2.1. Tadbirkorlik faoliyatinining nazariy – huquqiy asoslari. “Tadbirkorlik” tushunchasi XVIII asrda shakllangan bo‘lsada, uning evolutsiyasi bizning zamonda ham davom etmoqda. Bu tushuncha o‘sha davr mashhur iqtisodchilari R. Kantil’yon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smid, J. B. Sey va boshqalar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ilmiy tadqiq qilish natijasida shakllangan. Tadbirkorlik tushunchasi qariyb uch asr nazariya va amaliyotda qo‘llanilib kelinayotganiga qaramay uning universal ta’rifi shakllanmagan va ko‘p ma’noligi saqlanib kelmoqda. Buning asosiy sababi tadbirkorlikning ko‘p qirrali, ko‘p sohali, ko‘p tarmoqli, ko‘p shaklli murakkab faoliyat bo‘lishidir. Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati, belgisi noaniq sharoitda harakat qilish hisoblangan. Chunki bozorda talab va taklif, bozor vaziyati doimo o‘zgarib turadigan sharoitda tadbirkorlik faoliyatining foydalilik darajasi aniq bo‘lmaydi va tadbirkorga tavakkal qilib ishlashga to‘g‘ri keladi. Keyingi bosqichda “tadbirkor” va “sarmoyador” tushunchalari farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning doimiy harakatda boMishi va ko'pavib borishini ta’minlaydigan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday holda tadbirkor jalb qilingan mablag‘lardan ustalik bilan foydalanib, biror ishni boshlash va amalga oshirishga o‘z g‘oyalarini, bilimi va tajribasini qo‘llab, foyda olish maqsadida mablag‘larni tavakkalli ishlarga sarflaydi. R. Kantil’yondan keyin neoklassik maktabi namoyandalari tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblaydilar. Bunday talqinda tadbirkoming daromadiga tavakkalchilik uchun to‘fov deb qaraladi va uning qo‘yilgan sarmoyadan keladigan daromad hamda ish haqidan farqi ana shunda deb tushuniladi. Olinadigan daromadning xarakteri sarmoyador 16 va menejeming tadbirkorlikdagi vazifalarini bir-biridan farqlab turadi. Ammo bu vazifalami bir kishi bajarishi ham mumkin. Tadbirkorlikning tavakkalchilik xarakterini innovatsiyaga doir vazifasi bilan birlashtirish g‘oyasi L. Fon Tyunenga tegishlidir. Uningcha, tadbirkorning daromadi tavakkalchilik faoliyatidan keladigan daromaddan va yangilikni qo‘llash tufayli iqtisodiy samaraga erishish natijasida olinadigan daromaddan tashkil topadi. Innovatsiya faoliyatining tadbirkorlikka doir asosiy funksional tavsif ekanligini Y. Shumpeter asoslab bergan. Uning bu boradagi asosiy g‘oyalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1) innovatsiya faoliyati ta dbirkorlikning asosiy tavsifidir;
2) tadbirkor, asosan, xususiy xo‘jalik faoliyati yuritishning maqsadga muvofiq ligi nuqtayi nazaridan iqtisodiyotni qayta tashkil etib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyotin i ta’minlaydigan asosiy (yetakchi) shaxs hisoblanadi;
3) tadbirkor iqtisodiy o‘sish tabiiy omili sifatida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda markaziy rol o‘ynaydi;
4) tadbirkorlik funksiyasining mohiyati ishlab chiqarishni isloh qilish, mazmuni esa yangi texnologiya, xomashyo va bozorlami jalb etish, ishlab chiqarishni qayta qurish tufayli ishlab chiqarish va muomala omillarinmg yangi uyg'unliklarini amalga oshirishdan iborat;
5) tadbirkor uchun mulk egaligi maqomi shart emas;
6) tadbirkorlik funksiyasi xodimlaming turli toifalariga va har qanday ijtimoiy tizimga xosdir;
7) har bir ijtimoiy tizim (formatsiya) tadbirkorlik faoliyatining usullari, shakllari va maqsadlari (motivlari)ni belgilab beradi. Yangi Avstriya maktabining yana bir vakili F. Fon Xayekning qarashlari Y. Shumpeter tasavvurlariga yaqin turadi. U tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadbiq qilish deb qaraydi. Shu bilan birga, faoliyati izlash tarzida kechadigan har qanday shaxsni tadbirkor deb hisoblaydi. Tadbirkorlikning o‘zi faqat yakka shaxs emas, balki tashkilotlar darajasida ham amalga oshiriladi. U qarorlar qabul qilish va tavakkalchilik, resurslami samarali yo‘nalishlarga taqsimlash, boshqarish, tashkil etish va qabul qilingan qarorlami bajarish kabi ko‘rinishlarda ochiq va yashirin tarzda namoyon bo‘ladi. Demak, tadbirkorlik-iqtisodiytizimning muvozanatlashmagan holati sharoitida talabni qondirishning yangi imkoniyatlarini kashf etishga doir yaratuvchanlik faoliyatidir. Tadbirkorlik haqidagi tasavvurlarning o‘sib borishi bozor iqtisodiyoti mavjud boMgan davlatlar taraqqiyotining ilk bosqichlarida unga boshqarish malakasining eng muhim tavsifi deb, menejer faoliyati esa innovatorning roliga nisbatan ustunroq deb qaralgan. Ammo yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish tadbirkorlikning shunday talqinini olib chiqadiki, bu talqin, asosan, innovatsiya jarayonlari bilan ularning o‘z yangiliklari asosida yoki yangiliklami innovatsiya tarzida jalb qilish asosida tarqatilishi bilan bog'liq. Shunga muvofiq agrarxomashyo iqtisodiyotli va sanoatlashtirishning ilk bosqichida turgan mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanishida immitatsion tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. U mavjud va olinishi oson bo‘lgan resurslardan foydalanish, boshqarish malakasi, texnikaviy bilimlar jalb qilingan texnologiyaga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyati va tushunchasi to'g'risidagi fikrlar, mulohazalar, qarashlami o‘rganib, ularga ayrim aniqliklar kiritish maqsadida ularni chuqurroq tahlil qilish zarur deb hisoblaymiz. Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati va uni aks ettiruvchi tushuncha ko‘p qirrali, murakkab hodisalardir. Shuning uchun ularning alohida tomonlari, qirralari, yo‘nalishlari bo‘yicha mohiyatini aniqlab olish lozim. Avvalo, tadbirkorlik tushunchasining umumiy va aniq (konkret) darajalarini qarab chiqamiz.
Tadbirkorlikning umumiy darajasida uning ikki holatini - statik va dinamik holatlarini ajratish kerak. Tadbirkorlik statik holatda yondashuv, dinamik holatda esa jarayon, faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlik birinchi holatda qo‘yilgan vazifani, ishni bajarish mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini qo‘llash imkoniyatlarini topib, ishga solishdan iborat bo‘lgan yondashuvdir. Bunday yondashuv an’anaviy yondashuvdan farqli o‘laroq izlanuvchanlik, ijodiy qadamlar, tashabbuskorlik singari faol elementlami ham o‘z ishiga oladi. Tadbirkorlik jarayon, faoliyat sifatida qo‘yilgan maqsadga aynan tadbirkorlik yondashuvini qo‘llab erishishga yo‘naltirilgan tashabbuskor faoliyat hisoblanadi. Tadbirkorlikni konkret, aniq darajasida ikki yo‘nalishda qarab chiqish kerak. Birinchisi, tijorat tadbirkorligi bo"lib, uning asosiy maqsadi moddiy daromad ko‘rish, foyda olish hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy qismi tijorat tadbirkorligi subyektlari: korxona, 18 firma, kompaniya, tashkilot, fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirma va boshqalardir. Ikkinchisi, notijorat tadbirkorligi boiib, uni amalga oshirish uchun notijorat tashkilotlari tuziladi. Ularga diniy, xayriya, jamoat tashkilotlari va jam g‘armalari, siyosiy partiyalar kiradi. Notijorat tadbirkorligining asosiy maqsadi daromad ko‘rish, foyda olish emas, balki ularning har biri o‘ziga xos maxsus maqsadni amalga oshirish uchun tuziladi va ana shu maqsad uning asosiy ta’sis hujjati boigan ustavida belgilab qo‘yiladi. Masalan, diniy tashkilotlaming maqsadi diniy bilimlami o‘rgatish va targibot qilish, diniy marosimlar o‘tkazish, xayriya tashkilotlarining maqsadi xayriya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish, siyosiy tashkilotlaming maqsadi mamlakat siyosiy sahnasida ustuvor o ‘rin egallash va o‘ynash hisoblanadi. Lekin ayrim notijorat tashkilotlari maxsus xizmatlar ko‘rsatib, foyda olishlari, boshqalariga esa xayr-ehson, tortiq ko‘rinishida boyliklar tushishi mumkin. Bunday tashkilotlarda olingan foyda va tushgan boyliklar ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanmay, faqat tashkilotning asosiy maqsadiga yo‘naltiriladi. Endi tadbirkorlik va biznes tushunchalariga to‘xtab o‘tamiz. Biznes tushunchasining kelib chiqishi to‘g ‘risida va uni izohlashda turli fikrlar mavjud. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
1) biznes tushunchasi inglizcha “business” so‘zidan olingan boiib, “ish” ma’nosini anglatadi va bu ma’noda biznes har qanday ish hisoblanadi;
2) biznes tushunchasi inglizcha “buzy” so‘zidan olingan boiib, “band” ma’nosini anglatadi va biznes bunda keng ma’noda ish, mashg‘ullik, tadbirkorlik, kasb deb tushiniladi;
3) biznes inson imkoniyatlarini amalda smash maydoni, raqobat qilish sohasi, iqtisodiy erkinlik belgisi, rivojlanish uslubi sifatida talqin qilinadi. Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik va biznes o‘zaro dialektik bogiiq tushunchalar hisoblanadi. Bu tushunchalaming o‘zaro dialektikasi murakkab boiib, quyidagi bir qator jabhalarda namoyon boiadi:
1. Tadbirkorlikka xos tashabbuskorlik, novatorlik, yaratuvchanlik, islohotchilik, tavakkalchilik singari alomatlar (belgilar) ga ega boigan har qanday faoliyat tadbirkorlik faoliyati, ya’ni tadbirkorlik hisoblanadi.
2. Tadbirkorlikning maqsadi iqtisodiy tusga ham, ijtimoiy tusga ham ega boiishi mumkin va uni tijorat tashkilotlari ham, notijorat tashkilotlari ham amalga oshiradilar.
3. Biznesning maqsadi faqat iqtisodiy tusga ega bo‘lib, uni faqat foyda olish uchun tuzilgan tijorat tashkilotlari amalga oshiradilar.
4. Tadbirkorlik ko‘proq alohida shaxslarga xos qobiliyat, yondashuv, ish, faoliyat hisoblanadi, biznes esa ham alohida shaxslar, ham korxona va tashkilotlar darajasida amalga oshiriladigan faoliyatdir.
5. Bir tomondan qaraganda, tadbirkorlik doirasi keng bo‘lib, biznesdan (tijorat tadbirkorligidan) tashqari, notijorat tadbirkorligini ham o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomondan qaraganda, biznes doirasi keng bo‘lib, tijorat tadbirkorligidan tashqari, maqsadi foyda olish bo‘lgan, lekin tadbirkorlik alomatlariga ega bo‘lmagan faoliyat turlarini ham o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, bizning fikrimizcha, tadbirkorlik faoliyati va tushunchasining mazmun-mohiyatiga ikki nuqtayi nazardan qarash lozim. Tadbirkorlik falsafiy nuqtayi nazardan har qanday ishga tashabbuskorlik bilan ijodiy yondashuv hisoblanadi. Tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy nuqtayi nazardan-qo‘yilgan aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadga erishish uchun qonunlar doirasida tavakkal qilib amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyatdir. Demak, tadbirkorlik keng faoliyat turlarini yangi mahsulot yaratish, yangi texnologiyani ishlab chiqish, yangi bozorlarga kirib borish, yangi iste’molchilar doirasini shakllantirish, ishlab chiqarishga yangi resurslami, mablag’ bilan ta’minlash yangi manbalari va shakllarini jalb qilish, tashkiliy-boshqaruv yangiliklarini o‘tkazish, yangi kooperatsion munosabatlar, shu jumladan, xalqaro munosabatlami shakllantirish va hokazolami qamrab oladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g ‘risida”gi Qonunida (2000-yil 25-may) “tadbirkorlik” va “tadbirkor” tushunchalariga quyidagicha ta’riflar berilgan: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat”. “Tadbirkor - yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, etmagan holda ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs”. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati va ilmi rivojlanib, kengayib, chuqurlashib borishi bilan tadbirkorlik tushunchasining mazmun-mohiyati ham aniqlanib, boyib boraveradi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING farmoni
RESPUBLIKA HUDUDLARIDA TADBIRKORLIK INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hududlarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — jamg‘armalar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar jamg‘armalarning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan hamda yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablag‘larning Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolinganidan so‘ng qolgan qismining 70 foizi, bundan maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari va “Business city” markazlari hududlaridagi yer uchastkalari mustasno;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. Belgilansinki, jamg‘armalarning mablag‘lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:
“Yangi O‘zbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida ko‘zda tutilgan massivlar, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari va avtomobil yo‘li) bilan ta’minlash;
qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, investorning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash;
aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning ma’muriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish.
Bunda, mazkur bandda ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham mablag‘lar ajratiladi.
4. Belgilansinki:
jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish markazlashtirilgan manbalar hisobidan bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi asosida amalga oshiriladi;
jamg‘armalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar manzilli dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarori bilan tasdiqlanadi;
jamg‘armalar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaklida tashkil etiladi hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi tugatilsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasining g‘azna hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larni Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. Jamg‘armalar mablag‘larining hisobini yuritish va hisobotlarini tashkil etish maqsadida, Moliya vazirligi tizimining umumiy shtat birliklari doirasida vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida 2 ta shtat birligidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalarida 1 ta shtat birligidan iborat sektorlar tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-son Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini;
qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.O‘. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |