O'quvchilar navbat bilan she'r o'qiydilar.
1-o’quvchi:
Salomim o'ng, so'limda bo'lsa,
Kitoblarim qo'limda bo'lsa,
Bilim olish murakkab emas,
Huquqimni bilib olsam bas.
2-o’quvchi:
Bunda tole' har narsadan mo'l,
Saodatim menga ochar yo'l.
Maktabimda men bir lolaman,
Unda yayrab bilim olaman.
3-o’quvchi:
Kelajagim bo'ladi porloq,
Orzularim kelar yaqinroq.
Kitobimni qo'limdan qo'ymay,
Ilm cho'qqisi sari odimlay.
2-boshlovchi: Bola huquqlarini himoya qilish masalalari «Bola huquqlari tovg'risida»gi Konvensiya, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda batafsil bayon etilgan.
4-o’quvchi: «Bola huquqlarining kafolatlari to'g’risida»gi Qonun 3 bob, 32 moddadan iboratdir.
5-o’quvchi: I-bob — «Umumiy qoidalar»,
6-o’quvchi: II-bob — «Bola huquqlarining asosiy kafolatlari»,
7-o’quvchi: III-bob: «Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo'shimcha kafolatlari» va
8-o’quvchi: «Yakunlovchi qoidalar» kabi dolzarb masalalarni o’z ichiga oladi.
9-o’quvchi: Ushbu Qonunning asosiy maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, Respublikamizdagi jamiki. bolalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.
10-o’quvchi: Yurt chorlasa birlashing,
Aylaning bir jon, tanga.
Xudoga sig’ingandek,
Sig'ining shu Vatanga.
Ushbu hikmat damo-dam,
Jaranglasin sadodek.
Bu dunyoda yagona,
Vatan bitta xudodek.
11-o’quvchi:
Jannatmakon dunyosi bor, derlar bu yurtning,
Baxt sari eltuvchi Humosi bor, derlar bu yurtning.
Bayrog'in ko'ksiga bosib, jon bergan,
Najmiddin Kubrosi bor, derlar bu yurtning.
Boshlovchilar o'quvchilarga savollar beradi.
1-boshlovchi: «Bola huquqlari haqida»gi Konvensiya qay tarzda paydo bo'lgan? Shu haqda ma'lumot bering-chi?
12-o’quvchi: Avvalo, BMT tomonidan 1959 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari Deklaratsiyasi» 10 ta muhim moddalardan tashkil topgan edi.
13-o’quvchi: Polshada 1978 yilda «Bola huquqlari haqida»gi Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi.
14-o’quvchi: BMT Assambleyasi 1984 yilda «Inson huquqlari haqida»gi Deklaratsiyani qabul qildi.
15-o’quvchi: 1989 yilda BMT Bosh Assambleyasining «Bola huquqlari haqida»gi Konvensiyasi qabul qilindi.
16-o’quvchi: 1990 yilda 20 ta mamlakat Konvensiyani ratifikatsiya qildi. 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi ham mazkur Konvensiyaga qo'shilishini bildirdi.
17-o’quvchi: 1993 yilning 1 dekabrida 153 ta mamlakat bir ovozdan bolalar kelajagini muhofaza qilishga tayyor ekanliklarini izhor etishdi.
Bolalar ijrosida tinchlik, Vatan haqidagi qo'shiq yangraydi.
2-boshlovchi: «Konvensiya» so’zi nimani anglatadi? Shu haqda ham to'xtaling-chi.
18-o’quvchi: «Bola huquqlari haqida»gi Konvensiya - BMTning butunjahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqlari haqidagi shartnomadir.
19-o’quvchi: Har bir bolaning himoya qilinishi uyg’un tarzda rivojlanishi uchun Konvensiya har bir xalqning milliy va ma'naviy qadriyatlarini hisobga oladi.
20-o’quvchi: «Bola huquqlari haqida»gi Konvensiya 54 moddadan iborat bo'lib, 4 ta toifaga bo'linadi.
Musiqa sadolari ostida o'quvchilar yurtini, istiqlolini tarannum etuvchi she'rlardan aytishadi.
1-o’quvchi:
Har kim o'zin qo'rg'onin
Qurganiga ne yetsin.
O'z yurtida davronin
Surganiga ne yetsin.
2-o’quvchi:
Har qadamda o'ylaysiz,
Bizni mudom, bobojon.
Asrang o'zingizni ham,
Ko'p yashang, bo'ling omon!
3-o’quvchi:
Istiqlol - bu istiqbol,
Nurli hayot degani.
Qo'rg'oni but, el-yurt tinch,
Vatan - obod degani.
4-o’quvchi:
Qonun yo'li kamolot,
Adolatga kafolat.
Qonunni bilgan kishin
Qonun bitirar ishin.
Bayram nihoyasida tadbir ishtirokchilari ijrosida «Vatanim» qo'shig'i kuylanadi.
1-boshlovchi: Aziz ustozlar! Shuning bilan «Bola huquqlari to,g'risida»gi Konvensiyaga bag'ishlangan tadbirimiz yakunlandi. E'tiboringiz uchun rahmat!
Musiqa sadolari ostida tadbir qatnashchilari sahnadan chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |