Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Biz OITSga qarshimiz va sog’lom turmush tarafdorimiz” mavzusida
o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning
BAYONNOMASI 2021- yil 1-dekabr Qarshi shahri Qatnashdilar: Pedagogika fakulteti dekani I.Yo‘ldoshev Fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlari Fakultet talabalari MT 020-49, 020-50, 020-51
Kun tartibi: 1. OITSning salbiy oqibatlari to‘g‘risida.
2. OITS yoshlar kelajagiga tahdidi.
Eshitildi: Yig‘ilish kun tartibida belgilangan birinchi masala yuzasidan Pedagogika fakulteti tyutori Sh. Kabilova so‘zga chiqdi va o‘z so‘zida OITSning bugungi kunda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish holatlari haqida fikr bildirib o‘tdi. Shu bilan birgalikda OITSning paydo bo‘lishi va uning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari haqida gapirildi. OITS kasalligi barcha insoniyat uchun xavflidir. Bu kasallikning og‘ir asoratlari jamiyat uchun ham xavf tug‘dirishini hamda u insonlar uchun juda og‘ir fojealarga olib kelishini ta’kidladi. Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — retrovirus guruhiga mansub virus qo‘zg‘atadigan kasallik ekanligi, ikki davrga bo‘linishi, OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali namoyon bo‘lmagan davr bo‘lishi, virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montane hamda AQShda prof. Gallo boshchiligidagi olimlar tomonidan kashf etilganligini ta’kidlab o‘tdi. OIB infeksiyasi bu odam immuneti tanqisligi virusi bilan zararlanish oqibatida kelib chiqadigan kasallik. Uning asosiy xususiyati immunitetni zararlash bo‘lib, natijada odam organizmi vaqt o‘tgan sayin ko‘plab kasalliklar oldida himoyasiz bo‘lib qoladi.
OIB infeksiyasining so‘nggi bosqichi – bu OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) Bu holat virus bilan zararlanish oqibatida kelib chiqadi va tug‘ma hisoblanmaydi. Immun tanqisligi bu immunitetning susayishi bo‘lib, natijada organizm kasalliklarga qarshi kurasha olmaydigan bo‘lib qoladi. Sindrom esa immunitetning susayishi natijasida rivojlanadigan ko‘plab kasalliklar belgilari mavjud.
O IB bilan zararlangandan so‘ng, OITS rivojlanguncha 2-3 yildan to 10 yiulgacha, hatto undan ortiq muddat o‘tishi mumkin. Bu kasalliklarning odini olish uchun eng avvalo, insonlar o‘rtasida sog‘lom muhitni tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga rioya lozimligini ham ta’kidlab o‘tdi.
Eshitildi: 2-nchi masala yuzasidan kafedra professor-o’qituvchisi Rajabova M. so‘z olib, guruh talabalariga OITSning yoshlar kelajagiga tahdidi to‘g‘risida yuqorida bildirgan fikrlariga qushilgan holda quyidagilarni qo‘shimcha qilib o‘tdi va u o‘z so‘zida har bir inson sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi lozimligini ta’kidladi. Ayniqsa, bugungi kunda nikoh yoshdagilar bu ishlarga mas’uliyat bilan yondashishlari kerakligini, chunki, sog‘lom oila-sog‘lom turmushning asosi ekanligini har birimiz yaxshi anglagan holda jiddiy yondashish kerakligini ta’kidladi. Bu kasallikning uch xil yuqish yo‘li bor:
- qon orqali
- jinsiy yo‘l
- onadan bolaga, jumladan homiladorlik davrida, tug‘ruq vaqtida bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirganda.
Bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar respublikamizda OIB infeksiya diagnostikasi, kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida profilaktik tadbirlarni o‘tkazish, ushbu xastalikka chalingan bemorlarni davolash va ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilashni yangi bosqichi bo‘lib xizmat qiladi Amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida keyingi paytlarda malakatimizda OIB infeksiyasi bo‘yicha barqarorlikka erishilmoqda. Jumladan, so‘ngi yillarda kasalikning ko‘payishiga barham berilib, bu boradagi ko‘rsatgich yildan-yilga kamayib bormoqda. OIB infeksiyasining oldini olishda hammma birdek faol bo‘lishi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi talab etiladi. Zero, aholi salomatligi farovon hayotga yetaklovchi omillarning asosiysi hisoblanadi.
So‘zga chiqdi: Kun tartibida ko‘rilgan masala yuzasidan guruh talabasi S.Otaniyozova, Ismatullayeva S., Djurayeva Madinalar so‘zga chiqib, OITS infeksiyasi keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lgani har bir inson undan saqlanish lozimligi va buning uchun sog‘lom turmush tarziga rioya etish kerakligini har bir talaba yaxshi anglab yetganligini aytib o‘tdi. Bugungi kunda yoshlar bu infeksiyaning tarqalish yo‘llari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor bo‘lishi va unga chalinmaslik choralariga amal qilishlari lozimligini aytib o‘tdilar. Shuningdek, guruhdagi boshqa talabalar ham yuqorida bildirilgan fikrlarga nisbatan o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan quyidagicha
Qaror qilindi: 1. Tyutor Sh.Kabilova axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Yuqoridagi fikrlarga amal qilish talabalar zimmasiga yuklatilsin.