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlari ro‘yxatini shakllantirsin hamda ularning aniq chegarasi va maydonini ko‘rsatgan holda har bir tuman kesimida tasdiqlanishini ta’minlasin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlari, Urgut va G‘ijduvon tumanlarida zamonaviy savdo va sanoat hududlarini tashkil etish, ularda savdo-ishlab chiqarish obyektlarini qurish va sotish uchun infratuzilma mavjud bo‘lgan kamida 20 gektar maydondan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga auksion orqali (shu jumladan, to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan hamda auksionni yagona ishtirokchi bilan o‘tkazishga ruxsat bergan holda) ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Bunda, savdo va sanoat hududlarini tashkil etishning asosiy sharti binolarning birinchi qavatida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, yuqori qavatlarida ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish hisoblanadi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-2022-yillar davomida kamida 500 ta mahalla fuqaro yig‘inlarining eski binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko‘rinishda qayta qurish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari bilan kelishuvga erishilishini ta’minlasin.
Bunda, 1 qavatli bino o‘rniga 2-3 qavatli bino qurilishi, uning 2 va 3-qavatlarida kichik ishlab chiqarish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil qilish uchun tekin foydalanish asosida 30 yilga tadbirkorlik subyektining ixtiyorida qoldirilishini nazarda tutsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab:
uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
uch yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.
Bunda, ushbu tartib bo‘yicha garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq yoki to‘lovlar summasi tadbirkorlik subyekti tomonidan oxirgi uch yil davomida to‘langan soliq yoki bojxona to‘lovlari summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur banddan kelib chiqqan holda soliqlar hamda bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashning vaqtinchalik tartibini tasdiqlasin.
10. 2021-yil 1-maydan boshlab chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishni o‘z vaqtida ta’minlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytirilsin.
2021-yil 1-may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatilsin va debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021-yil 1-maydan boshlab yangidan hisoblansin.
11. Belgilansinki, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab ijro ishini yuritish doirasida qarzdordan undirilgan pul summalari ijro hujjatlari bo‘yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, budjetga to‘lovlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan ta’minlanmagan talablari, shu jumladan qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi tufayli qanoatlantirilmagan talablari bir navbatda (to‘rtinchi navbatda) qanoatlantiriladi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Vazirlar Mahkamasi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlasin.
12. Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Investorga yer uchastkasini dastlabki zaxiralash to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilinmagan investitsiya loyihalari bo‘yicha Ishchi guruh qarorlari bekor qilinsin.
13. Qurilish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi uch oy muddatda transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, suv obyektlari, gidrotexnika inshootlari, magistral quvurlar, elektr tarmoqlari obyektlarining muhofaza zonasi chegaralarini belgilash parametrlarini ularning maqbullashtirilishini nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. Kadastr agentligi 2021-yil 1-sentabrga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish, shuningdek, yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish jarayonini kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirilishini ta’minlasin.
15. Qurilish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalaridan tadbirkorlik maqsadida foydalanish, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat etish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini auksion savdolari orqali joylashtirish tartibini joriy etish;
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov, S.O‘. Umurzakov va Sh.M. G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.

Download 99,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish