Oiv/oits xaqida tushuncha Orttirilgan immun tanqisligi sindromi



Download 362,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi362,55 Kb.
#907407
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OIV OITS xaqida tushuncha 13-mavzu



OIV/OITS xaqida tushuncha 
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi
(OITS) — retrovirus guruhiga 
mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻlinadi: OITV infeksiyasi 
va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus 
bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir 
vaqtda Parijda professor Lyuk Montanye hamda AQShda professor Gallo 
boshchiliYo-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983-yil). Bu virus 
odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun 
hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan 
soʻng, 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi 
mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat 
koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich 
ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi 
mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet 
tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu 
davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining 
javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, 
baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV 
infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan 
antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. 
Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana 
boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, 
odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan 
soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish 
mumkin. 
.OITS OITV infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm 
oʻrtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu 
vaqtdan OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday 
mikrobga bardosh berish xususiya-tini yoʻqotadi. Jumladan, nafas, meʼdaichak, 
siydik yoʻllarida doimo mavjud boʻlgan va kasallik qoʻzgʻata ol-maydigan 
mikroblar ham faollashib, turli xastaliklarni keltirib chikari-shi mumkin. 
Ularning namoyon boʻlishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bogʻliq 
boʻlgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan 
bogʻliq (assotsiirlan-gan) infeksiyalar deb ataladi. Bular bakterial infeksiyalar, 
zamburugʻli kasalliklar, viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi 
va hokazo. 
Kasallik virusi infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklar shahvatida, 
ayollarning jinsiy aʼzolari chiqindilarida va koʻkrak sutida boʻladi. Shuning 
uchun OITV, asosan, uch xil yoʻl bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa 
vositasida va infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yoʻl bilan oʻtadi. 
.OITS bilan ogʻriganlarning koʻpchiligini narkomanlar (giyoxvandlar), 
fohishalar, gomo- va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, 
parenteral muolajalar (nosteril igna, shprits va boshqa tibbiy anjomlar 


ishlatilganda), inifitsirlangan qon va uning oʻrnini bosuvchi dorilarni qoʻllash, 
aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) vaqtida, shuningdek, 
virusni yuktirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tugʻish jarayonida 
va goʻdak emi-ziladigan boʻlsa, koʻkrak suti bilan yuqib qolishi mumkin. 
Oʻzbekistonda OITV/OITS bilan bogʻliq masalalar Sogʻliqni saqlash 
vazirligining 
OITV/OITS 
xizmati 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi. 
Respublika.OITV/OITS markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi OITV/OITS 
markazi, Toshkent shahar va viloyatlar OITV/.OITS markazlari oʻz xududlarida 
ushbu soha faoliyati bilan bogʻliq barcha profilaktik, epidemiologik, lab. 
tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har bir markaz qoshida oʻz ixtiyori 
bilan lab. tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan holda tekshiradigan anonim 
xonalar mavjud. Maqsadli guruhlargiyohvandlar va seksiolog xodimlari bilan 
virus yuqib qolishining odsini olish maqsadida xufiyona ish olib boradigan 
Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi. 
Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani 
uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida 
olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning 
oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi 
kerak. 
OIV/OITSni oldini olish 
Muammolar 
UNICEF Ơzbekiston hukumati bilan birgalikda mamlakat miqyosida 
OIV/OITSning oldini olish, davolash, g’amxơrlik qilish va kơmaklashishning 
yuqori standartlari mavjudligini ta'minlash maqsadida hamkorlik qilmoqda. 
Tashkilot ona va bola salomatligi muhofazasining asosiy komponenti sifatida 
OIVning onadan bolaga ơtishining oldini olish, OIV/OITS bilan kasallangan 
bolalarga yuqori sifatli tibbiy yordam kơrsatishni ta'minlash axborot 
xizmatlarini takomillashtirish va birinchi darajadagi tibbiy yordamni 
kơrsatishda kơmaklashadi. 
BMTning boshqa agentliklari bilan bir qatorda UNICEF OIV/OITS sohasida 
me'yoriy hujjatlarni, shu jumladan, klinik protokol va qơllanmalarni 
modernizasiyalashni qơllab – quvvatlaydi. 
Hukumat bilan hamkorlikda UNICEF havf-xatarga uchrashi mumkin bơlgan 
voyaga etmagan yoshlarning talablarini qondirish maqsadida yoshlarga dơstona 
xizmatlarni tashkil qilish va foydalanishni ilgari suradi. Shu bilan birga 
Ơzbekiston Respublikasining oltita viloyatida OIV/OITS bilan kasallangan 
bolalar va ularning oilalariga psixologik kơmak berishni ta'minlash maqsadida 
kun davomida maxsus xizmat kơrsatish markazlarini tashkil qilish va ularning 
faoliyatini yơlga qơyishda kơmak berilmoqda. 
Yechim 
OIVning onadan bolaga ơtish profilaktikasi va pediatrik OIV xizmatlarini ona 
va bola salomatligi muhofazasi xizmatlari va tibbiy ta'lim dasturi tarkibiga 
qơshish orqali yaxshilash; 


Voyaga etmagan bolalar va ơsmirlar orasida sog’lom hayot tarzini ilgari surish 
orqali OIV kasalligining oldini olish; 
Hukumat va barcha hamkorlarni OIV bilan kasallangan odamlarga nisbatan 
kamsitish va diskriminasiyani bartaraf qilishda, hamda jamiyatda teng huquqli 
shart - sharoitlar bilan ta'minlashda kơmaklashish; 
Ambulatoriya markazlari orqali OITS bilan kasallangan bolalar va ularning 
oilalariga davolanish, himoyalanish va psixologik xizmatlar kơrsatishga 
imkoniyatlar berishni kuchaytirish; 
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida OITS dastlabki diagnostikasi borasida 
Kuruq qon tomchisi metodologiyasi orqali innovativ diagnostika qilishni olg’a 
surish. 
Resurslar 
UNICEF oilaviy shtfokorlarning OITS/Bolalar kasalliklarini kompleks 
boshqaruvi bơyicha salohiyatini oshirish tadbirlarini qơllab – quvvatladi. Ushbu 
modul tibbiyot oliy ơquv yurtlarining ta'lim dasturiga kiritildi; 
OITS bilan kasallangan bolalarni davolovchi pediatrlarga va tibbiy yordam 
kơrsatuvchi xizmatlarga kơmaklashish va dastlabki diagnostika va tezkor 
davolanishga imkoniyatlar yaratish maqsadida pediatrik OITS boshqaruvi 
bơyicha ơqituvchilar milliy guruhi tashkil qilindi; 
Sifatli profilaktika xizmati kơrsatish maqsadida Ona va bola salomatligi 
muhofazasi sohasida kơp sonli sog’liqni saqlash mutaxassislari OITS 
kasalligining onadan bolaga ơtish profilaktikasining samarali perinatal 
yordamiga birlashtirilgan holda tashkil qilindi. 
Havf-xatarga uchrashi mumkin bơlgan voyaga etmagan yoshlar orasida 
OIV/OITS bơyicha ixtiyoriy maslahatlar olish, davolash va yordam xizmatlarini 
yaxshilash maqsadida yoshlarga dơstona munosabatdagi tibbiy xizmatlar 
konsepsiyasi tibbiy ta'lim dasturiga kiritildi; 
UNICEF tomonidan qơllab – quvvatlangan kun davomida maxsus xizmat 
kơrsatuvchi ettita markazda 3000 dan ziyod OITS bilan kasallangan bolalar va 
ularning oilalari psixologik va ijtimoiy kơmak oldilar.

Download 362,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish